2-ma`ruza: Harakatlar strategiyasi – O’zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichining asoslari. Reja



Download 103,5 Kb.
bet1/5
Sana18.02.2022
Hajmi103,5 Kb.
#454048
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-maruza


2-ma`ruza: Harakatlar strategiyasi – O’zbekiston milliy taraqqiyoti yangi bosqichining asoslari.
Reja:
2.1.Mustaqil O’zbekiston Milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi
2.2.Taraqqiyotning innovatsion modeli.
2.3.O’zbekiston ijtimoiy iqtisodiy siyosiy rivojlanishining ilmiy metodologik asoslari va ustuvor yo’nalishari.
2.4.O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning “Harakatlar strategiyasi” - milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi.


Tayanch so’zlar: “Rivojlanish”, “Strategiya” , “Konseptsiya” Innovatsion rivojlanish inson manfaatlarig’oya, nazariya, kontseptsiya, fuqarolik jamiyati,
Bugungi globallashuv davrida jahon miqyosida chuqur moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotgan, raqobat tobora kuchayib borayotgan keskin bir sharoit dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot dasturlariga o’zgartirishlar kiritishni obektiv zaruratga aylantirdi. O’zbekistonda ham Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev tashabbusi va rahnamoligida mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’li har tomonlama tahlil qilindi. Davlatimizni barqaror va jadal surhatlar bilan rivojlantirish, olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish maqsadida, 2017–2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi[2; 32-b.].
Ushbu Strategiyada davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta`minlash, chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish kabi masalalar taraqqiyotimizning asosiy yo’nalishlari sifatida belgilab olindi.
Harakatlar strategiyasida mamlakatimiz mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlash maqsadida milliy iqtisodiyot va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, investitsiyalar tarkibini takomillashtirish yo’li bilan viloyatlar, shahar va tumanlarning iqtisodiy muammolarini yechish, hududlarni bosqichma-bosqich rivojlantirish, har bir shahar va tumanni puxta o’ylangan reja va loyihalar asosida barqaror taraqqiy ettirish, faoliyat yuritmayotgan sanoat korxonalariga investitsiyalar kiritib, ularga qaytadan jon bag’ishlash, ishsizlikni kamaytirish, yalpi bandlikni ta`minlash ishlarini amalga oshirishni dolzarb vazifa sifatida belgilangan.
Odatda YaIMga aholi hayot darajasining ko’rsatkichi sifatida qaraladi. 2017 yilda mamlakatimiz bo’yicha YaIM 249 trillion 136,4 milliard so’mni tashkil etdi. Yalpi hududiy mahsulot hajmi o’sishi bo’yicha Toshkent shahri (108,0 foiz), Andijon viloyati (106,7 foiz) va Qoraqalpog’iston Respublikasi (105,7 foiz) yaxshi natijalarga erishishdi. Sirdaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulot (97,7 foiz) o’tgan yildagidan kamayib ketdi.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyev tahkidlaganlaridek: “Xalqaro valyuta fondi mahlumotlariga ko’ra, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi bo’yicha O’zbekiston dunyo reytingida 187 mamlakat o’rtasida 134-o’rinda turibdi. Vaholanki, bu quvonarli ko’rsatkich emas. Agar aholi sonining oshib borishi va har bir kishining tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabi oshib borishini hisobga olsak, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni jadal rivojlantirish o’ta jiddiy va dolzarb hayotiy muhim masala ekanligi hammaga ayon bo’ladi. SHuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqida: “Istehmol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish va aholining ularga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondirish, jumladan, maqbul narxlar bo’yicha keng turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan xalqimizni to’liq ta`minlash oldimizda turgan muhim vazifalar qatoriga kiradi”[5], deb tahkidlashlari O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasida “ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish”[2] vazifasi qo’yilgani muammoning jiddiyligidan dalolat beradi.
2017 yilda Harakatlar strategiyasi doirasida iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha mahno-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yo’lida dadil qadamlar qo’yildi.
Jahon tajribasi ko’rsatadiki, bozor iqtisodiyoti va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning samarali sharti – dunyo bozoriga chiqish, kichik biznes va tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy faoliyatda, investitsiyalar jalb qilishda qatnashishi, yangi, zamonaviy texnologiya va menejmentni joriy etishdir.
Noaniqliklar manbai bo’lgan globallashuv sharoitida dunyo iqtisodiyotida chuqur tarkibiy o’zgarishlar va tizimli islohotlarni amalga oshirish, barqaror iqtisodiy o’sishni ta`minlashning omili sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT)ning ahamiyati ortib bormoqdaMahlumotlarga ko’ra, “Xitoyda ish bilan band aholining 81,4 foizi, yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 54,3 foizi, Yaponiyada mos ravishda 70,8; 67,0 foizi, AQSH da 50,6; 53,1 foizi kichik biznes ulushiga to’g’ri kelmoqda”[7].
O’zbekistonda barqaror iqtisodiy o’sish surhatlarini ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar milliy iqtisodiyotimizda xususiy mulkning o’rni va rolini, YaIMdagi ulushini izchil oshirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, biznes muhitni yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish [8]ga qaratilgan.
SHavkat Mirziyoyev O’zbekiston Prezidentligiga saylangan birinchi kunlaridanoq mamlakatni yalpi liberallashtirish siyosatini yuritmoqda. Bugun O’zbekiston iqtisodiyoti erkinlashtirilmoqda: kichik biznes sohiblariga nazorat yuki pasaytirilmoqda, bahzi inspektsion tashkilotlardagi byurokratik ovoragarchiliklarga barham berilmoqda, moliyaviy, soliq va bojxona tizimlarimiz liberallashtirilmoqda, xususiy biznesni hukumatdan himoyalovchi qonunlar qayta isloh qilinmoqda.
Ayni paytda bozor infratuzilmasini rivojlantirish, moliya va bank tizimining faoliyat ko’rsatishini takomillashtirish, butun tash­qi iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish tizimini tubdan qayta ko’rib chiqish, valyuta bozorini erkinlash­ti­rish, xorijiy investi­tsiyalarni jalb qilish bo’yicha rag’batlantirishlarni mustahkamlash, kafolatlar va imtiyozlar doirasini kengaytirish, faol investitsiya faoliyati uchun qulay muhitni shakllantirish, har xil tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlarning korxonalarning xo’jalik faoliyatlariga asossiz aralashuvlarini cheklash, bankrotlik institutining rolini oshirish, iqtisodiy sudlar faoliyatini faollashtirish ham nazarda tutilgan. Iqtisodiy islohotlarning voqeliklari va liberallashtirishning yangi vazifalaridan kelib chiqib, eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, milliy iqtisodiyotning jahon xo’jalik tizimiga faol kirishini ta`minlash bilan bog’liq vazifalar aynan Prezident SHavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan bo’lib, bugungi murakkab davrda, garchand hozir ham jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davom etayotganiga qaramay, O’zbekistonda uning yengil kechishi uchun asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi korruptsion omillarni vujudga keltiruvchi asosiy sabablar sifatida tadbirkorlik faoliyati sohasidagi mahmuriy ruxsat berish va kelishish tartibotlarining ko’pligi, ularning idoraviy manfaatlar bilan uyg’unligi, shuningdek qonun osti hujjatlarida korruptsiogen normalarning saqlanib qolinayotganligi va tadbirkorlik faoliyati sohasidagi davlatning imperativ tahsiri korruptsiyaning vujudga kelishi uchun asosiy omil bo’lib xizmat qilayotganligini tahkidlash zarur. O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining mahlumotlariga karaganda 2018 yilning o’tgan davri mobaynida 51200 tadbirkorlik subhektlarining huquqlari buzilgan.
Bu kabi holatlar mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy va monetar xavfsizligiga rahna soladi.
SHu o’rinda qayd etish kerakki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni qabul qilinishi mazkur turdagi jinoyatlarning kamayishiga sezilarli darajada tahsir ko’rsatmoqda.
Iqtisodiy sohada keng ko’lamli o’zgarishlar amalga oshirildi, eng avvalo, O’zbekistonning o’z majburiyatlarini bajarish va chet el hamkorlarining daromadlarini repatriatsiya qilish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun shart-sharoitlarni ta`minlovchi milliy valyuta erkin konvertatsiyasining joriy etilganligi bu borada muhim qadam bo’ldi.
O’zbekistonda jadal iqtisodiy islohotlar sharoitida bank tizimi likvidlilik darajasini qo’llab-quvvatlash va uning barqarorligini ta`minlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bank tizimini rivojlantirish, jumladan, uning huquqiy asoslari hamda infratuzil­masini takomillashtirish, investitsiyalarni samarali jalb qilish, yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarga yo’naltiriluvchi investitsiyalar ulushini ko’paytirish, uzoq muddatli resurslar tanqisligi sharoitida qisqa muddatli resurslar ortiqchaligini transformatsiyalash, banklarning depozit bazasida muddatli va jamg’arma depozitlar salmog’ini oshirish, muddati o’tgan va muammoli kreditlarni keskin qisqartirish borasida ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida “bank nazorati bo’yicha Bazelg’ qo’mita­sining talablariga asosan tijorat banklari mablag’larining yetarliligi va likvidlilik darajasi ko’rsatkichini qo’llab-quvvatlash”[2] asosiy yo’nalish­lardan biri sifatida belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning bajarilishi O’zbekistonda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta`minlash hamda likvidlilik darajasini mustahkamlashga xizmat qiladi. 
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT)ni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildiki, natijada, mamlakatimizda hukm surayotgan xotirjamlikning moddiy va iqtisodiy zamini mustahkamlanmoqda. 2018 yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili, deb nom berildi. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o’rinlari yaratib, nafaqat o’zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz. Bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng so’nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi vazifamiz bo’lishi shart. Kerak bo’lsa, xorijdagi yetakchi kompaniya va tashkilotlarda tajriba orttirishi, o’zaro manfaatli hamkorlik qilishi uchun ularga har tomonlama imkoniyat tug’dirib berishimiz lozim”[4; 19-b].
O’zbekistonda ishbilarmonlik muhitining shakllanishiga keng shart-sharoitlar yaratilar ekan, bunda kichik biznes subhektlari kuchli raqobatchilik muhitiga ko’ra bozorning joriy shartlariga moslashib boradilar. Bu jarayonlarda aksariyat tadbirkorlar o’z faoliyatlarida foydani oshirish va manfaatdorlik sari intilishlari tabiiy. Zero, bozor iqtisodiyoti kichik biznes subhektlarining erkin faoliyatini ta`minlaydi.
Biroq, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yuritishda eng asosiy muammolardan biri, bozor infratuzilma obhektlarining sust faoliyatidir. Ayniqsa, qishloq joylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subhektlariga xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilma obhektlarining soni sezilarli darajada ko’paymayapti.

Download 103,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish