2-ma’ruza. O’simlik organizmi va muhit. Reja



Download 66,77 Kb.
bet1/2
Sana28.06.2022
Hajmi66,77 Kb.
#716905
  1   2
Bog'liq
Maruza-2


2-MA’RUZA. O’SIMLIK ORGANIZMI VA MUHIT.
REJA.

  1. Chidamlilik o’simliklarni yashash sharoitlariga moslanishi sifatida. Stress.

  2. Moslanishlar. Chidamlilik. Moslanish usullari.

  3. O’simlikka ekologik omillarning ta’sirini umumiy tavsiflari. O’simliklarning adaptatsion strategiyalari.



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Chidamlilik, Stress, stress-tolerantlik, biologik chidamlilik.

  1. Chidamlilik o’simliklarni yashash sharoitlariga moslanishi sifatida. Stress.

Dastlabki hayotning paydo bo’lishidan boshlab organizmlarning tashqi muhitning noqulay omillari ta’siriga moslashuvi va chidamliligi sodir bo’la boshlaydi. Chunki noqulay omillar organizlarning, jumladan o’simliklar tanasida kechayotgan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning jadalligiga ta’sir etadi. Ayniqsa: suv etishmaslik, haroratning minimumdan past yoki maksimumdan yuqori bo’lishi. Har xil tuzlarning to’planishi natijasida tuproq eritmasi konsentrasiyasining kuchli bo’lishi, patogen mikroorganizmlarning ko’payishi, zararli gazlar va radiasiyaning me’yoridan ortib ketishi kabilar o’simliklarning hayotiy jarayonlariga salbiy ta’sir etmay qolmaydi. Bunday omillarning ro’yyobga kelishi o’simliklar uchun noqulay sharoit hisoblanadi. O’simliklarning shunday noqulay omillar ta’siriga nisbatan javob reaksiyasi, ularning chidamliligini belgilaydi. Chidamlilik darajasi individual xususiyatga ega bo’lib, u o’simlik turiga, yashash sharoitidagi boshqa omillar ta’siriga bog’liq xolda ham o’zgaradi. Xatto bir o’simlikning har xil hujayralari, to’qimalari va organlari chidamlilik darajasi bilan bir biridan farq qilishi mumkin.
Tashqi muhit noqulay omillarining ta’siri qisqa va uzoq muddatli bo’lishi mumkin. Evolyusiya davomida bunday noqulay omillar ta’siriga o’simliklar moslasha boradi. O’simlik to’qimalarida o’ziga xos fiziologik – biokimyoviy o’zgarishlar ro’y beradi, natijada o’simlik shu sharoitga moslasha boradi va kelajak avlodlarning noqulay sharoitga bo’lgan chidamliligi orta boradi. Ya’ni o’zlarini ximoyalash qobiliyati paydo bo’lib, ular rivojlana boradi. O’simliklarning aniq bir yashash muhitiga moslashuvi adaptasiyalanish deyiladi. Bunday funksiyalarning mavjudligi barcha fiziologik jarayonlar kabi zaruriy hisoblanadi. Noqulay omillarning qisqa yoki uzoq muddatli ta’siriga moslashmagan o’simliklarning metabolitik jarayonlari kuchli zararlanadi va ular nobud bo’lishi mumkin.
Noqulay omillar ta’siridan organizmda paydo bo’ladigan nospesifik o’zgarishlar yig’indisi-stress bo’lib, bu o’zgarishlarni ruyobga keltiradigan kuchli ta’sir etuvchi omillar stressorlar deyiladi. O’simliklar tanasida stressni ruyobga keltiruvchi omillarni uchta asosiy guruxga ajratish mumkin:
1. Fizikaviy-suv yetishmasligi yoki ortiqligi, yorug’lik va haroratlarning o’zgarishi, radioaktiv nurlar va mexanik ta’sirlar.
2. Kimyoviy-har xil tuzlar, gazlar, gerbisidlar. Fungisidlar, sanoat chiqindilari va boshqalar.
3. Biologik-shikastlovchi hashorotlar, patogen mikroorganizmlar, parazitlar, boshqa o’simliklar bilan konkurensiya va boshqalar.
O’simliklarning stressorlar ta’siriga chidamliligi o’sish va rivojlanish bosqichlarida ham har xil bo’ladi.Tinim davrida ularning chidamliligi eng yuqori bo’ladi. Eng chidamsizlik-o’simliklarning yosh maysalarida kuzatiladi. Keyinchalik o’simliklarning o’sish va rivojlanish bilan bir qatorda ularning chidamlilik darajasi ham to pishib etilish bosqichigacha ortib boradi. Ammo o’simliklarning gullash fazasi ayniqsa gametalrning shakllanish muddati ham kritik sanaladi. Chunki bu muddatda o’simliklar stressorlar ta’siridan kuchli zararlanishi va hosildorlikni keskin kamatirishi mumkin. Stressorlar ta’siridan umumiy oqsillar ildizining kuchsizlanishi bilan bir qatorda maxsus stress – oqsillarining sintezlanishi qiziqarli sanaladi. Masalan: makkajo’xorida bunday oqsillar harorat 450S bo’lganda hosil bo’ladi va ular issiqlik shoki oqsillari deyiladi. Bu oqsillar hayotchanligi 20 soatgacha bo’lib, hujayralar chidamligini boshqaradi. Bunday oqsillar sitoplazmada ham bo’lib, stress sharoitda faollashadi. Ular yadro, yadrocha, membranalarda ximoya funksiyalarini bajaradi. Noqulay omillar ta’siridan hujayrada uglevodlar va ayniqsa prolin (aminokislota) miqdori ham ko’payadi va ximoya reaksiyalarida ishtirok etadi. O’simliklarga suv etmaganidan, hujayra sitoplazmasida (arpa, shpinat, g’o’za) prolin konsentrasiyasi 100 martaga ko’paygani aniqlangan. Prolin oqsillarni denaturasiyadan saqlaydi. Prolin to’planganda, osmotik faol organik modda bo’lganligi uchun, hujayrada suvni saqlashda ham ishtirok etadi. Umuman, o’simlik noqulay muhitda yashaganda, ularning tanasida etilen va ABK miqdori ko’payadi, modda almashinuvi jarayoni pasayadi, o’sish va rivojlanish sustlashadi, qarish jarayonlari tezlashadi. To’qimalarda auksin, sitokinin va giberellinlar miqdori kamayadi va o’sish sekinlashadi.

Download 66,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish