3. Rossiyada menejment nazariya va amaliyotining rivojlanishi.
Rossiyada boshqaruv fani XX asrning 20-yillaridan boshlab shakllana boshladi. Bu davrda mexnat va boshqaruv muammolariga bagishlangan unlab jurnallar, jumladan «boshqaruvni tashkil etish», «Mexnatni tashkil etish», «Boshqaruv texnikasi», «Xujalik va boshqaruv» kabi oynomalar nashr kilindi, xorijiy ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqaruv buyicha mutaxassilar asarlari rus tiliga tarjima kilindi. 1921 yilda Markaziy mexnat instituti tashkil etildi.
Boshqaruv nazariya va amaliyotiga katta xissa kushgan tanikli olim - Aleksey Kapitanovich Gastev (1882-1941) edi. Uning «Kanday ishlamok kerak?», «Mexnat me`yorlash va tashkil etish», «Mexnat kullanmalari», «Madaniyat ko`zgoloni», «Ishlab chiqarishni MMI usullari bilan tartibga solish» kitoblari nashr etildi. A.K.Gastev raxbarligi ostida MMI da mexnatni tashkil etishning yangi usullarini urganish, loyixalash va joriy qilish, turli mutaxassislikka ega ishchilarni ukitishva malakasini oshirishning maqbul tizimini yaratish buyicha salmokli ishlar amalgaoshirildi. A.K.Gastev asarlari jeda katta ilmiy va amaliy axamiyatga ega, u tomonidan ishlab chikilgan taklif va tavsiyalar xozirgi davrda xam dolzarbdir. Mexnatni ilmiy tashkil etish va boshqaruv fanining yana bir tashabbuskori - Platon Mixaylovich Korjentsev (1881-1940). P.M. Korjentsev 1923-1924 yillar davomida Butun Ittifok mexnatni tashkil etish Kengashi prezidiumi a`zosi bo`lgan va «Pravda» gazetasida ishlagan. Bu fil- davomida u «Mexnatni ilmiy tashkil etish», «Tashkil etish tamoyillari», «Vakt uchun kurash», «O`zingni o`zing tashkil et» singari asarlarini yozdi. P.M.Korjentsev tomonidan tavsiya etilgan ishlab chikarilayotgan maxsulotlarni standartlash, mexnat sharoiti, moddiy vositalardan to`ғri foydaanish xakidagi takliflar juda dolzarb edi.
Mexnatni tashkil etish va boshkarish nazariyasiga bu muammo buyicha tadkikot olib borgan P.A.Popov, O.A.Ermanskiy va boshkalar xam salmokli xissa kushganlar.
4. Menejment rivojlanishida yangi bosqich.
1985 yildan boshlab menejment rivojlanishida yangi davr boshlandi. Jamiyatda demokratik jarayonlar chuqurlashuvi va rivojlanishi bozor munosabatlariga o`tishga asos bo`ldi. Jamiyatdagi tub o`zgarishlar siyosat, iktisodiyot, menejment uslublari va texnologiyasiga jiddiy o`zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo`ydi.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini boshqarishni isloh qilish hozirgi davrgacha mavjud bo`lgan tajriba, jamiyat xayotining iktisodiy, ijtimoiy, siyosiy soxalarini boshkarishning bozor nazariyasiga, qabul kilingan konun va huquqiy xujjatlarga asoslangan xolda amalga oshiriladi. Menejment soxasida jaxon tajribasi, rivojlangan mamlakatlar va o`zimizda tuplangan tajribadan foydalaniladi.
Menejment oldiga kuyilgan ko`pchilik vazifalar muvaffaqiyatli hal etilmokda. Hozirda iqtisodiy tashkilotlar vazifalari o`zgartirildi, boshqaruvning bozor munosabatlariga utishi amalga oshirilmokda, boshqaruvning ixtisoslashuv chukurlashuvi va kooperatsiya buyicha alokalar barqaror bulishini ta`minlovchi yangi tashkiliy tizimlari vuudga kelmokda.
O‘zbekistonda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari XIII-XIV asrlarga kelib Amir Temur xukumronligi davridanoq shakllana boshlagan. Amir Temur “Temur tuzuklari” asarida, qanday qilib xokimiyatni qo‘lga kiritgani, siyosiy va xarbiy faoliyati xaqidagi sirlar, uni boshqarish san’ati, shu bilan birga istilochilikka qanday rahbarlik qilganini o‘zi izoxlab bergan.
“Temur tuzuklari” jaxonga mashxur asar. Uning qo‘l yozma nusxalari dunyoning deyarlik barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Fransiya, Rusiya, Germaniya, Armaniston, O’zbekiston va boshqalar)ning kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat.
Birinchi qism Amir Temurning o‘z davlatini barpo etish va uni xar jihatdan mustaxkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo‘shin tuzish borasida tatbiq etgan tuzuklari va rejalaridan iborat bo‘lib, xatto qo‘shinning jangovor saflanish tartibi xam maxsus jadvallar orqali ko‘rsatib berilgan.
Asarning o‘n uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi qismida esa xizmat soxibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qo‘shin tuzish va dushman lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirgan ishlari o‘z ifodasini topgan.
Amir Temur zukko, tajribali va siyosatdon davlat arbobi edi. U o‘zi tuzmoqchi bo‘lgan davlatning markaziy apparati va maxalliy xokimiyatning qanday, qaysi ijtimoiy toifalarga tayanishi, mansabdor shaxslar va ularning sifatlari xamda burch va vazifalarini oldindan belgilab bergan.
“Tuzuklar” muallifining fikricha, xar bir soxibi toj davlat va jamiyatni ma’lum ijtimoiy-siyosiy guruxga tayangan xolda boshqarishi lozim. Hazrat Amir Temur, “Tuzuklar”da ma’lum qilishicha, o‘z faoliyatida qo‘yidagi 12 ijtimoiy-siyosiy guruxga tayanib ish olib borgan:
Xazrat Payg‘abarimiz Muhammad Sallolloxu Alayhissalomning aziz va \ mukarram avlodi bo‘lmish sayidlar, ulamo va shayxlar;
Xayotning achchiq-chuchugini totgan bilimdon kishilar;
Duoguy taqvodorlar;
Amirlar, sarxanglar, sipoxsolollar, ya’ni lashkar va qo‘shin boshliqlari;
Sipox bilan raiyat, ya’ni qora xalq;
Saltanat ishlari, uning siru-asrorini bilgan, kengashsa bo‘ladigan dono va ishonchli kishilar;
Vazirlar, sarkitob va devon bitiqlari;
Xakimlar, tabiblar, munajjimlar va muxandislar;
Xadis olimlari va roviylar, ya’ni rivoyat aytuvchilar (tarix shunoslar).
So‘fiy va oriflar;
Xunar va san’at axli, ya’ni kosiblar va san’atkorlar;
Xar turli mamlakatlardan kelgan sayyox va tijorat axli. Ular bilan so‘zlashib, mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy axvoldan voqif bo‘lib turish mumkin bo‘lgan.
Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlar va viloyatlarda o‘tirgan noiblarning roli benixoya katta bo‘lgan. Shuning uchun xam Amir Temur ularni tanlash va vazifalarga tayinlash ishiga a’loxida ahamiyat bergan. Ular soxibqironning fikricha sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha:, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar bo‘lishi kerak. “Tuzuklar” muallifining fikriga ko‘ra, masalan, vazirlar to‘rt sifatga ega bo‘lishlari shart:
Asillik, toza nasllik va ulug‘vorlik;
Aqlu farosatli;
Sipox bilan raiyat axvolidan boxabarlik va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ular bilan yaxshi muomalada bo‘lish;
Sabru bardoshlilik, muloyimlik.
“Tuzuklar”da keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra Amir Temur o‘z davlatini, bir uchi Chinu Mochin va ikkinchi uchi Shom xududida bo‘lgan ulkan mamlakatni bor-yo‘g‘i yetti nafar vazir yordamida boshqargan. Bular qo‘ydagilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |