6.2 O`zbekistonda yer sharida xayvonot olamining hozirgi holati.
O‘zbekiston hayvonat olamining turi ko‘p va ular rang-barang. Hududimizda
650 dan ortiq
umurtqali hayvon namunalari mavjud bo‘lib, shulardan
83 baliq turi, 3 ta amfibiy, 58 tur
sudralib
yuruvchilar,
424 turdan
ziyod qushlar va
97 tur
sut emizuvchilar yashaydi. Hayvonot dunyosini
muhofza qilish borasida so‘z borar ekan, suv jonivorlarining kamayib ketayotganligiga alohida
e‘tibor berish lozim bo‘ladi. Chunki, ulardan ayniqsa baliq turlarining kamayib ketishi tashvishlanarli
xoldir. Bunga sabab esa suv havzalarining ifloslanishi, suvdagi suv salmog‘ining ayrim joylarda ortib
borishi ma‘lum turdagi baliqlar uchun katta zarar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari brakoner
ovchilar ham baliqlarning kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. O‘lkamizda baliq ovlash xo‘jaliklari
maydoni
38 mln.ga
dan iborat.
O‘lka hududidan turon yo‘lbarsi, shuningdek, qizil bo‘ri butunlay yo‘qolib ketgan bo‘lib,
qoplon, Old Osiyo qoploni, yo‘l-yo‘l sirtlon, tuvaloq kabi jonzotlarning yo‘qolib ketish xavfi bor.
Ma‘lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston hududida Mirzacho‘l, Qarshicho‘li, Surxon – Sherobod
cho‘li, Farg‘ona vodiysining markaziy qismlari o‘zlashtirilgan. Bu esa sahro-cho‘l muhitida
yashaydigan birqator jonivorlarning, jumladan, jayron, go‘zal tuvaloq kabi noyob zotlarning kamayib
ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Bir qator go‘zal jonivorlar, jumladan tog‘ qo‘yi, eron vidrasi, O‘rta Osiyo kapcha iloni kabilar
johil ovchilar tomonidan butunlay kamaytirib yuborildi.
Hayvonlarning noyob va yo‘qolib borayotgan turlarini muhofaza qilishda ularning yashash
sharoitini yaxshilash va ko‘payishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib berish kerak. Buning uchun
birinchidan, yo‘qolib ketayotgan va noyob hayvon turlarini qat‘i ynazorat ostiga olib, ov qilishga
mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik va ikkinchidan, o‘sha hayvonlar yashaydigan hududlarni tabiiy holicha
saqlab, qo‘riqxonalarga, buyurtmaxonalarga aylantirish zarur
O‟zbekistonda
chop etilganyangi «Qizil kitob» da 24
tur
sut emizuvchilar, 51
tur
qushlar, 1
6
tur
sudralib yuruvchilar, 18
tur
baliqlar kiritilgan. Umurtqasiz hayvonlardan turli sistematik
guruhlarga kiruvchi 80
tur i
kiritilgan.
O‘zbekiston mustakillikga erishgan kunidan boshlab jamiyatni demokratlashtirish va tabiatni
muxofaza kilish soxasidadagi konunchilik ishlari tobora takomillashtirilib bormokda. «Tabiatni
muxofaza kilish tugrisida» (1992), Aloxida muxofaza kilinadigan tabiiy xududlar tugrisida» (1993),
Xayvonotolami nimuxofaza kilish va undan foydalanish tugrisida» (1997), shuningdek Vazirlar
maxkamasi tomonidan tasdiklangan bir kator xujjatlar asosida xayvonot olami muxofaza kilinmokda
Bulardan tashkari O‘zbekiston Respublikasi 1995 yilda Biologik xilma-xillik tugrisidagi va Xalkaro
axamiyatga ega, ayniksa suvda suzuvchi kushlarning yashash joylari bulgan suv-botkokli joylar
tugrisidagi (2001 yil Ramsar) Konventsiyalarga kushilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |