2.1. Jadval
Turli ishlab chiqarishlar uchun bir yilda
tayyorlanuvchi bir hil nomdagi va tip o’lchamdagi detallar soni
Ishlab chiqarish
turi
Og’ir mashina
sozlikning yirik
mahsulotiari
O’rtacha
o’lchamdagi
mahsulotlar
Mayda
mahsulotlar
Yakka
Mayda seriyali
O’rta seriyali
Yirik seriyali
Ommaviy (yalpi)
< 5
- 100
- 300
-1000
1000
< 10
10 - 200
200 - 500
500- 5000
5000
< 100
100- 500
500 - 5000
5000 - 50000
50000
2. Ishlab chiqarish turlarining texnologik tavsifi. Ishlab chiqarish turini
aniqlash
Seriyalab ishlab chiqarishning asosiy tavsiflaridan biri, bu, har bitta ishchi
joyga zagotovkalar partiyalab keltirilishi va shu partiya zagotovkalarga sozlangan
dastgohlarda ishlov berilishi hisoblanadi. Ishni tashkil qilish usuli patokli ham
patoksiz bo’lishi mumkin. Mayda seriyalab ishlab chiqarishda ko’pincha yakka
ishlab chiqarishdagi kabi patoksiz ish tashkil qilish usuli qo’llaniladi.
Seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishlarda esa doimiy ravishda potokli
ish tashkil etiladi. Seriyalab ishlab chiqarishda asosan dastgohlar sehlarda
zagotovkalarga ishlov berish texnologik marshruti bo’yicha joylashtiriladi.
Universal dastgohlar bilan bir qatorda, maxsus-agregat dastgohlari, sonli-dasturli
boshqariluvchi dastgohlar, yarimavtomatlar va avtomatlar, ishlov beruvchi
markazlar, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari, moslashuvchan avtomatik
ishlab chiqarish va boshqalar qo’llaniladi. Universal moslamalar bilan bir qatorda
maxsus yig’ib-buzuluvchan va qayta boshqa tur detal uchun yig’iluvchan
moslamalar qo’llaniladi.
Standart va maxsus keskich asboblar ishlatiladi. Zagotovkalar ko’pincha
mahsus quyma, sovuq va issiq shtamplangan, bosim ostida quyilgan, maxsus
qoliplarga mashinalarda quyilgan, qobiq qoliplarga quyilgan va boshqa usullarda
tayyorlangan bo’lishi mumkin. Ishchilarning malakasi yakka ishlab chiqarishga
qaraganda pastroq bo’ladi. Кo’pincha malakali sozlovchi ishchilar ishlaydi va
dastgohlarni asosiy ishchilarga sozlab beradi.
Yirik seriyalab ishlab chiqarish mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo’yicha
ommaviy ishlab chiqarishga yaqin bo’lib, potokli ish tashkil qilinadi, dastgohlar
texnologik marshrut-rejasi bo’yicha joylashtiriladi. Bu erda ham ishchilar malakasi
past bo’lib, ko’pchilik ishchi joylarda uzoq muddatda qaytariluvchi bitta, ikkita
detallarni tayyorlash amalsini bajarish biriktirilgan bo’ladi. Amallar bog’lanish
koeffisienti 2 - 10 oralig’ida bo’ladi.
Mahsulotlarni katta hajmda chiqarishni tavsiflovchi, uzoq muddatda
uzluksiz tayyorlanishini yoki taьmirlanishini ta’minlovchi ishlab chiqarishga
ommaviy (ko’plab) ishlab chiqarish deb aytiladi. Ommaviy ishlab chiqarishning
asosiy tavsiflaridan biri, bu bitta ishchiga bitta amalni bajarishni uzoq muddatga
bog’lab qo’yilganligidadir.
Ommaviy ishlab chiqarishda amallar bog’lanish koeffisienti К
bk
= 1 ga yaqin
bo’ladi. Ommaviy ishlab chiqarish undan tashqari quyidagi o’ziga xos
xususiyatlarga ega: asbob-uskunalarning joylashishi, amallar bajarilishining ketma-
ketligiga qarab joylashtiriladi; yuqori unumdorlikga ega bo’lgan asbob-uskunalar,
maxsus dastgohlar, keskich asboblar va moslamalar qo’llaniladi; zagotovkalarni
potokli liniyalar bo’ylab o’tkazish uchun transport vositalaridan va konveyerlardan
keng foydalaniladi; texnik nazorat qilishni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish
va boshqalar. Detallarning talab etilgan o’lcham aniqligi avtomatik ravishda
sozlangan dastgohlarda olinadi.
Ommaviy ishlab chiqarishda zagotovkalarni shakllari ishchi chizmada
berilgan detal shakli va o’lchamlariga juda ham yaqin qilib, yuqori unumdorlikka
ega bo’lgan zagotovkalar olish usullaridan foydalaniladi.
Zagotovkalar ishlanuvchi yuzalariga talabga mos ravishda mexanik ishlov
berish uchun qo’shimlar qoldiriladi, ishlov berilmaydigan yuzalari esa ko’pincha
zagotovka olish usullaridan kelib chiqqanligicha qoldiriladi. Ishchilarning malakasi
seriyali ishlab chiqarishga qaraganda ham past bo’ladi, chunki u, oylab-yillab
takrorlanuvchi bitta amalni bajaradi, biroq ommaviy ishlab chiqarishda ko’pincha
yuqori malakali sozlovchi-ishchilar, texnik-injener operatorlar ishlaydilar.
Ommaviq ishlab chiqarishlarda tehnologik xujjatlar mukammal ishlab
chiqiladi, tehnik meyorlar esa batafsil hisoblanib aloxida sinab ko’rilgandan
keyingina amaliyotga tatbiq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |