Bu yerda: i – deflyatorni hisoblash uchun bozor savatiga kiritilgan tovarlar
soni;
Qi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar yoki xizmatlar hajmi
miqdori (Masalan 2 kg shakar, 2 dona ko‘ylak va h.k);
Pi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i — mahsulotning shu yilga bahosi;
Pi0 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – mahsulotning bazis yildagi
bahosi.
Deflyatorni hisoblash shartlari:
- odatda o‘tgan yilga nisbatan hisoblanadi;
- bozor savati joriy yilda aniqlanib keyingi yillarda o‘zgartirilishi mumkin;
- bozor savatiga ham iste'mol ishlab chiqarish xarakteridagi tovarlar va
xizmatlar kiritiladi;
- bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar turlarining umumiy YaIM
dagi ulushi katta qismini tashkil qilishi kerak;
- bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar hajmlari o‘rtasidagi nisbat
ularning YaIM dagi ulushlari o‘rtasidagi nisbatga mos kelishi kerak.
Nominal YaMM
Real YaIM = ———————————— 100
Deflyator
Iste'mol narxlari indeksi quyidagicha aniqlanadi: