ESTETIK TARBIYA
DIDAKTIK TALABLAR.
Tabiatshunoslik darslarini o’tkazishning aniqligi vaqtdan oqilona foydalanish, dars mavzusi, maqsadi va vazifalarini to’g’ri qo’yish bilan ta‘minlanadi.
Dars vazifalarini belgilagach, o’qituvchi uning muvofiqroq strukturasini tanlashga kirishadi, ya‘ni so’rash, tushuntirish, mustahkamlash, yangi va ilgari o’zlashtirilganlarni nazorat qilish, bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirishlarni qanday izchillikda o’tkazish kerakligini, so’rashning qaysi turidan - yakka (individual) so’rash yoki umumiy so’rashdan foydalanishni o’ylab chiqadi.
Darsni muvaffaqiyatli o’tishi uchun o’qituvchi rejadan tashqari uning mazmunini ifodalovchi konspektini tuzishi kerak. Unda darsda beriladigan savollar ro’yxati berilgan bo’ladi, qiziqarli - idrokiy materialdan foydalanib, hosil qilinadigan aniq vaziyatlar ko’rsatiladi. Konspektda darsda foydalaniladigan qo’shimcha manbalar (she‘rlar, maqollar, matallar, topishmoqlar, yozuvchilarning asarlaridan parchalar) ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Endi ish boshlagan o’qituvchi darsda so’raydigan o’quvchining familiyasini ko’rsatishi va so’rash turini (barcha mavzu bo’yicha, yangi yoki o’tilgan material bo’yicha) va bajariladigan ishni (dars jarayonida ishtirok qilinishi, kuzatishlar, kundalikdagi ishlar, tabiatshunoslik daftarlaridagi ishlar, kontur yoki tabiiy xarita bilan ishlar va shu kabilarni) mo’ljallashi kerak.
Psixologik talablar. Tabiatshunoslik darsining reja va konspektini tuza turib, o’qituvchi har bir o’quvchining psixologik xususiyatlarini:
- uning tafakkur tipini;
- xotira turini;
- tanib olish, eslash, yod olish, fikrlarni tiklash o’quvlarini;
- diqqatning mavjudligini (o’rganilayotgan narsaga fikrlarini to’plash qobiliyatini), xayolini (ijodiy qobiliyatini), irodasini (o’z oldiga uzoq va yaqin maqsadlar qo’ya olishi va ularga erisha bilishini), milliy faolligini hisobga olishi kerak.
Gigiyenik talablar. Sinfda tegishli harorat tartibiga, yoritish normasiga va boshqa gigiyenik talablarga rioya qilish bolalar salomatligining garovidir. Shuning uchun ham o’qituvchi ularga rioya qilinishini kuzatib borishi, bolalarning na jismoniy, na aqliy jihatdan charchab qolmasliklariga erishishi kerak. Aqliy jihatdan charchashni oldini olish uchun o’quv ishidagi bir xillikdan, bayonni bir ohangda bo’lishidan extiyot bo’lish, nazariy materialni har xil sezgi organlarini ishga jalb qilish imkonini beruvchi amaliy topshiriqlar bilan almashtirib borishi kerak. Fikrlash faoliyatining kuchlanishini talab qiluvchi topshiriqlar ko’rgazmali qurol, tarqatma materiallarni ishlatish bilan, darslik bo’yicha murakkab bo’lmagan topshiriq va mashqlarni bajarish bilan almashinishi kerak.
Maktab ta’limidagi tabiiy fanlar o’quvchilarga dunyoning hozirgi ilmiy manzarasi niochib beradi. Shu bois tabiat haqidagi fanlar o’quvchi dunyoqarashining tabiiy-ilmiy asosini tashkil etadi. Fanlar aro aloqadorlik o’quvchilarning umumlashgani lmiy tushunchalarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bilimlar integratsiyasi ta’limga o’zgacha yondashishni taqozo qiladi. CHunonchi, o’quv materialini umumlashgan tizimda bayon qilish, ta’lim-tarbiya jarayonida muammoli, modulli, shaxsga yo’nalgan texnologiyalardan foydalanish zarurligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |