2-mavzu: Antik davrda ilmiy tafakkurning paydo bo‘lishi va shakllanishi. Reja


Qadimgi yunonlar adabiyoti. Yunoniston tarixini o‘rganishda dostonlar va



Download 267,18 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana28.04.2022
Hajmi267,18 Kb.
#588232
1   2   3   4
Bog'liq
1.2-mavzu. Antik davrda ilmiy tafakkurning paydo bolishi va shakllanishi

Qadimgi yunonlar adabiyoti. Yunoniston tarixini o‘rganishda dostonlar va 
afsonalarning ahamiyati. 
Qadimgi yunon adabiyotining paydo bo‘lishi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. YUnonlar 
ajoyib afsona, rivoyat, she’r, doston, tragediya va komediyalar yaratganlar. 
Yunon baxshilari esa qadimgi afsona va rivoyatlarni og‘zaki tarzda avloddan-avlodga 
etkazganlar. “Prometey”, “Gerakl”, “Dedal va Ikar”, “Argonavtlar”, “Odisseya” va “Illiada” kabi 
afsona va dostonlar yunon adabiyotining nodir namunalaridir. 
Rivoyatlarga ko‘ra, bu asarlarning muallifi miloddan avvalgi VIII yashagan ko‘r baxshi 
Gomerdir. Dostonlarda yunonlarning Kichik Osiyodagi Troya shahriga qilgan yurishlari
qahramonlarning kurashlari va boshidan kechirgan sargo‘zashtlari va boshqalar haqida hiqoya 
qilinadi. “Illiada” dostonning davomi “Odisseya” dostoni hisoblanadi. YUnonlar jahon 
adabiyotiga o‘lkan hissa qo‘shganlar. YUnon dostonlarida rivoyat va afsonalar juda ko‘p. Ammo 
dostonlarda tasvirlangan voqea-hodisalarning hammasi shunchaki afsona emas. “Argonavtlar”, 
“Dedal va Ikar”, “Gerakl” , “Illiada” va “Odisseya” kabi rivoyat va afsonalarning mazmuniga 
chuqurroq e’tibor berilsa, ularda qadimgi yunonlarning turmush tarzi, kasb-korlari, qurol-
yarog‘lari, turar joylari, mehnat qurollari va oilaviy munosabatlari qanday bo‘lganligini bilib olish 
mumkin. Olimlar uzoq vaqtgacha Gomer dostonlaridagi voqealar o‘ylab chiqarilgan afsonalar deb 
faraz qilganlar. Ular Troya shahri ham bo‘lmagan deb o‘ylab kelardilar. Ammo arxeolog olimlar 
Kichik Osiyoning shimoliy-g‘arbiy erlarida qazish ishlarini olib borar ekanlar, u erdan yonib kul 
bo‘lgan shahar xarobalarni topganlar. Bu yunonlar urush olib borgan Troya shahrining qoldiqlari 
edi.
Arxeolog olimlar Troya shahri xarobalardan uy-joylar, mudofaa devorlari, sopol 
buyumlarning parchalari, yashirib qo‘yilgan narsalar, buyumlar va odam suyaklarining 
qoldiqlarini topganlar.
Yunoniston tarixini o‘rganishda yunon afsonalari, xususan Gomer dostonlari juda katta 
ahamiyatga ega. Shu tufayli miloddan avvalgi XI-IX asrlarni Gomer davri deb bekorga 
aytilmagan. Gomer dostonlari she’riy uslubda yozilgan bo‘lib, tilining boyligi va ta’sirchanligi 
bilan ajralib turadi. Shunday qilib, Gomerning dostonlari buyuk adabiy asargina bo‘lib qolmay, 
balki ajoyib tarixiy kitob namunalaridandir. YUnonlarning, adabiy merosi jahon halqlari 
adabiyotiga munosib hissa qo‘shdi. Qadimgi Yunonistonda fanning turli sohalari bo‘yicha 
mashhur olimlar etishib chiqqanlar. YUnon olimlari Qadimgi Misr, Bobil va Kichik Osiyo 
halqlarining bilimlaridan bahramand bo‘lganlar.
Gomer asarlarining bosh qahramonlari faqatgina beqiyos pahlavonlar emas, shuningdek 
ma’budalar ham bo‘lganlar. Gomer dostonlarining muhim xususiyatlaridan biri ularning kuyga
solib aytilishidir. Bu xildagi asarlar kitob tariqasida o‘qish uchun emas, balki tinglash uchun 


xosdir. Bu asarlarda janglar tasvirida otlarning yurishi va yugurishda, qahramonlarning qurol-
yarog‘lari ta’rifida, ziyofatlarda to‘zilgan dasturxon maqtovida va yana turli-tuman manzarali 
voqealar tasvirlanadi. 
Bu xildagi takrorlar Gomer poemalarida haddan ziyoda (masalan: “Illiada”ning I bobida 
Axill bilan Agamemnon o‘rtalarida bo‘lib o‘tgan diltanglik haqida shoirning o‘zi hikoya qiladi. 
Keyinchalik Axill o‘z opasi Fetidaga Sardorning sitmagarligi haqida shikoyat qilganida, ilgarigi 
gaplar aynan takrorlanadi). Dostonlarda ba’zi hodisalarni chunonchi, kech kirishi, tong otish 
paytlarini tasvirlaydigan misralar ko‘pki, ular zarracha o‘zgartirilmasdan bir taxlitda ishlatilaverib 
qolip shakliga kirib ketgan. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, `Yunoniston tarixini o‘rganishda yunon afsonalari juda 
katta ahamiyatga ega. Dostonlar she’riy usulda yozilgan bo‘lib, tilining boyligi va ta’sirchanligi 
bilan ajaralib turadi. Shunday qilib, qadimgi Yunoniston asarlari adabiy asargina bo‘lib qolmay, 
ajoyib manba hamdir. 

Download 267,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish