2-Mavzu: Axborotni tasniflash tamoyillari (2 soat )
Ma’ruza rejasi:
1. Axborot tasnifi
2. Axborotning o‘lchov birliklari.
1.Axborot tasnifi
Axborot doimo o‘z manbalariga va axborotdan foydalanuvchilarga ega bo‘ladi. Xabarlarni axborot manbaidan axborot iste’molchisiga yetkazib berish yo‘llari va jarayonlari axborot kommunikatsiyalari deb ataladi. Hozirgi davrni informatikasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy zahirasi - axborotdir. Informatika fani axborotga hodisalar yoki ob’ektlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimizni o‘zgartiruvchi, o‘zaro konseptual bog‘lik ma’lumotlar, ko‘rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informatikada axborot bilan bir qatorda ma’lumotlar tushunchasi ham keng qo‘llaniladi. Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun axborotni foydalaniladigan ma’lumotlar, deb atasa ham bo‘ladi. Masalan, qog‘ozga telefon raqamlarini ma’lum tartibda yozib qo‘yilsa, avvalgi ma’lumot axborotgga aylanadi. XX asr oxirlarida ilg‘or mamlakatlarda fan va texnika rivojlanishining real amaliyotida nazariyotchilar yaratgan axborot jamiyati manzarasining chizgilari sekin - asta namoyon bo‘lmoqda. Butun dunyo makonining elektron kvartira va kottejlarida yashovchi kishilar yagona kompyuterlashgan va axborotlashgan jamiyatga aylanishi kutilmoqda. Istalgan turar joy turli elektron uskunalar va kompyuterlashgan moslamalar bilan jihozlanadi. Odamlar faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi, moddiy ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi. 10 11 Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma’lumotlarning ulkan oqimida zarur axborotni ko‘rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko‘zda tutadi. Axborot tanlash ancha mehnat talab qiladigan, demakki, qimmat turadigan jarayon. Shuning uchun uni tasniflash zarur. Tasnif tizimini axborotga qo‘llash uchun quyidagicha yondashish zarur: 1) axborotni tahlil qilish tasnif va qiyoslash vositalari asosida bo‘lishi kerak; 2 tasnif asosiga turli omil va koordinat tizimlari quyilishi lozim; 3 ayrim omil va koordinat tizimlari u yoki bu farqlarga asoslanishi mumkin, masalan aniq bir bozor va tovarlarni bilish zarur; 4 tahlilning mohiyati va teranligi avvalo berilgan axborot turi va hajmiga bog‘lik. Axborotni turli belgilarga qarab tasniflash mumkin. 1. Axborot olish usuli bo‘yicha quyidagilarga ko‘ra tasniflanadi: a) tadqiqot davomida bevosita so‘rov varaqalari yordamida, telefon so‘zlashuvlari va shaxsiy suhbat yo‘li bilan olib borilishi mumkin; b) davriy va maxsus adabiyotlarni o‘rganish orqali; v)ma’lumotlarni telefaks yoki tayyorlangan magnitli tashuvchilar vositasida uzatish. Odatda bu axborot maxsus axborot agentliklari so‘rovi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunday axborot u yoki bu muammo yoki muhitga muvofiqligi, shuningdek to‘laqonligi va ishonarliligi bilan ajralib turadi. Ma’lumot va xabarlarni optik disklar (kompakt disklar) da uzatish so‘nggi yillarda keng ommalashdi. Ularda nafaqat matn, balki istalgan boshqa video va audio axborot yozuv ham olib boriladi. 2. Qayta ishlash usuliga ko‘ra ma’lumotlar birlamchi, ikkilamchi, hosila, mantiqiy xulosa va yakunlarga bo‘linadi. Jumladan, boshlang‘ich axborot odatda voqe’likda yuz beruvchi jarayonlarni kuzatish natijasida shakllanadi va qayta ishlanmasdan qayd etiladi. Ikkilamchi axborot uz asosiga ko‘ra birlamchi ma’lumotlarga tayanadi. Hosila axborot dastlabki, ikkilamchi yoki boshqa axborotni qayta ishlash natijasidir. Shu bilan birga, tadqiqotlarda boshlang‘ich axborot sifatida rejalashtirish, hisob va tahlil vazifalarini hal etish jarayonida olingan ma’lumotlar kiritiladi.Shu munosabat bilan boshlang‘ich va hosila axborotni uning yuzaga kelishi muhiti va foydalanish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish lozim. 3. Tadqiqot ob’ekti nuqtai nazaridan axborot eng avvalo tashqi makromuhit ta’sirini hisobga olgan holda ma’lumotlar bazasini yaratish va avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banklaridan foydalanish uchun ancha asoslangan yo‘nalishni tanlash maqsadida bozor ehtiyoji va talablarini o‘rganishga yo‘naltirilgan. 4. Funksional vazifasiga ko‘ra axborotni quyidagicha tasniflash mumkin: a)yangi tovarlarni ishlab chiqarish va sotishda bozorda firmaning moliyaviy va iqtisodiy ahvoli qanday bo‘lishini ochib beruvchi axborot; b) bozorning aniq segmentida raqobatchilar holatini ifodalovchi axborot; v) amalda erishilganiga qaraganda ko‘zlangan natijadan chetga chiqishni aniqlash bo‘yicha axborot (chetga chiqish sabablarini belgilash ). Bu uchala turlar bab-baravar muhim, zero ulardan birgalikda foydalanishgina firma vazifalarini samarali hal etishni ta’minlaydi. Axborotning birinchi turi - prognozlash va rejalashtirish funksiyasi bilan; ikkinchisi - hisob-kitob funksiyasi bilan; uchinchisi - nazorat va tahlil funksiyalari bilan bog‘likdir. 5. Vazifasiga ko‘ra axborot ma’lumotnoma, tavsiyanoma, me’yoriy va signalli turlariga bo‘linadi. 12 Ma’lumotnoma axborot ko‘proq tanishtiruvchi xususiyatga ega, ob’ektlarning qancha barqarorligi belgilarini tavsiflaydi va ma’lumotnomalar tizimi shaklida namoyon bo‘ladi. Xorijiy ma’lumotnoma axborotini avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki orqali olish mumkin, ularning soni yildan-yilga uzluksiz ko‘payib bormoqda. Tavsiyanoma axborot o‘z navbatida bosma nashrlarda e’lon qilingan va tijorat ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlar tahliliga asoslangan maxsus tadqiqotlarni o‘tqazish natijalariga ko‘ra shakllanadi. Me’yoriy axborot asosan ishlab chiqarish sohasida shakllanadi va foydalaniladi. U ishlab chiqarishning turli elementlari rejali, miqdoriy o‘lchovini tavsiflovchi ilmiy va texnik asoslangan me’yorlar tizimini aks ettiradi. Signalli axborot muhitdagi ob’ektlar faktik holatining rejasidan chetga chiqishi paydo bo‘lganda yuzaga keladi. Chetga chiqish sabablari aniqlangandan so‘ng ularni bartaraf etish tadbirlari ko‘riladi. 6. Taqdim etish usuliga ko‘ra axborot matn, jadval, matritsa, grafik va dinamik qatorlarga bo‘linadi. Matn axboroti eng ko‘p rasmiylashtirilgandir, shu bois uni qayta ishlash uchun hozirgi paytda gipermatn dastur tizimi ko‘rinishida maxsus dasturiy vositalar qo‘llanilmoqda. Bunday tizimlar matn hujjatlar ma’lumot bazasini yaratish, yuritish va foydalanish uchun mo‘ljallangan. 7. Axborot o‘zining barqarorligiga ko‘ra o‘zgaruvchan, shartli-doimiy va doimiyga bo‘linadi. O‘zgaruvchan axborot ob’ektlar ishlashining miqdoriy va sifat xususiyatlarini aks ettiradi. Shartli-doimiy va doimiy axborotlar muhitning doimiy o‘lchamini aks ettiridi, shu bois ular uzoq vaqt mobaynida o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Axborotning pragmatik o‘lchovi iste’molchi tomonidan oldiga qo‘ygan maqsadga erishish uchun axborotning foydaliligini (qimmatligini) belgilab beradi. Ushbu o‘lchov ham u yoki bu tizimdagi axborotdan foydalanish xususiyatlari bilan bog‘liq nisbiy ko‘rsatkichdir. 2. Axborotning o‘lchov birliklari Axborotning o‘lchashda ikki parametr kiritiladi, bular axborotning miqdori (I) va hajmi (V). Ushbu parametrlar ko‘riladigan yondashuvga qarab har xil tahlillanishi mumkin. 13 Sintaksis axborot o‘lchov miqdori – bu ob’ektning ma’nosi bo‘lmagan axborotlari deb hisoblanadi. Xabarlarning axborot hajmi (Vd ) belgilar miqdori bilan aniqlanadi. Har xil sanoq sistemalarida elementar o‘lchov birligi har xil bo‘ladi. Masalan, ikkilik sanoq sistemasida bu BIT, o‘nlik sanoq sistemasida DIT (masalan, 10001101 ushbu xabarning hajmi Vd=8 bit, 110859 ushbu xabarning hajmi Vd=6 dit.). Axborot miqdorini sintaksis yondashuvda faqatgina entropiya (tizimni noaniq holati) tushunchasi orqali aniqlasa bo‘ladi, chunki biror-bir tizim haqida biz qabul qilgan axborot ushbu tizim haqidagi bilimimizni o‘zgartiradi. Ushbu konsepsiya quyidagicha beriladi, faraz qilamiz, α tizimi haqidagi boshlang‘ich ma’lumotga egamiz. Tizimni noaniqlik holatini H (α ) funksiyasi orqali aniqlaymiz. Qo‘shimcha β ma’lumot qabul qilinganda biz qo‘shimcha axborotga Iβ(α) ega bo‘lamiz. Natijada tizimni noaniqlik holati Hβ (α ) ga teng bo‘ladi. Demak tizim haqidagi axborot miqdori Iβ(α) quyidagicha aniqlanadi Iβ (α)=Hβ (β) – Hβ (α ), ya’ni noanikliqni o‘zgarishi bilan axborot miqdori aniqlanadi. Agar tizim N holatga ega bo‘lsa Shennon formulasi bo‘yicha uning entropiyasi teng bo‘ladi: N H (α ) = - ∑ Pi log Pi i=1 Bu yerda Pi - tizimning i-holatda bo‘lishining ehtimoli. Semantik nuqtai nazardan axborotni mazmunan o‘lchovini bildiradi va ushbu masalani tezaurus tushunchasi orqali aniqlashishadi. Tezaurus- foydalanuvchi yoki tizimning ixtiyorida bo‘lgan ma’lumotlar to‘plami demakdir. Foydalanuvchi tomonidan o‘zlashtirilgan va uning tezaurusiga qushilgan semantik axborot miqdorining Is o‘zgarishi axborotlarning mazmuniy qismi S va foydalanuvchining tezaurusi Sp orasidagi farqdan iborat bo‘ladi. Ushbu ko‘rsatikichlar orasidagi bog‘lanishni quyidagi grafik ko‘rinishda tasvirlasa bo‘ladi. Ushbu grafikdan ko‘rinib to‘ribdiki Ic ning qiymati ikki holda nolga teng bo‘ladi, ya’ni: 1 Agar Sp = 0 bo‘lsa foydalanuvchi kelayotgan ma’lumotlarni qabul qilmaydi, ya’ni tushunmaydi; 2 Agar Sp → ∞ foydalanuvchi hamma narsani biladi va shu bois kelayotgan ma’lumotga zaruriyat yo‘q. 14 Semantik axborot miqdorining, Ic ning, maksimal qiymati S ning Sp ga teng bo‘lganda erilishadi va Sp=Sp opt . Ya’ni foydalanuvchi o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan axborotlarning mazmuniy qismi S va foydalanuvchining tezaurusi Sp bir-biriga teng bo‘ladi. Pragmatik axborot o‘lchovi ma’lumotni qay darajada foydali ekanligini anglatadi. Kiritilgan o‘lchov birliklarini taqqoslash maqsadida quyidagi jadvalni keltiramiz. Axborot o‘lchovi O‘lchov birligi Misollar (kompyuter sohasi uchun) Sintaktik yondoshuvi Mavxumlikning kamayishi darajasi Voqea sodir bo‘lishi taxmini Kompyuter yondoshuvi Axborot yetqazib berish birliklari Bit, bayt, Kbayt va hokazolar Semantik Tezaurus Iqtisodiy ko‘rsatkichlar Amaliy dasturlar hajmi, shaxsiy kompyuter, kompyuter tarmoqlari va hokazolar Rentabellik, unumdorlik, amortizatsiya normasi va hokazolar Pragmatik Qo‘llashdagi foydasi Xotira hajmi, kompyuter unumdorligi, ma’lumotlarni uzatish tezligi va hokazolar
Do'stlaringiz bilan baham: |