MICROSOFT WORDDA JADVALLAR USTIDA ISHLASH
IMKONIYATLARI.
Microsoft Wordda jadval yaratish usullari bir qancha:
1.
Jadvalni asboblar paneli orqali chizish(«Нарисовать таблицу»);
2.
Qator va ustun elementlarini ko‘rsatgan holda jadval
qo‘yish(«Вставить таблицу»);
3.
Matnli axborotni jadvalga o‘tkazish(«Преобразовать текст в
таблицу»).
Buning uchun menyuning Таблица bo‘limini ishga tushirish kifoya. Таблица
bo‘limi quyidagi buyruqlardan iborat:
Нарисовать таблицу buyrug‘ini tanlasak quyidagi asboblar paneli ekranga
chiqadi:
Bu buyruqlar orqali qalam bilan chizish, o‘chirish, chiziqlar qalinligini va
turlarini ozgartirish, chegaralar rangini, fonin o‘zgartirish, kataklar bilan bo‘ladigan
har hil buyruqlar, jadval ichidagi axborot bilan ishlash imkoniyati mavjuddir.
Экспресс таблицы
MICROSOFT WORD PROGRAMMASI YORDAMIDA ELEKTRON
HUJJAT YARATISH.
Elektron hujjat yaratishimizdan oldin gipermurojaat, gipermatn, zakladka nima
ekanligini aniqlab olaylik.
WWW
(Web) tizimida ma‘lumotlar
gipermatnli
hujjatlar shaklida olinadi.
Gipermatn boshqa matnli hujjatlarga yo‘l ko‘rsatuvchi matndir. Bu esa boshqa
matnlarga tezda o‘tish imkonini beradi (bu matnlar qaysi mamlakatning serverida
turishidan qat‘iy nazar) Bu o‘rinda aytib o‘tish joizdirki, matnlar o‘rnida rangli
harakatdagi tasvirlarni, turli videokliplarni, grafik, audiolarga ham murojaat tashkil
qilsa bo‘lar ekan. Matndan tashqari boshqa shakldagi ma‘lumotlarni ham beruvchi
hujjatlar
gipermedia hujjatlari
deyiladi.
Matnlarda
kalit so’zlar
deb ataluvchi so‘zlar orqali dunyoning ixtiyoriy
burchagida INTERNET doirasida joylashgan ma‘lumotlarga yoki kompyuterdagi
mavjud fayllarga, yoki fayl ichidagi o‘zaro murojaat qilish va u orqali ma‘lumotlarni
topish
gipermurojaat
deb ataladi.
Ajratilgan so‘zlar va frazalar – gipermatn aloqalari, qisqacha giperaloqalar deb
yuritiladi. Bu giperaloqalar orqali boshqa hujjatlarga murojaat qilib, unda yangi
giperaloqalarni yaratish mumkin.
Zakladka
(―taxlash‖, ―joylashtirish‖ ma‘nosini anglatadi) –
matnning, jadvalning,
rasmning qandaydir qismiga nomlangan ko‘rsatkich yoki hujjat ichidagi o‘rni.
Demak, gipermurojaatlarni asosiy vazifasi sizga kerakli bo‘lgan axborotlarni tez
topishdir.
Gipermurojaatni ishga tushirish quyidagicha:
Menyuning Вставка → Гиперссылка buyrug‘i
Gipermurojaat orqali axborotimizni fayl,veb-sahifa bilan, hujjat ichidagi
belgilangan joy bilan, yangi hujjat bilan, elektron quti bilan bog‘lashimiz mumkin.
Yuqoridagi bog‘lanishlardan murakkabrog‘i hujjat ichidagi belgilangan joy
bilan bog‘lanishdir. Bunda bog‘lanish yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga bo‘ladi.
Bog‘lanishlar strukturasini quyidagi oynada ko‘rib turibsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |