2- rasm. О‘zgarmas elektr tokining kimyoviy manbalari-akkumulyatorlarni
ishlab chiqarish bugungi kunda keng yо‘lga qо‘yilgan.
Kam quvvatli elektr qurilmalarini tok bilan ta’minlashda eng keng tarqalgan tok manbalaridan biri “barmoq” turidagi akkumulyator va batareyalardir. Bularning ham ma’lum elektr sig‘imi mavjud bо‘lib ishchi kuchlanishi asoosan 1,5 V bо‘ladi. Xalqaro standartlarda uch xil о‘lchamli bunday elementlar ishlab chiqariladi va ular A, AA, AAA turlar deb nomlangan. 3-rasmda AA turdagi element keltirilgan. Bu elementlarda kimyoviy aktiv elementlar quruq kukun sifatida qо‘llanilgan bо‘ladi. A turdagi element AA elementdan kattaroq, AAA esa kichikroq bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |