Sibiziq (sibizg’a) – oddiy qamishdan yasalib, puflanadigan tomonidan tilcha kesiladi. Naychaning yuz tomonida barmoq bilan bosiladigan uchta teshik ochiladi. Diapazoni seksta intervalidan oshmaydi.
Karnay – misdan yasalgan puflab chalinadigan cholg’u asbobi. Og’zi konus shaklida, bo’yi 2–3 metr atrofida bo’ladi. Ijrochilik imkoniyatlarining chegaralanganligi sababli, uning vazifasi ritmik asosni ta’kidlashdan iborat. Ovozi yo’g’on va kuchli bo’lganligi uchun ochiq havoda ansamblь (asosan surnay – nog’ora) tarkibida qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |