Trekbol (Track Ball) – ko`rinishi ag`darilgan sichqonchani eslatuvchi qurilma bo`lib, asosan qimmatbaho klaviaturalarga va ko`chma kompyuter klaviaturalariga o`rnatiladi. Uning korpusi qo`zg`almas qilib joylashtirilgan bo`lib, diametric 15 – 20 mm bo`lgan plastmassa sharchasini barmoq bilan turli yo`nalishlar bo`yicha aylantirib, ekrandagi kursorni harakatlantirish mumkin. Bunda sichqonchadagi tugmachlar vazifasini trekbolning yonida joylashgan maxsus tugma bajaradi.
Trekpoynt (Treck Point) – ko`chma kompyuterning klaviaturasiga o`rnatilgan, ko`rinishi to`rtburchakli rezina o`chirgichga o`xshash qurilma. Shu qurilmaning sathini barmoq uchlari bilan bosib, ekrandagi kursorni kerakli yo`nalish bo`yicha harakatlantirish mumkin. Ko`pincha sensorli panel ham deb ataladi.
Trekpad (Treck Pad) - ko`chma kompyuterning klaviaturasida maxsus plyonka ostida joylashgan, signal uzatuvchi simlarning tarmog`idan iborat qurilma. Shu simlar plyonka ustida harakatlanayotgan barmoqning yo`nalishini monitorga uzatib, undagi kursorni siljitadi.
Sensorli ekran(Touch screen) - ko`chma kompyuter uchun maxsus ishlab chiqarilgan monitor ekrani bo`lib, uning sathiga barmoqni tekizish – kursorni o`sha joyga siljitadi. Bunday ekranlar ayniqsa ekrandagi menyuni yoki menyu bo`limlarini barmoq bilan tanlashga qulaydir.
Jostik (Joystik) – kursorni ekranda to`rtta yo`nalish (yuqoriga, pastga, o`ngga va chapga) harakatlantiruvchi richagdir. Bu richag qo`zg`almas asosga o`rnatilgan bo`lib, asosan kompyuter o`yinlarini boshqarishda ishlatiladi. Ko`pgina kompyuterlarda jostik uchun maxsus port – game port o`rnatilgan.
Nurli pero (Light pen) – ichida maxsus fotoelement bo`lgan qalamga o`xshash qurilmadir. Uning uchini ekranga tekizigan holda korpusida joylashgan tugmachani bosib, ekrandagi kursorni siljitish yoki kerakli oyna elamatnalni ishga tushirish mumkin.
Savol va topshiriqlar Shaxsiy kompyuterlar qanday qurilmalardan tashkil topgan?
Sistema bloki nimalardan tashkil topgan?
Sistema platasi nima? Unda shaxsiy kompyuterning qanday komponentalari joylashgan?
Mikroprotsessor qanday vazifani bajaradi?
Qanday xotiralarni bilasiz?
Tezkor xotira doimiy xotiradan nimasi bilan farq qiladi?
Videoxotira nima? U nima vazifani bajaradi?
Tashqi xotira nima? Tashqi xotiralarning qanday turlarini bilasiz?
Qattiq disk nima? U nima vazifani bajaradi?
Qattiq diskda o`qish va yozish operatsiyasi qanday amalga oshiriladi?
Kompakt – diskdagi axborotni o`qish qanday amalga oshiriladi?
Monitorlar va ularning xarakteristikasi.
Videoadapter nima? U qanday vazifani bajaradi?
Klaviatura va undagi klavishlar klassifikatsiyasi.
Sichqoncha va uning xizmati.
Klaviatura va sichqoncha kursori nima? Ular bir – biridan nimasi bilan farq qiladi?
Qanday qurilmalarga qo`shimcha qurilma deyiladi?
Printer va ularning xarakteristikalari.
Matritsali printerning ishlash qoidasini tushuntring.
Printer turlari orasidagi farqlar nimada?
Oqimli printerlarning ishlash qoidasi nimadan iborat?
Lazer printerlarning imkoniyatlari va ishlash printsiplari.
Priter va skanerlarning tasvirlash qobilyatlari qanday birlikda o`lchanadi?
Skaner nima? U qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Modem nima? U qanday funktsiyalarni bajaradi?
Manipulyator nima? U qanday maqsadlarda ishlatiladi?