2-маъруза мавзуси



Download 97,5 Kb.
bet2/3
Sana11.02.2022
Hajmi97,5 Kb.
#443780
1   2   3
Bog'liq
antropologik inqiroz

Globallashuv jarayoniga turli munosabatlar.

Dunyoning ko‘zga ko‘ringan nazariyotchilari, ekspertlari va mutaxassislari globallashuvni iqtisodiyotda ketayotgan jarayon sifatida qarab kelmoqdalar. Jumladan, iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotining sovrindori, Kolumbiya universitetining professori (AQSh) Jozef Sgiglits, AQShning taniqli faylasufi va sotsiologi Frensisa Fukuyama, shu mamlakat prezidentining sobiq yordamchisi, taniqli sotsiolog Zbignev Bjezinskiy, iqtisodiyotni Bombey, Kembridj, Oksford universitetlarida, Massachuset texnologiya institutlarida va Kolumbiya universitetlarida o‘rgangan globallashuv jarayoni bo‘yicha ekspert, dunyoning yetakchi iqtisodchilaridan biri Jagdish Bxagvati va boshqa bir qator iqtisodchilar globallashuvni jahon iqtisodiyotida sodir bo‘layotgan jarayon sifatida qaraydilar4. Shuning bilan bir qatorda globallashuvni siyosat va davlatchilik bilan bog‘lab qaraydiganlar ham bor. Ular jumlasiga globallashuvni o‘rganuvchi Yel markazi eksperti (AQSh) Mark Sirvel, J. Kennedi nomidagi Garvard universitetining Siyosat maktabi institutining derektor o‘rinbosari Devid King, rossiyalik yetakchi Analitik “Siyosat” ... prezidenti Vyacheslav Nikolov va boshqalarni kirish mumkin.5
Ulardan ayrimlarining fikrlari qo‘yidagicha: Jozef Sgiglits “globallashuv insonlar hayotini yaxshilashning eng yaxshi potensialidir, shu jumladan, rivojlanayotgan mamakatlar aholisi yaxshilanmoqda. Uning ayrim yo‘nalishlari hozirning o‘zida, masalan, ilmning globalashuvi sog‘liqni saqlash, insonlarning umrini uzaytirishga olib keldi.”6
Jagdish Bxagvati “globallashuvni iqtisodiyotdagi ketayotgan globallashuv sifatida tushunadi va uning fikricha bu o‘ziga savdo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri invessitsiyalar transnatsional koorporatsialar faoliyati, mamlakatlar o‘rtasidagi moliyaviy oqim, xalqaro migratsiyalarni o‘z ichiga oladi”.7
Vyacheslav Nikolovning fikricha “globallashuv davlatning ichki va tashqi siyosati chegaralarini bartaraf etishiga yordam beradi, va xavfsizlik siyosatining mohiyatini o‘zgartiradi.”8
Keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, dunyoning yetakchi nazoratchilari va ekspertlari globallashuvning iqtisodiyotda ketayotgan jarayon sifatida qarab kelmoqdalar.
Haqiqatdan ham bugungi kunda globallashuv jarayonining yaqqol ko‘zga tashlanayotgan jihatlari iqtisodiyotda sodir bo‘lmoqda. Iqtisodiyot omili vositasida dunyo “maydon tamoqlaridan” yagona makonga aylanmoqda, uning iqtisodiyotda huzurini ham taraqqiy qilgan mamlakatlar ko‘rmoqda. Ammo, jahon miqyosida uning insoniy, ma’naviy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, asrlar davomida shakllanib kelgan, ammo qog‘ozlarda o‘z ifodasini topmagan axloqiy qadriyatlarning barbod bo‘lishiga o‘zkazayotgan ta’siri haqida bugun butun qirrayu zaminda yashayotgan insonlarni boxabar qilish vaqti yetib kelganligini anglash jarayoni orqada qolmoqda.
Zero, jamiyat va insonlar taraqqiyotining asosi bo‘lgan iqtisodiyotning globallashuv oxirgi manzilga yetib, yer yuzida yagona iqtisodiy makon batamom qaror topganidan keyin ma’naviyat, axloq va millatlar ham iqtisodiyotining hukmiga bo‘yin sunmaslik imkoniyati qolmoqda va yagona ma’naviyat, yagona axloq va yagona millatning shakllanish jarayonining oldini olib bo‘lmaydi. Hozircha, ketayotgan bu jarayonning mohiyatini kimlar tushunayotgan bo‘lsa, ikkinchi birovlar, tushunsalar-da undan manfaatdor bo‘lganligi bois sukut saqlamoqda, uchinchi birovlar esa iqtisodiyotning har doim beqaror bo‘lishi, uning kundalik hayot uchun doim tashvish keltirganligi sababli uning globallashuviga ta’sir o‘tkazayotgan omillardan manfaat ko‘rishi bilan o‘zlariga dalda berishga majbur bo‘lmoqdalar.

  1. Globallashuvning namoyon bo‘lish xususiyatlari.

“Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas.
Globallashuv jarayonining yana bir o‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog‘lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar”2.
Bugun insoniyat o‘zining aql-zakovati bilan yaratgan yangi sivilizatsiya sharoitida yashamoqda. Uning hayot ritimi mislsiz darajasida rivojlanmoqda, bugun u radio, televedeniye, uyali telefon va internet kabi vositalar bilan qurrai zaminning eng kichik nuqtalarida sodir bo‘lgan mittigina xabar zudlik bilan tarqalishi, yoki fan, texnika va texnologiya sohasida bir soat yoki bir daqiqada bo‘lishi mumkin.
Ayni paytda u ana shu vositalarning insonni ahloqsizlik botqog‘iga yetoklovchi hayosizsilik, shafqatsizlik, bag‘ritoshlik va zo‘ravonlikning ashaddiy ko‘rinishlari bilan “oshna” bo‘lishi mumkin. Ularning barchasi insoniyat taraqqiyotining so‘ngi 20 yili ichida ana shu darajada rivojlandi. Bugun dunyo miqyosida uyali telefon keng rivojlanishi jarayoninni olib ko‘radigan bo‘lsak, uning insonlarning hayot kechirish vositasi darajaga ko‘tarilganini ko‘rishimiz mumkin. U dunyo aholisining deyarli yarmidan ko‘prog‘ida mavjud. Shu jumladan, 28 milliondan iborat O’zbekiston aholisining 22 millioni uyali telefondan foydalanmoqda. Internet bugun nafaqat shaharda, shuningdek uzoq chekka qishloqlargacha kirib bordi. Ular yordamida har bir inson o‘ziga kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlarni dunyoning qayerida sodir bo‘lishidan qat’iy nazar, bir zumda topib olishi va foydalanishi mumkin. Ular nafaqat insoniyatning dunyoqarashi va uning ko‘pgina qadriyatlarini ham o‘zgartirib yubordi. Ularning bugun dunyo mamlakatlarida fan, texnika va texnologiya sohasida erishgan yutuqlarini butun dunyo bo‘yicha ommalashtirishda imkoniyatini bundan 20 yil ilgari shu sohadagi ommalashuv bilan solishtiriladigan bo‘lsa, tezligi va samarasi jihatdan o‘sha paytda ommaviylashuv avtomibil tezligi darajasida bo‘lgan deb tasavvur qiladigan bo‘lsa, bugun u samolyot tezligi darajasigacha yetib keldi, deb aytish mumkin.
Xulosa
“Ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashda ulug‘ ajdodlarimiz o‘z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash o‘rinli. Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va andisha, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg‘u va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi...
Yosh avlodimizni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug‘laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, eski zamonlardan qolib kelayotgan noma’qul odatlar haqida ham ochiq so‘z yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug‘chilik va mahalliychilik, korrupsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatimizni butunlay xalos etish to‘g‘risida o‘ylashimiz lozim. Men bu o‘ta muhim vazifa keng jamoatchiligimizning, ayniqsa, ziyolilarimiz, olim va adiblarimiz, san’at va madaniyat ahli, o‘zini ma’naviyat sohasiga bag‘ishlagan barcha insonlarning doimiy diqqat markazida bo‘lishini istardim...
Ma’naviy hayotimizga jiddiy xavf soladigan yana bir illat haqida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Shaxsan o‘zim bu illatdan jirkanaman. Shu illatga chalingan odamni ko‘rarga ko‘zim yo‘q. Bu - sotqinlikdir. Men har qanday yovuzlikni sotqinlikdan ko‘raman. Ezgulik va haqiqatga sadoqati bo‘lmagan, ularga ishonmagan odam qo‘rqinchlidir. Tabiatida sotqinlik xususiyati bo‘lgan odam rahbarlik kursisiga o‘tirib qolsa bormi, u yerda osoyishtalik yo‘qoldi, deyavering. Ikkita odamning, ikkita mamlakatning o‘rtasidagi urushni ham aynan shunday odamlar boshlab beradi. Shu bois bunday odamlardan ogoh bo‘lishimiz, ularga yonimizda o‘rin bo‘lmasligi lozim. Agar tevarak-atrofimizdagi birorta kishida shunday alomatlar sezilayotgan bo‘lsa, ularni darhol tarbiyamizga olib, to‘g‘ri yo‘lga boshlashimiz kerak.
Shu munosabat bilan tarixda ko‘p marta o‘z tasdig‘ini topgan, men ham o‘z tajribamda sinagan hayotiy bir haqiqatni yana bir bor takrorlashni zarur deb hisoblayman: agar biz ahil bo‘lsak, el-yurt manfaati yo‘lida bir tanu bir jon bo‘lib yashasak, o‘zimizdan sotqin chiqmasa, o‘zbek xalqini hech kim hech qachon yenga olmaydi3.
Bundan tashqari, globallashuvning salbiy ta’siridan himoyalanishda mafkuraviy profilaktikaning o‘rni alohida ahamiyatga ega.

Download 97,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish