2-mashg’ulot ilgarlanma harakat dinamikasiga doir masalalar yechish. Asosiy formulalar


Masalalar Nyutonning ikkinchi qonuni



Download 429,95 Kb.
bet7/7
Sana08.01.2022
Hajmi429,95 Kb.
#331803
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy mashg'ulot

Masalalar

Nyutonning ikkinchi qonuni

1.Silliq stol ustida massasi m = 4 kg bo’lgan taxtacha (brusok) turibdi. Taxtachaga chilvir bog’langan bo’lib, chilvirning ikkinchi uchida stol sirtiga parallel yo’nalgan F=10 N kuch qo’yilgan. Taxtachaning tezlanishi a topilsin.

2.Stolda m1= 4 kg massali aravacha turibdi. Aravachaga ikkinchi uchi chig’ir orqali tashlangan chilvir bog’lab qo’yilgan. Agar chilvirning ikkinchi uchiga m2= 1 kg massali tosh osilsa, aravacha qanday a tezlanish bilan harakat qiladi?

3. Purjunali taroziga chig’ir osilgan. CHig’ir orqali tashlangan chilvirning uchlariga massalari m1 = 1,5 kg va m2 = 3 kg bo’lgan yuklarni bog’ladilar. Yuklar harakatlangan paytda tarozining ko’rsatishi qanday bo’ladi? CHig’irning va chilvirning massalari xisobga olinmasin.

4. Massalari m1 = l kg va m2=4 kg bo’lgan, chilvir bilan birlashtirilgan ikkita taxtacha stol ustida yotibdi. Agar ulardan biriga gorizontal yo’nalgan F=10 N kuch qo’yilsa, tayoqchalar qanday a tezlanish bilan harakatlanadilar? Agar 10 N kuch birinchi Tayoqchaga qo’yilgan bo’lsa, chilvirning taranglik kuchi T nimaga teng bo’ladi? Ikkinchi Tayoqchaga qo’yilgan bo’lsa-chi? Ishqalanish xisobga olinmasin.

5.Massasi m = 4 kg bo’lgan Tayoqcha silliq stol ustida yotibdi. Tayoqchaga stolning qarama-qarshi qirralarida harakatsiz qilib mahkamlangan chig’irlar orqali oshirib tashlangan ikkita chilvir bog’langan. Chilvirlarning uchlariga massalari m1 = 1 kg va m2 = 2 kg bo’lgan toshlar osilgan. Tayoqchaning harakatlanish tezlanishi a va har bir chilvirning taranglik kuchi T topilsin. CHig’irlarning massalari va ishqalanish hisobga olinmasin.

6. m=4 t massali bosqon L = 2 m balandlikdan sandonga tushadi. Zarbaning ta’sir etish vaqti t = 0,01 s. Zarba kuchining o’rtacha qiymati aniqlansin.



7.Muz sirti bo’ylab v0=20 m/s boshlang’ich tezlik bilan harakatlantirilgan shayba t = 40 s dan keyin to’xtadi. SHaybannng muzga ishqalanish koeffitsienti f topilsin.

8. m=1 kg massali moddiy nuqta tekis harakatlanib, t = 2 s vaqt davomida radiusi r= 1,2 m bo’lgan chorak aylana chizadi. Nuqta impulsining o’zgarishi ∆r topilsin.

9. m = 5 kg massali jism ufq , tekisligiga nisbatan α = 30° burchak ostida vo =20 m/s boshlang’ich tezlik bilan otilgan. Havoning qarshiligini xisobga olmay: 1) uchish vaqtida jismga ta’sir etuvchi kuch impulsi F; 2) uchish vaqtida jism impulsining o’zgarishi ∆r topilsin.

10. Yer sirtidan tik yuqoriga qarab uchirilgan m= 1 t massali fazoviy kema a = 2g tezlanish bilan ko’tarilmoqda. Soplodan otilib chiqayotgan gaz oqimining tezligi v = 1200 m/s. Sarflanayotgan yoqilg’i miqdori Qm topilsin.

11. Fazo kemasining massasi m = 3,5t. Maievr paytida uning dvigatelidan v = 800 m/s tezlikda gaz oqimi otilib chiqadi; yoqilg’i sarfi Qm = 0,2 kg/s. Dvigatellarning reaktiv kuchi R va unnng kemaga beradigan tezlanishi a topilsin.

12. Parragining d diametri 18 m, massasi m = 3,5 t bo’lgan vertolet xavoda muallaq turibdi. Parrak havo oqimini qanday tezlik bilan tik pastga xaydaydi? Oqim diametri parrak diametriga teng, deb xisoblansin.

13. m2 = 5 kg massali taxtacha ufq tekisligida ishqalanishsiz erkin sirpanadi. Uning ustida m1 = 1 kg massali boshqa taxtacha bor. Taxtachalarning o’zaro tegib turgan sirtlari orasidagi ishqalanish koeffisienti f = 0,3. Yuqoridagi taxtacha sirpana boshlashi uchun pastdagi taxtacha quyilishi kerak bo’lgan kuchning maksimal qiymati G’tax aniqlansin.

14. Sayyora ufq tekisligi yo’nalishida a = 20 m/s2 tezlanish bilan uchmoqda. Sayyoradagi yo’lovchining ortiqcha yuklanishi qancha? (Ortiqcha yuklanish deb yo’lovchiga ta’sir etuvchi F kuchning og’irlik kuchi R ga nisbatiga aytiladi).

15. Kerosin solingan avtotsisterna a = 0,7 m/s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. TSisternadagi kerosin satxi ufq . tekisligiga nisbatan qanday f burchak ostida joylashgan?

16. Bevosita parovozga tirkalgan suv saqlanadigan vagon (tender) dagi idishning uzunligi 1 = 4 m. Poyezd a = 0,5 m/s2 tezlanish bilan harakatlanganda idishning old va orqa qismlaridagi suv sathlarining farqi ∆l qanday bo’ladi?

17. Suv oqimi oqim yo’nalishiga φ = 60° burchak ostida qo’yilgan harakatsiz tekislikka uriladi. Oqimning tezligi v = 20 m/s. Ko’ndalang kesimining yuzasi S = 5 cm2. Oqimning tekislikka bosim kuchi F aniqlansin.

18. Massasi m = 2 t bo’lgan kater sokin suvda harakatlana boshlab τ= 10 s davomida v = 4 m/c tezlikka erishdi. Motorning tortish kuchi aniqlansin. U o’zgarmas deb hisoblansin. Harakatga Qarshilik kuchi Fk tezlikka mutanosib deb olinsin; qarshilik koeffitsienti k= 100 kg/s
Download 429,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish