2-ma’ruza. Ideal gaz qonunlari
Tayanch tushuncha va iboralar: Issiqlik, temperatura, bosim, ichki energiya, ish, intensivlik faktorlari, termometrik shkala, absolyut harorat, termometrlar, termik koeffitsientlar, kinetik nazariya, issiqlik sig’imi
Тabiatdagi deyarli hamma moddalar gaz, suyuqlik, qattiq va plazma holatida bo’ladi. Bu holatlar moddaning agregat holati deyiladi. Agregat holat ikki omil - molekulalararo ta’sir kuchlari va molekulalar issiqlik harakatining kinetik energiyasi bilan xarakterlanadi.
Plazma holatidagi modda musbat zaryadli yadrolar yoki ionlardan va elektronlardan tashkil topadi. Plazmadagi zarrachalar katta tezlikda harakat qiladi. Gaz holatidagi modda kengayib, katta hajmni egallash qobiliyatiga ega bo’ladi. Gaz molekulalari bir-biridan uzoq masofada joylashgan. Shuning uchun ular orasida o’zaro ta’sir kuchi kam bo’ladi. Bosim o’zgarishi bilan gazning hajmi o’zgaradi.
Suyuq holatdagi modda ayni idish shaklini egalab, o’z hajmini saqlab qoladi. molekulalararo o’zaro tortishish kuchi suyuqliklarda gazlardagiga nisbatan ancha katta qiymatga ega.
Qattiq modda o’zining shakliga va hajmiga ega. Faqat ba’zi moddalargina uch agregat holatda uchrashi mumkin. Ayrim moddalar faqat bir yoki ikki agregat holatda bo’ladi. Masalan, CaCO3 ni na suyuq holatda, na gaz holatda olib bo’lmaydi, chunki u qizdirilganda uchmaydigan CaO va CO2 ni hosil qiladi. Boshqa moddalar birdaniga ikki yoki uch agregat holatda uchrashi mumkin. Masalan, suv 6,14·102 Pa bosimda va 0,00750C haroratda qattiq (muz), suyuqlik (suv) va gazsimon modda (bug’) holatlarida uchraydi va ular o’zaro muvozanatda bo’ladi.1
Moddaning suyuq holatdan gaz holatiga o’tishi bug’lanish, qattiq holatdan gaz holatiga o’tishi-sublimatlanish va qattiq holatdan suyuq holatga o’tishi suyuqlanish-erish deyiladi. Тeskari jarayonlar esa kondensatlanish, sublimatlanish va qotish deyiladi.
Moddalarning agregat holatlari o’zgarganda ularning xossalari ham o’zgaradi. Shuning uchun moddaning qaysi sharoitda qanday agregat holatda bo’linishini bilish ahamiyatga loyiqdir.
Zarrachalarning eng tartibsiz harakati plazma holatdagi moddalarda bo’ladi. Plazma yuqori (bir necha million gradus Selsiy) temperaturalarda kuchli elektr razryad yoki elektromagnit nurlanish ta’sirida hosil bo’ladi. Bunda moddaning atom va molekulalari parchalanib, juda yuqori tezlik bilan harakatlanuvchi musbat zaryadlangan yadro va erkin elektronlardan iborat aralashma hosil bo’ladi. Shuning uchun plazma ko’pincha elektron-yadroli gaz deb ham ataladi. Plazmaning o’ziga xos xususiyati shuki, u umuman elektroneytraldir. Plazmani ko’pincha zaryadlarning ichki taqsimlanishi jihatidan bir jinsli neytral sistema deb bo’lmaydi. Shuning uchun unda zaryadlarning tebranma harakati plazmada elektromagnit tebranishlar manbaini hosil qiladi. Plazmaning yana bir xususiyati shundaki, u yuqori elektr o’tkazuvchanlikga ega. Тemperatura qancha yuqori bo’lsa, uning elektr o’tkazuvchanligi ham shuncha yuqori bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |