2
-
ma`ruza.
Fazoviy muvozanat. Fazoviy muvozanat
termodinamikasi. Massalar ta’siri qonuni. Muvozanat konstantasi.
Kimyoviy reaksiyalarning izoterma tenglamalari.
Rеja
1. Fazoviy muvozanat termodinamikasi.
2. Suvning, oltingugurtning holat diagrammasi.
3. Klapeyron-Klauzius tenglamasi.
Ma`ruzaning maqsadi:
Talabalarni fazalar qoidasi va fizik-kimyoviy
tahlil usullari bilan tanishtitirish, faza, tarkib, komponent, komponentlar
soni, erkinlik darajasi soni haqida ma’lumot berish.
Tayanch iboralar:
faza, tarkib, komponent, komponentlar soni, erkinlik
darajasi, muvozanat, holat diagrammasi, bir va ikki komponentli
sistemalar, fizik-kimyoviy analiz.
FAZALAR MUVOZANATI TERMODINAMIKASI.
Sistemaning boshqa qismlaridan chegara sirtlar bilan ajraladigan va
termodinamik xossalari bilan farq qiladigan qismi
faza
deb ataladi.
Masalan, toza suyuqlik va chin eritmalar ham faqat bitta fazani tashkil
qiladi. To’yingan eritmaning o’zi ham birgina fazadan iborat, lekin uning
ustidagi to’yingan bug’ ham nazarga olinsa, eritma va uning ustidagi bug’,
albatta ikki fazadir. Agar eritma tagida qattiq tuz ham bo’lsa, bu sistema
uch fazali bo’ladi. Har bir sistema bir yoki bir necha moddadan iborat
bo’lib, bu moddalar sistemasining
tarkibiy qismlari
deb ataladi.
Sistemadan ajratib olinganda uzoq vaqt davomida alohida tura oladigan
tarkibiy qism
komponent
deb ataladi. Sistemadagi har qaysi fazaning
ximiyaviy tarkibini xarakterlash uchun etarli bo’lgan modda xillarining
eng kichik soni sistemaning mustaqil tarkibiy qismlari yoki
komponentlar soni
deb ataladi. Masalan, kaltsiy karbonat (CaCO
3
) ning
ajralishida, muvozanat vaqtida sistemada uchta tarkibiy qism (CaO,
CaCO
3
, CO
2
) bo’lishiga qaramay, komponentlar soni ikkiga teng, chunki
biz ikki moddaning miqdorini bilsak, uchinchisining miqdorini ular
orasidagi bog’lanishdan xisoblab topa olamiz.
Ma’lum bir sistemaning termodinamik holatini to’la xarakterlash uchun
etarli bo’lgan mustaqil o’zgaruvchilar soni sistemaning erkinlik darajasi
deyiladi. Boshqacha aytganda, fazalar soniga xalal bermay turib, ma’lum
chegarada ixtiyoriy o’zgartirish mumkin bo’lgan parametrlar soni
sistemaning erkinlik darajasi sonidir. Masalan, sistemani bosim, harorat
va komponentlar kontsentratsiyalari orqali xarakterlash mumkin. Shular
ichida mustaqil o’zgara oladigan kattaliklar sstemaning erkinlik darajasini
tashkil qiladi.
Fazalar qoidasi
Fazalar qoidasini bir necha faza va bir qancha komponentlardan
tuzilgan murakkab sistemalardagi muvozanatlarni sistemalashtiruvchi deb
qarash mumkin. Bu qoida komponentlar, faza, sistemaning erkinlik
darajasi kabi tushunchalar orasidagi munosabatni ko’rsatadi. Sistemadagi
erkinlik darajasi Gibbsning fazalar qoidasiasosida topiladi. K
komponentli geterogen sistemadagi fazalar soni (Ф) bilan erkinlik
darajasi (F) yig’indisi sistemaning komponentlar soni (K) + 2 ga teng
Ф + F =K + 2 undan F = K - Ф+ 2 bo’ladi. Bu erda 2-bosim va haroratni
ko’rsatadi.
Bosim kam ta’sir etadigan kontsensatlangan, ya’ni qattiq va suyuq
fazalardan iborat sistemalar uchun fazalar qoidasi
F = K - Ф + 1
shaklida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |