Bunda Vengriyalik sportchi G.Yakobi beshta medalga sazovor bo’lib unvoniga ega bo’ldi, uni xamyurti M.Mednyansayollar g’oliblikni qo’lga kiritib 18 marta dunyo chempionligini va besh marta yakka o’yinda g’oliblikni egallagan sportchi dunyo chempionligi ayol xisoblandi. 1926 yildan boshlab 1940-1946 yillarga qadar doimiy o’tkazilib borildi.
Bunda Vengriyalik sportchi G.Yakobi beshta medalga sazovor bo’lib unvoniga ega bo’ldi, uni xamyurti M.Mednyansayollar g’oliblikni qo’lga kiritib 18 marta dunyo chempionligini va besh marta yakka o’yinda g’oliblikni egallagan sportchi dunyo chempionligi ayol xisoblandi. 1926 yildan boshlab 1940-1946 yillarga qadar doimiy o’tkazilib borildi.
1926 yildagi birinchi kongressida qabul qilingan va shu bilan birga xozirgi o’yin qoidalariga yaqin o’yin qoidalari qabul qilingan.
Tennis o’yinining texnikasi va ularni o’rgatish usullari O’yin texnikasining mazmuni
Stol tennisini yaxshi o’ynash, bu katta sanoat xisoblandi. Yengil, tezxarakat qilish, xujum va ximoya usullarini maxorat bilan qo’llash, kutilmagan xollarda qisqa daqiqalarda texnik usullarni qo’llash sportchilardan doimiy o’z ustida ishlashga va xar xil sport musobaqalarda ishtirok etish bilan erishish mumkin. Zamonaviy stol tennisi o’yinida texnik va taktik usullar ikki yo’nalishda o’ynash yani Aziya xamda Yevropa usullari xisoblanadi.
O’yinchini turish va xarakat usullari.
Stol tennisi texnikasiga turish, joyda xarakat qilish va sharni urishu usullari kiradi.
Sharni urish taktikasi va sharni aylanish xarakteriga oraliq xujum va ximoya usullari o’z ichiga oladi. Oraliq urish usuli eng oddiy bo’lib, bu usullarga; raketkani oddiy to’siqqa qo’yish, zarb berish, va kesib o’tish usullari xisoblanadi.
Xujum qilib urish usuli urishiga tayyorlanish va urishni amalga oshirish bosqichi xisoblanadi.
SHarni urishni amalga oshirishda uchta asosiy xolat turish bo’lib, bu tayyorlanish, xujum va ximoya ko’rinishidagi xolatlar orqali o’yin amalga oshiriladi.
Tayyorlanish xolatibu tennis sharini o’yinga kiritish uchun oyoq, qo’l, gavda xolatlarini moslash bosqichlari xisoblanadi. Shunday qilib tayyorlanish bosqich xolatida sharni kesib yoki yengil urib doskani xar xil joylariga sharga zarba berib o’tkazish usulidir.
Xujum qilish xolatiga sharga qattiq zarba berib, xar xil usulda aylantirib, past, yuqori usullarda raqibga sharni uzatishdan iboratdir. Xujum qilish usulini amalga oshirish qo’l, oyoq va gavda xolatlari juda tezlik bilan xolatlarini o’zgarishi xamda tez bajarishini talab qiladi. Ximoya usulida sharni silliq yoki sharni pastga xamda yuqoriga yonga tezlik bilan zarb berish usullari bilan amalga oshiriladi. Bunday urish usullariga; sharni o’yinga kiritish, aylantirib, kesib aylantirib urish usullari kiradi.
Ximoyadagi urish usullario’rta va uzoq masofadan sharni qaytarib urish usullarini o’z ichiga oladi. Ximoyadagi urish texnik usullari raketkani ushlash va joyida xarakat qilish xolatlariga bog’liqdir. Yaponiya stol tennis vakillarini oldida ikkita asosiy vazifa bo’lib; birinchisi sifatli texnik urish usullarini takominlash va o’ng tomondan urishni avtomatik xolatda o’ynash darajasiga ko’tarish. Ikkinchi vazifa sharni tez va aylantirib urish usulini yuqori tezlik usul bilan bajarishga qaratilganligidir.
Bu usullarni bajarish uchun Yapon sportchilari «sendvich» yahni silliq qatlamli yopilgan raketka tanlaydi.Yapon sportchilari xalqaro va Olimpiada o’yinlarida shaxsiy xamda jamoa o’yinlarida katta muvaffaqiyatlarga erishib kelganlar. Ular birinchi bo’lib toqa o’yinlarida «top-spid» yahni tez aylantirib aldab urish usuli va «sham» ximoya usullarini yuqori maxorat bilan qo’llab tennis o’yiniga yangi texnik usularini targ’ibot qilishga asoschi bo’lganlar. 1961-1965 yillar Yapon tennischilari Xitoy sportchilardan mag’lubiyatga uchraganliklari sabablik ularni texnik va taktik usullarni yanada takominlashtirish yo’llarini izlay boshladilar. Bunda ular raketkani Evropa usulda ushlab o’ynashni boshladilar. Shunday qilib 1967 yillarga kelib I.Ogimur murabbiyning N.Xasega va M.Ksay o’yinchilar jaxon chempionlik darajasiga ko’tarildi. Xitoy tennischilarini o’yin usullari Yapon tennischilariga nisbatan raketani «sedvich» qattiq yuzligini tanlashlari bilan farqlanadi. Xitoy tennischilarini asosiy o’yin printsipi tezlik kuch bilan urishishidek va murakkab usullar bilan sharni xar xil yo’nalishda o’yinga kiritishi bilan farqlanadi, Xitoy madaniy revolyutsiya yillari dunyo birinchilik musobaqalariga ishtirok etishlariga imkon bo’lmadi. Xozirda tennis olomida yangi texnik va taktik usullarni mavjudligi yangi xujum xamda ximoya usullarini xilma xil usullari mavjudligi bilan yangi asr tennis o’yini o’tkazishdagidan farq qiladi.