2. Qishloq xo‘jaligida kimyo xizmatini tashkil etish 2. Qishloq xo‘jaligida kimyo xizmatini tashkil etish Qishloq xo'jaligida agrokimyo xizmati ko'rsatishni iqtisodiy ekologik talablari asosida rivojlantirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: - qishloq xo'jalik korxonalarini va iste’molchilarni mineral o'g`it, pestitsidlar va biologik vositalarga bo'lgan talabni aniqlab, shartnoma asosida to'la ta’minlash; - agrokimyo xizmati ko'rsatishda ekologik vaziyatlarni hisobga olgan holda kimyoviy va biologik vositalardan oqilona foydalanishning me’yoriy chora-tadbirlarini ishlab chiqish; - atrof-muhit ifloslanishiga olib keladigan va inson hayoti uchun xavfli bo'lgan zaharli pestitsidlarni qo'llashdan voz kechish va ular o'rniga tabiiy vositaladan foydalanish; - kimyoviy vositalar va mineral o'g`itlar bo'yicha iqtisodiy ekologik samaradorlikni aniqlash yo'llarini ishlab chiqish.
Demak, agrokimyo xizmati ko'rsatuvchi sohalar faqat kimyoviy vositalar va mineral o'g`itlarni yetkazib berish bilan cheklanib qolmasdan, balki iqtisodiy-ekologik samaradorlikni oshirishga yo'naltirilgan zarur tadbirlarini ishlab chiqishi va shu asosida faoliyat ko'rsatishi bugungi kunning eng dolzarb masalasidir. Ma’lumki dehqonchilikning intensiv rivojlanishini ta’minlaydigan omillardan biri ekinlarni o'g`itlash hisoblanadi. Chunki hosilning deyarli yarimi o'g`itlar hisobiga yetishtiriladi. Umuman o'g`itlarning har birini o'z o'rni bor. Azot ekinlarning o'sishi va yosharishiga xizmat qiladi, fosfor hosildorlikni oshirib, pishishini tezlashtiradi, kaliy mahsulot sifatini yaxshilaydi, ekin chidamliligini kuchaytiradi, uning tuproq unumdorligini oshiradi. 2. Qishloq xo‘jaligida kimyo xizmatini tashkil etish 2. Qishloq xo‘jaligida kimyo xizmatini tashkil etish O'zbekistonda hozirda ham o'g`it faoliyati yaxshi bo'lib 6ta zavod faoliyat ko'rsatmoqda. Bular Navoiy azot, Olmaliq ammofostazot, Chirchiq, Samarqand superfosfat, Qo'qon fosfat, Farg`ona fosfatdir. O'g`itga bo'lgan talab hozirgi kunda azot 75-80% ga qondirilyapti, fosfor 50-60 foizga, kaliy deyarli qondirilmayapti. Kaliy tuzi Rossiyada "Solikans", Ukrainada "Bulush" nomi bilan chiqariladi. 30 sentner paxtadan hosil olish uchun 1 ga 100 kg kaliy solish kerak. Kaliydan hasharotlar qochadi. U o'simliklarni himoya qiladi, poyasini mustahkamlaydi va tanasi pishiq bo'ladi. Azot bilan fosfor o'simlik organlariga kirib ketadi, kaliy g`allani sovuq va qurg`oqchilikdan asraydi. Tuz muzlamaydi, namlikni saqlaydi. Hozirgi kunda O'zbekistonda Qamashi, Xo'jandkonda kaliy bor. E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |