2-mavzu: aqsh 1945-2000 yillarda. Reja: aqsh ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda. G. Trumen ma'muriyatining faoliyati


AQSH D.EYZENXAUER PREZIDENTLIGI DAVRIDA



Download 42,15 Kb.
bet2/5
Sana15.06.2022
Hajmi42,15 Kb.
#673597
1   2   3   4   5
Bog'liq
МАТН 2.

AQSH D.EYZENXAUER PREZIDENTLIGI DAVRIDA.
1952 ymldagi prezident saylovlarida respublikachilar partiyasi general Duayt Eyzenxauerni o'z nomzodi sifatida ko'rsatdilar. D.Eyzenxauer 1890 yilda tug'ilgan, 1910 yildan boshlab harbiy xizmatga o'tdi. ikkinchi jahon urushiga qadar harbiy xizmatda unchalik katta lavozimlarga ega bo'lmagan edi. 1940 yilda 50 yoshlik podpolkovnik diviziya shtabi boshlig'i, 1941 yilda armiya korpusi shtabi boshlig'i etib tayinlandi va polkovnik unvonini oldi. Keyin esa generallik lavozimlarida juda tez o'sib bordi, 1944 yilda armiya generali unvonini oldi.u 1942 yildan boshlab AQSHning Yevropadagi barcha qurolli kuchlari bosh qo'mondoni etib tayinlandi. SHimoliy Afrika va Sisiliyadagi ittifoqchilar qo'shinlarining harbiy harakatlariga boshchilik qildi. D.Eyzenxauer 1944 yilda Yevropada ittifoqchilarning qo'shinlariga rahbarlik qilib, ikkinchi frontni ochilishida ishtirok etdi. U 1945-1948 yillarda Amerika armiya shtabiga boshchilik qildi, 1950-1952 yillarda NATO qurolli kuchlari qo'mondoni bo'ldi. U kasbi kori jihatidan harbiy kishi bo'lib, o'sha paytga qadar siyosiy kurashda qatnashmagandi. 1952 yilgi saylov mavsumida ma'lum bo'lishicha umri davomida hatto ovoz berishdi Biron marta ham ishtirok etmagan ekan. Uning siyosiy qarashlari ham deyarli ma'lum emasdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin D.Eyzenxauer AQSHning eng hurmatli va obro'li fuqarolaridan biri bo'lib qoldi. SHuning uchun ham saylovlarda sof g'alabaga erishdi.
D.Eyzenxauer boshchiligidagi respublikachilar ma'muriyati hokimyat tepasida turgan davrda (1952-1960 yy.) ichki va tashqi siyosatda reaksiya avj oldi. Ichki siyosatda antikommunistik vasvasa avj oldi va dissidentlarga ya'ni o'zgacha fikrlovchilarga qarshi yurish boshlandi.
Bu davrdagi ichki siyosatda quyidagilarni alohida ajratib ko'rsatish mumkin:
1. Demokratiyaga qarshi qaratilgan va “makkartizm” deb atalgan tadbirlar avj oldi. Makkartizm radikal ijtimoiy guruhlar va oqimlarni, kasaba uyushmalari va boshqa kuchlarni bostirishda qo'l keldi. 1950 yildan 1954 yilgacha AQSHda jami 10 million kishi “sadoqat” bo'yicha turli dasturlarga binoan tekshiruvdan o'tkazilib, 7 mingga yaqin xizmatchi davlat organlaridan chetlatildi.
2. Respublikachilar ma'muriyati aholining boy tabaqalariga alohida g'amxo'rlik ko'rsatdi: narxlar va ish xaqi ustidan nazorat bekor qilindi, kredit olish tartibi yengillashtirildi, korporasiya va shaxsiy daromad solig'i pasaytirildi.
3. Federal ijtimoiy xarajatlarni kamaytirish tamoyili ochiq ko'zga tashlandi, jamoat ishlari tizimi qisqartirildi, Umumiy tibbiy sug'urtalash dasturi qabul qilinmadi, kasaba uyushmalariga qarshi kampaniya yanada faollashdi, qora tanlilarni kamsitish davom etdi.
D.Eyzenxauer prezidentligi davrida respublikachilarning tashqi siyosati “sovuq urush” doirasida davom etib, G.Trumen siyosatiga nisbatan ko'proq puxtaligi bilan ajralib turdi. Bir tomondan D.Eyzenxauer saylovoldi va'dalarini bajara borib, Koreyadagi urushni to'xtatdi. Davlat departamenti rahbariyati fikri bilan hisoblashmay, SSSR, Angliya, AQSH va Fransiya hukumat boshliqlarining Jeneva shahridagi uchrashuvida (1955 yil iyul) qatnashdi. 1959 yil sentabrda SSSR Ministrlar Soveti raisi N.S.Xrushchev AQSHga birinchi marta rasmiy tashrif buyurdi. Ikkinchi tomondan, D.Eyzenxauer hukumati Hindixitoydagi urushda Fransiyaga katta yordam berdi, Janubi-SHarqiy Osiyo va unga tutash Tinch okean hududlarida joylashgan davlatlar harbiy bloki – SEATOni tashkil etishda qatnashdi. 1954 yilda AQSH qo'shinlari Gvatemaladagi inqilobni bostirdi, 1953-1959 yillarda AQSH davlat kotibi D.F.Dalles “ozodlik doktrinasi”ni olg'a surdi. Bu aksilinqilobni eksport qilishni uyushtirishga, boshqa mamlakatlar ichki ishlariga aralashishga qaratilgan doktrina edi.
D.Eyzenxauer ma'muriyati G.Trumenning “kommunizmni tiyib qo'yish” siyosatini zaif va mudofaaga qaratilgan doktrina deb hisoblardi. SHuning uchun ham bu ma'muriyat yangi, “sovuq urun”ni yanada avj oldirgan doktrina – ”ommaviy (yalpi) o'ch olish” doktrinasi, ya'ni cheklanmagan termoyadro urushi olib borish doktrinasi bilan chiqdi.
D.Eyzenxauer ma'muriyati yangi doktrinani hayotga tadbiq eta borib, qurollanish poygasini avj oldirdi. AQSH ishtirokida SEATO va Bog'dod pakti tashkilotlari tuzildi. “Kommunizm xavfiga qarshi kurash”, “Amerikaning hayotiy manfaatlarini ta'minlash” nomli eskibahonalar ostida yangi doktrina nafaqat SSSRga qarshi eski adovatni kuchaytirib qolmasdan, balki butun dunyo bo'ylab AQSH monoporliyalarining taziyqini o'tkazishga kirishdi. Bu doktrina harbiy do'q po'pisalar bilan cheklanib qolmasdan turli mamlakatlarga nisbatan qo'poruvchilik, iqtisodiy qamal qilish va qonuniy hukumatlarga qashi harbiy isyonlarni uyushtirishni tashkil etdi. Eronda Mosaddiq hukumati Angliya-Amerika neft kompaniyasini milliylashtirgach, AQSH tashabbusi bilan uning hukumati ag'darib tashlandi va shundan keyin Eron Bog'dod pakti asoschilaridan biri bo'lib qoldi. 1954 yilda AQSH malaylari yordami bilan Gvatemalada AQSHga tegishli bo'lgan YUnayted Frut kampaniyasini milliylashtirgan prezident Arbens boshchiligidagi qonuniy hukumat ag'darildi. 1958 yilda Livanga AQSH desanti tushirilib, bu mamlakat ichki ishlariga ochiqdan ochiq aralash ro'y berdi.
Amalda tashqi siyosiy boshqaruv dastaklarini o'z qo'liga olgan harbiy partiya halqaro huquq qoidalariga amal qilmasdan erkin harakat qilishga o'tib olgan edi. Pokistonda AQSHning U-2 josus samolyotlari uchun harbiy-xavo bazalari tashkil etilgan bo'lib, bu samolyotlar sovet zenit qurilmalari o'qi yetmaydigan balandlikda parvoz etib, SSSRning Ural va G'arbiy Sibirdagi mudofaa komplekslarini muntazam holda fotosuratga tushirish bilan shug'ullanardilar.
Lekin AQSH rahbariyati Sovet Ittifoqining qattiq qarshiligiga duch keldi. O'zaro norozilik va tahdidlar bu ikki davlat o'rtasidagi o'zaro qarshi turishni keltirib chiqardi va bu qarama-qarshilik goh u tomonning, goh bu tomonning ustunligi bilan davom etdi. AQSH tomoni Sovet Ittifoqining harbiy-texnikaviy qudratiga yetarli baho bermadi va bu borada qattiq yanglishdi.
SSSR davlati 1953 yil 20 avgustda katta qudratga ega bo'lgan vodorod bombasini muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o'tkazdi. 1957 yil avgustida esa 10 ming kilometr masofaga ucha oladigan qit'alararo ballistik raketa muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o'tdi. endilikda sovet raketalari vodorod bombasini AQSHning istalgan joyiga yetkazib borishi mumkin edi, bu raketalarga qarshi qurol yo'q edi. Endilikda yadro urushining boshlanishi AQSHning o'zini ham bu urush girdobiga tortishi mumkin edi.
SSSR tomonidan 1957 yil 4 oktabrda Yerning birinchi sun'iy yo'ldoshining uchirilishi butun dunyo jamoatchiligiga va AQSH siyosiy guruh rahbarlariga juda katta ta'sir ko'rsatdi. Endilikda Sovet Ittifoqi o'zining harbiy-texnikaviy darajasi va strategik qudrati bo'yicha AQSHdan qolishmasligini ko'rsatdi va har qanday yadroviy to'qnashuv har ikki tomonga ham halokatli ta'sir ko'rsatishi mumkinligi ma'lum bo'ldi. Endilikda kuchni pesh qilish mavqeidan turib muzokara olib borish foydasiz bo'lib qoldi.
O'z navbatida SSSR tomoni ham AQSHga qarshi butun dunyo miqyosida ommaviy tashviqotni avj oldirib yubordi. Kommunistik partiyalarning matbuot va ommaviy axborot vositalaridan, xalqaro jamoatchilik tashkilotlari, tinchlik uchun butunjahon harakati va boshqa ko'plagan tashkilotlardan foydalangan holda sovet targ'iboti AQSHni imperialistik davlat, uning rahbariyatini esa urush o'choqlarini yuzaga keltiruvchilar sifatida ko'rsatishda ma'lum bir muvaffaqiyatlarga erishdi. AQSHning ko'pgina hatti-harakatlari sovet targ'iboti xabarlarini tasdiqlardi.
Sovet targ'ibotining eng yuqori cho'qqisi AQSHning U-2 jdsus samolyotining SSSR hududi ustidan 1960 yil 1 maydagi parvozi bo'ldi. Bundan oldingi 3 yil davomida ham AQSHning josus samolyotlari Sovet Ittifoqi hududlari ustidan uchib o'tgan bo'lsalarda, Sovet Ittifoqi bu samolyotlarga qarshi himoya vositalariga ega bo'lmaganligi sababli Sovet davlati bu haqda hech nima demas edilar. Lekin 1960 yil 1 mayda AQSH samolyoti yangi turdagi raketa yordamida urib tushirildi, uning uchuvchisi Garri Pauers asirga olindi. sovet tomoni samolyot urib tushirilgani haqida xabar berish bilan cheklandi. Amerika tomoni uchuvchini halok bo'lgan deb hisoblab, samolyot o'quv mashqlarini bajarayotganida adashib SSSR hududiga kirib qolganligi to'g'risida bayonot berdi. Keyinchalik D.Eyzenxauer ham samolyot oddiy o'quv mashg'ulotlarini bajarish vaqtida adashib qolganligini shaxsan tasdiqladi.
Sovet tomoni aynan AQSH prezidenti tomonidan shunday bayonot berilishini kutib turgan kabi SSSR Ministrlar Soveti raisi N.S.Xrushchev butun dunyoga AQSH samolyoti SSSR hududida razvedka maqsadida uchib yurganligini va uchuvchi asirga olinib, o'zining josuslik maqsadida uchib kelganligini tan olganligini ma'lum qildi. Uchuvchi yonidan uning so'zlarini tasdiqlovchi kartalar, hujjatlar topilgan edi. AQSH prezidenti yolg'onchilikda, soxtaeorlikda, tovlamachilikda va xalqaro huquqni buzishda ayblandi.
1960 yil 16-19 mayda Parijda buyuk davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti bo'lishi kerak edi. Bu yerga prezident D.Eyzenxauer, Angliya Bosh vaziri Makmillan, de Goll va N.S. Xrushchevlar yetib keldilar. Sammit ochilishidan bir kun oldin N.S.Xrushchev prezident D.Eyzenxauer samolyot bilan bo'lgan hodisa uchun kechirim so'rashi kerakligini, aks holda Sovet Ittifoqi uchrashuvda ishtirok etmasligi to'g'risida bayonot berdi. D.Eyzenxauer kechirim so'rashdan bosh tortdi, N.S.Xrushchev Parijdan jo'nab ketdi, natijada yuqori doiradagi uchrashuv barbod bo'ldi. Ikkinchi jahon urushi davrida butun SHimoliy Afrika va Yevropani janglar bilan bosib o'tgan qo'rqmas jangchi, urush qahramoni bo'lgan AQSH prezidenti D.Eyzenxauer ayanchli ahvolda qoldi. AQSHdagi harbiy partiyaning ma'sulyatsiz hatti-harakatlari uni vijdonsiz xalqaro ig'vogarga aylantirdi. Uning siyosiy kelajagi hal qilingan edi, respublikachilar partiyasi esa tashqi siyosat sohasida qaqshatgich mag'lubiyatga uchradi.



Download 42,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish