2. Topografik usul. Bu usul ham guruh usulining ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, qo‘yidagi
xollarda qo‘llaniladi: guruh usulida keltirilgan baxtsiz hodisalar haqidagi ma’lumotlarni har xil
shartli belgilar bilan belgilab (masalan, H-I), ish uchastkalarining rejasida baxtsiz hodisa yuz
byergan joylarga qo‘yib chiqiladi. Bu usulda ma’lum ish uchastkalarida baxtsiz hodisalarning
takrorlanishi haqida ko‘rgazmali ma’lumot olinadi.
Har qanday statistik tekshirish kabi, bu usul bilan baxtsiz hodisalarni tahlil qilishda ham
olingan material, asosan baxtsiz hodisa xaqida tuzilgan H-I formadagi akt har tomonlama
o‘rganiladi. Aktda baxtsiz hodisa yuz byergan joy, jarohatlanish tavsifi, og‘irlik darajasi, voqea
sutkaning qaysi vaqtida yuz byerganligi xaqidagi ma’lumotlar aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |