Qulu’nayni sovutkichda 0C haroratda va nisbiy namlik 90–95% bo‘lganda 3–5 kun, boshqariladigan gaz muhitida 10–15 kun saqlash mumkin. Gaz muhitining tarkibi SO2–5–8%, 02– 3%, N2–89–92% bo‘lishi talab qilinadi.
Sitrus mevalar 20 kilogrammli yashiklarga shaxmat yoki diagonal usulda teriladi. Har bir meva yu’qa qog‘ozga o‘raladi. O‘rov qog‘oziga 1 mg difenil eritmasi shimdirilsa, meva yaxshi saqlanadi.
Sitrus mevalar 0C atrofidagi haroratda saqlanadi. Limon 2–3C haroratda, 85–90% nisbiy namlikda, mandarin va a’elsin esa 1–2C haroratda to‘rt–olti oy saqlanishi mumkin.Limonlarni boshqarilib turiladigan gaz muhitida 10C haroratda olti oygacha saqlash mumkin. Gaz muhitining tarkibi 02–10%, N2–90% bo‘lishi lozim.
Sitrus mevalarning pishib etilishini tezlashtirish uchun etilendan foydalaniladi. Bunda 1 l
havoga 10 mg etilen gazi aralashtiriladi.
1 rasm. Zamonaviy meva omboridagi texnologik tizimlar
Uzumni saqlashning zamonaviy texnologiyalari. Uzum uzilgandan so‘ng uni omborga joylashga alohida e’tibor berish lozim. Saqlashga qo‘yiladigan uzumni uzilgandan so‘ng tezda sovuq joyga joylashtirish lozim. Bunday sharoitda 24 soatgacha quyosh tushmaydigan salqin joyda turishi kerak.
G‘.Isroilov ma’lumotiga ko‘ra, agar uzum 20–25C issiq joyda bir kun tursa saqlanish muddati 15–20 kunga qisqaradi. Uzumning harorati 9–10C ga pasaytirilsa nafas olish intensivligi ikki marta pasayadi. Shu sababli, uzumning sifatli saqlanishini ta’minlash uchun, iloji boricha tezroq omborga joylashtirish lozim. Uzumni doimiy saqlanadigan joyga joylashtirishdan ilgari dastlabki sovitish bo‘lmasida 5–8C haroratda 8–10 soat saqlanadi. Aks holda uzum bevosita saqlash bo‘lmasiga joylashtirilsa, bo‘lma havosining harorati ko‘tarilib ketadi, natijada bo‘lmada saqlanadigan boshqa mahsulotlarning terlab buzilishiga olib keladi.
Uzumnnng issiqlik sig‘imi yuqori bo‘lganligi sababli, sovutgichda ancha uzoq vaqt soviydi. Ko‘pincha uzum 5–8 sutka mobaynida soviydi va uning harorati 1 va 0C ga tushadi. Ko‘pincha mahsulotni sovitishni jadallashtirish maqsadida bo‘lmalarga sovuq havo yuboriladi, bu esa sovitish muddatini 2–3 marta qisqartiradi.
1-jadval
Uzumni saqlash usulining uning sifatiga ta’siri
Uzumning navi
|
Saqlash
muddati, tun
|
Og‘irligining
kamayishi, %
|
Buzilganlari,
%
|
Umumiy
yo‘qotish, %
|
Yer to‘lada saqlaganda
|
Ararati
|
100
|
29,34
|
0,68
|
30,02
|
Mexali
|
108
|
28,04
|
1,97
|
30,01
|
Sovutgichda saqlaganda
|
Ararati
|
200
|
4 12
|
0
|
4,12
|
Mexali
|
200
|
5 02
|
0,82
|
5,84
|
Dastlabki sovitish bo‘lmasi bo‘lmagan omborlarda avval bo‘lmaning 30–40% uzum joylashtiriladi, 3–4 kundan keyin yana ma’lum qismi uzum bilan to‘ldiriladi.
Odatda, uzumning O‘rta Osiyoda yetishtiriladigan xo‘raki navlari 3–5C haroratga chidaydi. Shu sababli saqlash uchun normal harorat -1–0C hisoblanadi. Uzum saqlash jarayonida ana shu harorat doimiy bo‘lishi lozim.
Havoning nisbiy namligi 85–90% atrofida bo‘ladi. Agar 80% dan kam bo‘lsa, uzumning bandi so‘liy boshlaydi.
Havoning harorati -2C past bo‘lmasligi lozim. Aks holda mevalar muzlab qolishi va moddalar almashinuvi jarayoni buzilishi mumkin. Uzum muzlaganda o‘z xossasini qayta tiklamaydi.
Sovutish batareyalariga yaqin joydagi uzum muzlab qolmasligi uchun batareyalar polietilen plyonka yoki qo‘ mato bilan to‘sib qo‘yiladi. Saqlanuvchanligi yuqori bo‘lgan uzumlarni sovutgichlarning ichkari qismiga joylashtirish lozim.
Saqlanadigan uzumning holatini muntazam tekshirib borish uchun ularning eni to‘rt qator yashik enidan oshmasligi lozim. Har qator orasida yo‘lakcha qo‘yilishi lozim. Yashiklarning qavati 10–12 qilib, sovutish va yoritish asboblaridan 50–60 sm, devordan esa 30–40 sm nariga taxlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |