2-ma’ruza: Boglovchi moddalar mohiyati, uning maqsadi va vazifalari Reja


Boglovchi moddalarning qurilishda qo’llanishi



Download 24,42 Kb.
bet2/3
Sana28.03.2023
Hajmi24,42 Kb.
#922324
1   2   3
Bog'liq
2-2 Mavzu

2.2.Boglovchi moddalarning qurilishda qo’llanishi.

Boglovchi moddalarning qurilishda quyidagi sohalarda qo’llaniladi.


1).Qurilish gipsidan turli gips va gips-beton mahsulotlari tayyorlanadi, bo’lar quruq suvoq, devor plitalari va panellar, qavatlar orasiga qo’yiladigan detallar, arxitektura-binokorlik mahsulotlari, ventilyasiya qutilari, termoizolyasiya plitalari va boshqalardir.
Qurilish gipsining rangi oq bo’lganligi uchun u sunoiy marmar va baozi xil bo’yoq hamda bo’r tayyorlashda foydalaniladi. SHuningdek, ko’zgu va optik shishalar ishlab chiqarishda ham gips ishlatiladi. Gips asbest va boshqa materiallar bilan aralashma holida issiqlikni o’tkazmaydigan buyumlar tayyorlashda keng qo’llaniladi.
Yuqori mustahkam gips juda muhim inshootlar qurishda, shuningdek
metallurgiya sanoatida qoliplar tayyorlashda ishlatiladi.
Binokorlik qorishmalari angdrit tsementdan tayyorlangan bo’lsa, 15 martagacha muzlab erigan holda ham sezilarli darajada buzilmaydi. Uyning choksiz to’shalmasi, linoleum osti to’shalmasi hosil qilish, turli xil suvoq va oraliq qorishmalar, organiq, anorganiq to’ldiruvchili engil betonlar, oғir betonlar ishlab chiqarish shuningdek, sunoiy marmar tayyorlashda angidrit tsementdan foydalaniladi. Angidrit tsementdan ishlangan konstruksiya va buyumlarni havo namligi 60...70% dan yuqori bo’lgan erlarda ishlatib bo’lmaydi.
2.) Havoiy ohak keramik ғisht va bloklar terishda, suvoqchilikda ishlatiladigan murakkab va oddiy qorishmalar tayyorlashda, bo’yoq tarkiblari uchun boglovchi sifatida ishlatiladi.
Havoiy ohak namlik va suv muhitiga chidamsizligi tufayli u asosidagi qorishmalar va buyumlarni poydevorlar qurishda, yoғin-sochin tahsirida bo’ladigan joylarda ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Havoiy tuyilgan ohak va ohak pushonka asosida ohak putstsolanli va ohak-shlakli gidravlik boglovchilar ishlab chiqariladi.
Ohak-shlakli boglovchilar donador domna shlaki va havoiy ohakni (20-30%) birgalikda maydalab tuyib olinadi. Boglovchining qotish jarayonini yaxshilash uchun tarkibiga 3-5% gips qo’shiladi. Bunday boglovchilar normal sharoitda sekin qotadi, lekin issiq nam havo bilan ishlanganda qotishi tezlashadi.
Ohak-putstsolanli boglovchilar ohak va aktiv minerallar-trepel, opoka, diatomit, gliej va boshqalarni birgalikda kukun holiga keltirib olinadi. Ohak-shlakli va ohak-putstsolanli boglovchilar asosidagi qorishma va betonlar namlikka va qisman suvli muhitga chidamli, ammo sovuqqa chidamliligi past bo’ladi.
Havoiy ohakning katta qismi silikat ғishti va bloklari, ғovak, yengil va oғir silikat betonlari tayyorlashda ishlatiladi. Havoiy ohakni tashish, saqlash va ishlatishda texnika xavfsizligi choralariga rioya qilish zarur, chunki ohak boglovchisi ishqoriy muhit bo’lib, terini, nafas olish ahzolariga salbiy tahsir etishi mumkin.
3). Kaustik magnezit va kaustik dolomit yoғoch kirindisi xamda kipigi bilan mustaxkam boglanish xususiyatiga ega. SHuning uchun ksilolit va fibrolit kabi materiallarni tayyorlashda, asosan magnezial boglovchilar ishlatiladi. Bundan tashkari ular maxsus suvokbop qorishmalar, meomor kismlari, kupik betonlar tayyorlashda xam kup ishlatiladi.Uzbekistonda magnezial boglovchi moddani xom ashyo manbai serob boʻlishiga karamay, uni ishlab chiqarish yulga kuyilmagan. Lekin, maxsus xossalarini hisobga olsak, magnezial boglovchi moddalar keng kulamda ishlatilishi mumkin edi.
4). Eruvchan shisha kislotaga chidamli qorishma va beton buyumlar tayyorlashda toshlarni suvdan va emirilishdan saklash uchun buyash maqsadi-da, betonning zichligini, utga chidamliligini oshirishda, silikat buyoklar, zamaskalar ishlab chiqarishda keng ishlatiladi. Bizning respublikamizda eruvchan shishaning boglovchi modda sifatidagi axamiyati juda ortib bormoq-da. U asosida pishirmasdan olingan gisht va sunoiy toʻldirgichlar tayyor-lash, sifatsiz shlaklar asosida olingan qorishma va beton uchun boglovchi modda sifatida ishlatish mumkin.
«Silikat bo’lak»ni ochik havoda toza xolatda saklash mumkin. Erigan shisha chinni idishlarda, tunuka bochkalarda saklanadi. Uni yozda issikdan, kishda esa muzlashdan saklash kerak.
5).portlandtsement boglovchisi asosida beton, qurilish qorishmalari, asbestotsement buyumlari,armotsement konstruktsiyalari va boshqa kompozitsion materiallar ishlab chiqariladi. Beton qurilish tizimida yiғma temirbeton va monolit holatlarda ishlatiladi. Nisbatan past markadagi tsementlar ғisht terish va suvoqchilik qorishmalari tayyorlashda foydalaniladi. Yuqori markadagi tsementlar (400, 500, 550, 600) temirbeton va armaturasi avvaldan taranglangan temirbeton konstruktsiyalar tayyorlashda ishlatiladi. +urilish portlandtsementini korroziya muhitida ishlatish maqsadga muvofiq emas.
portlantsement shlab chiqarishda energiya sarfi yuqori bo’lgani sababli uni qurilish sohalarida ratsional ishlatish kerak.



Download 24,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish