Qolaversa, O’zbekiston Jahon bankining “Doing business” 2018 (DB-2018) reytingida belgilangan ayrim mezonlar bo’yicha oldingi pozitsiyalarni egallashda qiyinchiliklar sezmoqda. Masalan, quyidagi jadvalda berilganidek, xalqaro savdo mezoni bo’yicha mamlakatimiz reytingi DB-2018 hisobotida 168-o’ringa tushib qoldi. Vaholanki, DB-2017 hisobotida ushbu ko’rsatkich 30 pog’onaga yuqorida bo’lgan edi. DB-2018 hisobotida keltirilganidek, O’zbekiston xalqaro reytingda qurilishga ruxsatnomalar olishda – 135-o’rin, to’lov qobiliyatsizligini hal qilishda – 87-o’rinni egallab turibdi. Shuningdek, DB-2018 hisobotida o’tgan yil reytingiga nisbatan kreditlarni olishda – 11 pog’onaga, soliq to’lovlarini amalga oshirishda – 1 pog’onaga yo’qotish mavjud (jadvalga qarang).
Jadval.
Jahon banki “Doing Business” guruhining xalqaro reytingida O’zbekiston egallagan o’rni (pozitsiyasi)dagi o’zgarishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |