qilinganda uni ob‘ektiv va sub‘ektiv (xolissalo mustaqil ravishda kasalning yaqinla-rini va
kasalning shaxsiy o‗zi aytgan ma‘lumotlari katta ahamiyatga ega). Shunday qilib kasal ustida
olgan ma‘lumotlarni ―Materiya medika‖da kel-tirilgan dorilar patogenezi bilan solishtirgan holda
kasalga gomeopatik dori tanlash mumkin. SHu bilan bir qatorda kasalning miazmasi ham
hisobga olinishi kerak, ya‘ni bu yunon so‗zi bo‗lib mhia-pashsha degani.
Mhia-pashsha tuxumlari chaqiradigan kasalliklar miazma-tashqi muhitdan odam
organizmiga tushgan yuqumli kasallik tarqatuvchi mikroblardir (marazlar). Demak, gomeopatik
davolash usulini qo‗llashda odam konstitutsiyasini hisobga olgan holda kasallarni qaysi dorilar
patogeneziga to‗g‗ri kelishiga qarab turib,ularni uch toifaga bo‗lish mumkin: kalkarea fosforika,
kalkarea karbonika, kalkarea flyuorika. Shu uchta guruhlarga mansub odamlar o‗ziga xos
yuqorida aytganimizdek morfologik va psixologik tomondan xususiyatlarga ega va farq qiladi,
ya‘ni kasalni toifasiga qarab birinchi konstitutsional dorisi belgilanadi.
Ma‘lumki, kasallangan bo‗lim sog‗lom qismlarga nisbatan har bir narsaga juda sezgirdir,
ayniqsa, dorilarga nisbatan. Xuddi shunday kasal ko‗z yorug‗-likka, kasallangan quloq-kattik
tovushga, yara-chaqa esa ustiga tegadigan narsa-larga va shunga o‗xshashlar. Gomeopatiyada
shaxsiy sezgirlikka juda katta ahamiyat beriladi. Har bir odamda nimagadir, qandaydir bir
narsaga nisbatan shaxsiy sezgirlik mav-juddir. Buni "idiosinkraziya" deb ataladi. SHularni va
gomeopatiyaning "o‗x-shashlik" qonunini hisobga olganda o‗z-o‗zidan yoki kasalga
buyuriladigan dori-ning qandaydir bir qismigina davolashga taaluqli va etarlidir.
Gomeopatiya bo‗yicha davolashda o‗ziga xos xususiyatlardan biri buyu-riladigan dorilar
dozasidir. Bu dozalar allopatiya dozalaridan ancha-muncha, balki tubdan farq qiladi. Biz ilgari
eslatib o‗tganimizdek, ma‘lum bir kasal uchun tanlangan dorining eng shifobaxsh miqdori
aniqlanib olinishi shart, bu miqdor optimal ta‘sir etuvchi doza (me‘yor) deb ataladi. Optimal
doza, ilmiy asos va klinik kuzatishlar yordamida aniqlanishi kerak. Ma‘lumki gomeopatiyada
kichik, o‗rta va yuqori suyultirishlar o‗z o‗rnini topgan. Ko‗rsatilgan suyultirishda qaysi dorini
qanchadan berishlik juda katta mahorat talab qiladi.
Gomeopat shifokorlar ko‗pincha 1, 3, 6, 12, 18, 24, 30, 100, 200, 1000 hatto 50000
suyultirish darajalardan (shkala) foydalanishadi.Fransiyalik gomeopat shifokor J. Sharretning
yozishicha 1dan 6 gacha bo‗lgan suyultirishlar kichik, 6-12 gacha o‗rtacha, 18 dan 100gacha
yuqori va 100 dan ortiqlari juda yuqori suyultirishlarga kiradi. Uning fikriga ko‗ra kasal-likning
zo‗rikkan chog‗ida dorining birlamchi yoki kichik suyultirishdagisini, surunkali holatida-
o‗rtacha yoki juda yuqori suyultirishdagisini berish yaxshi natija beradi. Asab kasalligida yuqori
yoki juda yuqori suyultirishlari natijali deb topilgan. Dorilarni iste‘mol qilish muxlati va vaqti
ham turlichadir.
Misol:
bemorning kasalini zo‗riqqan davrida dori tez-tez (har soatda), surunkali kasalda bir
kunda 1-2 marta beriladi. Gomeopatik davolash usulida dorini to‗g‗ri ravishda tanlash, uni
dozasini,qanchadan va necha marotaba qabul qilinishini topish eng muhim muammo bo‗lib
kelmoqda. Ko‗p tajribalar natijasida yangi R. Fol usuli, Z. Gabovich diagnostikasi va boshqalari
amaliy ravishda qo‗llanilyapti. Tibbiyot markazi "S Velen" qoshidagi Rossiya-AQSH
korxonasida ishlab chiqarilgan, "PELAD" nomli elektropunktura diagnostik pribori bor. Har bir
dorivor o‗simliklardan olingan gomeopat vositalarning spektral-to‗lqinli xususiyatlari mikro-
kompyuter xotirasiga kiritilib, shu kunda 2047 preparat to‗g‗risida ma‘lumot bor.
Do'stlaringiz bilan baham: