I 0I1I2I3 I4
D E I •
a b
10- rasm. 12 V kuchlanishda ishlovchi lampalar, akkumulyator va
ulardan tuzilgan tarmoqlangan elektr zanjiri.
10 - rasmda berilgan zanjirda har bir lampa (R1 , R2 , R3 , R4 qarshiliklar) bir xil 12 V kuchlanish ostida buladi. Ushbu zanjir orqali elektr zanjirining asosiy tushunchalari bilan tanishamiz.
Tugun. Elektr zanjirida uch va undan ortiq elementlarni birlashtiruvchi nuqta tugun deb ataladi, 10-rasmda A, B, C, D, E, I tugunlar kо‘rsatilgan. Tugunlar zanjirda albatta katta nuqta sifatida ajratilishi shart, aks holda bunday nuqta simlarni kesishmasi (ulanmagan) deb qaraladi. 10- a rasmda keltirilgan sxemada A, V, S tugunlar bitta tugun , D, E, I tugunlar bitta tugun hisoblanadi. Odatda sxemada simmetrik kо‘rinishni ta’minlash va chizishga qulay bо‘lishi uchun shunday tasvirlanadi. Aslida ular bitta tugun hisoblanadi, 10 b rasmga qarang. Shunday qilib ushbu sxemada ikkita tugun mavjud. Tugunlar uchun Kirxgofning birinchi qonuni о‘rinlidir. YA’ni tugunga kelayotgan toklar tugundan chiqayotgan toklarga teng
Do'stlaringiz bilan baham: |