Dag`al teskari bog`lanishlar elementlari
Dag`al teskari bog`lanishlar fizik belgilariga qarab turlicha bo`lishlari mumkin. SHulardan bir nechtasini ko`rib chiqaylik:
1) Mexanik teskari bog`lanish
Mexanik sozlagichlarda qattiq richaglar yordamida amalga oshiriladigan dag`al teskari bog`lanishlar ko`p tarqalgandir. 13.1-rasmda servomotor Porsheni va suyuqlik taqsimlovchi klapan o`rtasida qo`shimcha dag`al bog`lanishni amalga oshiruvchi a b qattiq richagdan foydalanish misoli ko`rsatilgan. SHu dag`al teskari bog`lanish tufayli statik xatoliklar mavjud bo`lgan hollarda (chizmada strelkalar orqali yog`ni quyish va to`kish ko`rsatilgan) tizimda turg`unlik tahminlanadi.
Yana qator boshqa misollarni keltirish mumkin: richagli-pnevmatik, richagli-gidravlik, mushtumchali, lekalosimon va hakazo.
1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |