2-mavzu. Avtomobil yo‘lining asosiy elementlari. Reja: Avtomobil yo‘lining asosiy elementlari


Yo‘l bo‘ylama profilining elementlari



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana12.06.2022
Hajmi0,66 Mb.
#657275
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu.Avtomobil yo'lining asosiy elementlari.

3. Yo‘l bo‘ylama profilining elementlari. 
CHizma tekisligida yoyib ko‘rsatilgan yo‘l o‘qining vertikaltekislikdagi proeksiyasi 
yo‘lning bo‘ylama profili deb ataladi. Bo‘ylama profil ayrim yo‘l uchastkalarining bo‘ylama 
nishab bilan o‘lchanadigan tikligini va uning qatnov qismining yer betiga nisbatan joylashuvini 
tavsiflaydi. Bo‘ylama nishablik avtomobil yo‘llarining transportboplik sifatlarini tavsiflovchi 
muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. 
Joyning tabiiy qiyaliklari ko‘pincha avtomobillardan samarali foydalanish uchun zarur 
bo‘lgan joiz qiymatlaridan ortiq bo‘ladi. Bunday hollarda yo‘lning nishabligi yer sirti 
nishabligiga nisbatan yotiqroq qilinadi, buning uchun tepaliklarga ko‘tarilishlarda gruntning bir 
qismi qirqib olinadi yoki aksincha relefning past qismlaridan o‘tish joylariga grunt to‘kiladi. 
Gruntni qirqib olish natijasida yo‘l sirti yer sirtiga nisbatan past bo‘lib qolgan joylari 
o‘ymalar deb, yo‘lning yer sirtidan balandroq sun’iy to‘kilgan grunt ustidan o‘tadigan yo‘l 
bo‘laklari esa ko‘tarmalar deb ataladi. Ko‘tarmalarning balandligi 1 m dan kam bo‘lganida yo‘l 
«nol» belgilardan (otmetkalardan)* o‘tadi deb aytiladi. O‘yma va ko‘tarmalar qurish natijasida 
yo‘l belgilari yer sirtining belgilariga mos tushmaydi (2.4 - rasm). 
2.4.-rasm. Bo‘ylama profilda yo‘lning joylashishi: 
T
B
 d=
1.5m
 
PK54
 


I – yo‘l «nol» belgilarda; II – ko‘tarmada; III – o‘ymada 
2.5-rasm. Yo‘l poyining ishchi belgisi: a – o‘ymada; b – ko‘tarmada. 
Yer sirtining yo‘l o‘q chizig‘i bo‘yicha belgilari bilan yo‘l ko‘tarmasining balandligi yoki 
o‘yma chuqurligini aniqlovchi yo‘l qirg‘og‘i belgilari orasidagi farq ishchi belgi
1
deb ataladi 
(2.5-rasm). 
Bo‘ylama profilning nishablik o‘zgarganda hosil bo‘ladigan siniq joylari harakatlanish 
uchun ator noqulayliklarni keltirib chiqaradi: yo‘ldagi qavariq joylar yo‘lning oldinda joylashgan 
qismini ko‘rintirmay qo‘yadi, egrilik radiusi nisbatan kichik bo‘lgan siniq joylarda esa katta 
tezlikda yurilganida avtomobilning oldingi o‘qi engillashib, uni boshqarish mumkin bo‘lmay 
qoladi; botiq siniq joylarda harakat yo‘nalishi to‘satdan o‘zgarganligi sababli yo‘lovchilarni 
bezovta qiladigan va avtomobil osmasini zo‘riqtiradigan turtki xosil bo‘ladi. SHuning uchun 
bo‘ylama profilning siniq joylari tutashtiruvchi vertikalegriliklar kiritish yo‘li bilan 
ravonlashtiriladi 2.6-rasmda bo‘ylama profilning ravonlashtirilgan siniq joylari punktir chiziq 
bilan ko‘rsatilgan. Kavslar ichidagi raqamlar vertikalegriliklar yo‘qligida mavjud bo‘lgan ishchi 
belgilarni, qavssiz raqamlar esa haqiqiy belgilarni ifodalaydi. 
Bo‘ylama profilning grafik tasviri asosiy loyiha hujjatlaridan biri bo‘lib, bu hujjatlar asosida yo‘l 
quriladi. 
2.6-rasm. Vertikal egri chiziqlar: 
1 - qavari; 2 - botiq. 
a) 
b) 



Avtomatlashtirilgan loyihalashda bo‘ylama profilni rasmiylashtirish namunasi (21.511-83 
davlat standartiga muvofiq tuzilgan) 2.6-rasmda ko‘rsatilgan. 
Profil oldin grafa yasagichda bajariladi, keyin gruntlar, sun’iy inshootlar, joy tafsiloti va 
boshqalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan qo‘lda to‘ldirib chiqiladi. 
Bo‘ylama profilning yaqqol bo‘lishi uchun vertikalmasofalar (belgilar) gorizontal 
belgilarga qaraganda katta masshtabda qo‘yib chiqiladi. 
Tekis joylardan o‘tadigan yo‘llar uchun vertical masshtab 1:500 (1sm da 5m) va 
gorizontal masshtab 1:5000 (1 sm da 50 m) qabul qilingan. 
Bo‘ylama profilni chizishda shartli belgilashlardan foydalaniladi (2.6-rasm). 
Yer va yo‘l nishabliklari tez-tez o‘zgarib turadigan va uncha uzun bo‘lmagan bo‘laklarda 
belgilar ayirmasi ancha katta bo‘lgan tog‘li yo‘llarda ancha yirik masshtablar: vertikalmasshtab 
1:200, gorizontal masshtab 1:2000 qo‘llanadi. 
Bo‘ylama profildagi yer sirti belgilarini birlashtiruvchi ingichka chiziq yer sirti chizig‘i 
yoki xomaki chiziq deb ataladi. Yo‘l cheti belgilarini bildiruvchi yo‘g‘onroq chiziq loyiha 
chizig‘i deb ataladi. Bu chiziq bo‘ylama profilda yer sirti chizig‘iga nisbatan 2 marta yo‘g‘onroq 
qilib tasvirlanadi. 
SSS 
SSS 
GIL 
GIL 

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish