Keys-texnologiyasi va informatika darslarida insidentlar uslubini qo‗llash
Oxirgi yillarda keyslar o‗qitish amaliyotida yetarlicha keng tarqalmoqda. Lekin, afsuski
ushbu uslubning samaradorligi juda yuqori bo‗lmay qolmoqda. Albatta, hamma narsa ham
o‗zining sababiga ega bo‗lganidek, keyslarni o‗quv jarayonida foydalanishda yetarlicha tajriba
yo‗qligidir. Ikkinchi sababi keysning o‗zidadir. Bu ham bo‗lsa ko‗pchilik tuzilayotgan
keyslarning mazmunan sayozligshidir. Butun dunyoda keyslarni yozish o‗quv-uslubiy ijodning
alohida janriga aylanmoqda. Buni ustiga respublikada fanlarda foydalanish uchun mo‗ljallangaan
keyslarni yetishmasligidir. Uchinchi sabab-darsda o‗quv vaqtining yetishmasligidir.
Keys uslubning muhim tabiati – nazariyadan foydalanishni bilish, haqiqiy dalilliy
materiallarga murojaat, vaziyatli tahlildir. Lekin uning asosiy vazifasi – o‗kuvchilarga turli
muammolarni ishlab chiqish va ularning yechimini aniqlash qobiliyatlarini rivojlantirishdir.
Boshqacha so‗z bilan aaytganda, ularga axborot bilan ishlashni o‗rganishdir
Do'stlaringiz bilan baham: |