2-Ma’ruza: Qatlamlarning neft beraolishligini oshirishning gidrodinamik va tebranma to'lqinli usullari. Ma’ruza rejasi


Neftberaolishlikni oshirishning gidrodinamik usullari



Download 23,53 Kb.
bet2/5
Sana22.01.2022
Hajmi23,53 Kb.
#399943
1   2   3   4   5
Neftberaolishlikni oshirishning gidrodinamik usullari

Gidrodinamik usullarning vazifasi - qatlamning kam o'tkazuvchanlik neftga to'yingan hajmida qamrab olish koeffitsientini oshirish. Bunga mavjud quduqlar to'rida yoki ularni ishga tushirish ketma-ketligida suyuqlikni haydash va olish rejimlarini muvofiqlashtirish orqali yerishiladi. Bu usullar suv haydash jarayonini muvofiqlashtirish, jadallashtirishga harakat qilib, uni tubdan o'zgartirishni talab qilmaydi. Neftberaolishlikning gidrodinamik usullari - mahsuldor qatlamlarga konlarning Yuqori samara bilan ishlash va neftni suv bilan siqish tarzida uni yer bag’ridan to'laroq olish maqsadida gidrodinamik ta'sir qilishning rivojlangan tehnologiyalarini o'zida mujassam qiladi. Amalga oshirish tehnologiyasi va mahsuldor qatlamlarga ta'sir qilish darajasiga ko'ra neftberaolishlikni oshirishning gidrodinamik usullari ikki guruhga bo'linadi.


Birinchi guruhga faqat quduqlar ishlash tartibini o'zgartirish orqali amalga oshiriladigan va kuchsiz sizdirilayotgan zahiralarni faol ishlashga jalb qilishga yo'naltirilgan gidrodinamik usullargina kiradi. Bu usullar «nostatsionar (muhim bo'lmagan) suv bostirish» nomini olgan bo'lib quyidgilarn o'z ichiga oladi:

haydovchi quduqlarda:

- haydash bosimini ko'tarish;

- davriy suv bostirish, shuningdek suv bostirishni impuls bilan pasaytirish (to'htatish);

- haydovchi quduqlari guruhlari bo'yicha sarfni qayta taqsimlash (sirqish oqimlarini yo'nalishini o'zgartirish);

- turli qatlamlarga bir quduq orqali suvni bir yo'la-ayrim haydash;- o'tkazuvchanligi past bo'lgan qatlamchalar va qatlamlarga tanlab suv haydash;

- ishlash tarzini o'zgartiruvchi va quduq potencialini tiklovchi quduq tubi atrofiga ishlov berish usullari (gidroimpuls, to'lqinli ta'sir);

- haydovchi quduqlarni ish tarzini o'zgartiruvchi boshqa usullar (qatlamni gidravlik yorish, oraliqlararo ishlov berish va b.); oluvchi quduqlarda:

- suyuqlik olishni butun ishlash obyekti bo'yicha alohida qatlam, blok hudud, qism yoki oluvchi quduqlar guruhi bo'yicha o'zgarishi;

- mazkur qism, hudud, blokning bir guruh yoki alohida quduqlaridan jadallashgan suyuqlik olish;

- bir guruh yoki alohida quduqlarni davriy vaqtinchalik to'htatish va qo'shish;

- ko'p qatlamli obyektlarni quduqlarini bir yo'la-ayrim ishlatish;

- suv oqimlarini yo'qotish maqsadida ko'p hajmli qatlam ichra ta'sirlar (to'sish, ajratish ishlari);

- quduq tubiga tizimli ishlov berish, qatlamni gidravlik yorish, quduqlar mahsuldorligini oraliqlararo oshirish ( otish, qayta otish va b.).

Ikkinchi guruhga zahiralari avval sizdirilmagan yoki kuchsiz sizdirilgan turli jinsli o'zgaruvchan qatlam (hudud, qism va qatlamchalar)ni ishlashga jalb qilishga yo'naltirilgan usullar kiradi. Bu usul (tadbir)lar qatlamlarga ta'sir qilish tehnologiyasi bo'yicha bir-biridan ancha farq qiladi, ishlashning tehnik-iqtisodiy ko'rsatgichlariga ta'sir qilish darajasi juda ham yuqori, shuning uchun ham ular loyihaviy hujatlarda, ishlash tahlili va avtorlik nazorati bo'yicha hujatlarda asoslanadi. Ularga quyidagilar kiradi:

-suv haydash frontini amaldagi bor quduqlarga ko'chirish;

- ishlashning bo'lmali tizimlarida mahsulot oluvchi quduqlarni haydovchiga o'tkazish yo'li orqali haydovchi quduqlarning qo’shimcha qatorini tashkil qilish;

- alohida oluvchi quduqlarda suv haydashning o’choqlarini tashkil qilish;

- linzalar, tutilgan hududlar, kam o'zgaruvchan qavatchalardagi neftning sizdirilmagan zahiralarini qo’shimcha oluvchi va haydovchi quduqlarini qazish, boshqa obyekt va qatlamlardan quduqlarni o'tkazish, obyektlarni kengaytirish, mustaqil ishlash hudud va maydonlarini tashkil qilish orqali ishlashga jalb qilish;

- gazneftkonlarining gaz osti hududlaridan neft zahiralarini qazib olish maqsadida suv haydash orqali ta'sir qilishning to'sma maydon bo'ylab va chegara ichra suv bostirishning boshqa turlarini tashkil qilish;

- murakkab tuzilgan va qiyin olinadigan neft zahiralari uchun suv haydashning boshqa yangi tehnologiyalari.


Download 23,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish