2-Maruza Biosfera. Tabiiy resurslar, ulardan oqilona foydalanish va atmosfera muhofazasi. Suv va Tuproq resurslari va uni muhofazasi. O‘simlik, hayvonot dunyosi va ularni muhofaza qilish


Sho`rlanish, cho`llashish sabablari, oldini olish chora tadbirlari



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/49
Sana03.03.2022
Hajmi1,27 Mb.
#481021
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Bog'liq
1-к 2-маруза узб

3.4 Sho`rlanish, cho`llashish sabablari, oldini olish chora tadbirlari.
Pestitsidlar 
muammosi. 
O‘simlikni normal o‘sishi va rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi, tuproqning yuza qatlamida 
natriy, kaltsiy, magniy, tuzlarining to‘planishi 
sho‟rlanish 
deyiladi. 
Sho‟rlanish 
Misr, Iroq, Hindiston, Tojikiston, Markaziy Osiyova boshqa qurg‘oqchil 
rayonlarida keng tarqalgan. 


Har yili Yer shari bo‘yicha tuproqni sho‘rlanishi natijasida 200-300000 ga sug‘oriladigan erlar 
ishdan chiqadi. O‘zbekiston bo‘yicha tuproqning sho‘rlanish darajasi nisbatan barqaror. 
Cho`llashish qit`a miqyosidagi ekologik muammo bo`lib, 100 dan ortiq mamlakatlarga 
bevosita dahldordir. 
Cho`llashishning bosh sababi inson, uning mehnati natijasida er mahsuldorligi o`zgaradi. 
Cho`llashishning ikkinchi sababi qurg`oqchil, yarim qurg`oqchil yoki namgarchilik kam bo`lgan 
rayonlarda kuzatiladigan uzoq va qisqa muddatli iqlim tebranishlaridir. Quruqlikning deyarli uchdan 
bir qismini qurg`oqchilikka uchragan erlar tashkil etadi va bu erlarda yer yuzi aholisining oltidan bir 
qismi hayot kechiradi. 
Cho`llashish issiqxona samarasining kuchayishi natijasida iqlimning o`zgarishi, biologik turlar 
xilma-xilligining kamayishi va xalqaro suvlarning ifloslanishi kabi boshqa ekologik muammolar bi-
lan bog`langan. Agar haroratning global ortishi bug`lanishning o`sishi yoki yog`inlarning 
kamayishiga olib kelsa, o`z navbatida iqlimning global o`zgarishi cho`llashishni tezlashtirishi 
mumkin. 
Cho`llashishning asosiy sababi inson va inson faoliyatidir. Qurg`oqchil erlardan intensiv 
foydalanish, o`simliklar dunyosidan ayovsiz foydalanish, tuproq va shamol eroziyalarining oldini 
olmaslik asta-sekin cho`llashishga olib keladi. Iqlimning tabiiy o`zgaruvchanligi cho`llashish 
jarayonini tezlashtiradi. Qurg`oqchilikning tez - tez bo`lib turishi tuproqning emirilishiga va 
qurg`oqchil iqlimli rayonlarning cho`llashishiga kuchli ta`sir ko`rsatadi. 
Tuproq emirilishi sharoitida, so`nggi o`n yilliklar ichida yog`inlar miqdori 20-40 % kamaygan 
Shimoliy Afrikaning Saxel mintaqasida cho`llashish ayniqsa, yaqqol namoyon bo`ldi. Yog`inlarning 
kamayishi o`simliklardagi o`zgarishga sabab bo`ladi. Ko`p yillik o`tlar bir yillik o`simliklar bilan 
almashinadi, butalar o`z o`rnini o`t o`simliklarga beradi va hokazo. 
Cho`llashish iqlim o`zgarishlariga ham regional, ham global miqyosda ta`sir ko`rsatadi. 
O`simlik qoplamining siyraklanishi va tuproq sifatining yomonlashuvi mahalliy iqlimga ta`sir 
ko`rsatishi mumkin, chunki uning natijasida harorat oshadi va tuproqning namlik darajasi pasayadi. 
Ushbu oqibatlarning ta`siri cho`llashishga uchragan rayon chegarasidan tashqariga chiqadi, u 
regional iqlim va atmosfera tsirkulyatsiyasini o`zgartiradi. Bu o`z navbatida qurg`oqchil iqlimli 
rayonlarning degradatsiyasini tezlashtirib yuborishi mumkin. Cho`llashish iqlimning global 
o`zgarishiga ham ta`sir qilishi mumkin. Masalan, o`simlik qoplamining siyraklanishi, tuproq 
sifatining pasayishi uglerodning ko`proq hosil bo`lishiga olib keladi, natijada o`simliklar ko`paygan 
uglerodlarni qayta qabul qilib uning biomassa tarkibida ko`payishiga olib keladi. Iqlimning global 
o`zgarishi cho`llashishga ta`sir ko`rsatishi mumkin harorat, bug`lanish va yog`inlarning o`zgarishi 
rayonlar bo`yicha turlicha kechadi. Natijada cho`llashish ba`zi rayonlarda kuchayishi, boshqalarida 
susayishi mumkin. 

Tuproq mineral va qoyatosh bo‘laklarining aralashmasi hisoblanib, qolgan qismi esa notirik 


organizmlar, suv va havodan tashkil topgan. Tuproq shakllanishga ega, qisman qoyatoshlar mayda 
bo‘laklarga bo‘linib, ular vaqti bilan tuproq hosil bo‘lishida qatnashadi.
Demak, tuproq ham abiotik omillar sirasiga kirib, jonsiz qoyatoshlar va mineral bo‘laklardan 
tashkil topishi ma‘lum qonuniyatga asoslangan. Tuproq o‘z tarkibiga bakteriya, zamburug‘, 
hashoratlar va chuvalchanglarni ham oladi. Tuproqning hosidor qismi uning tarkibidagi gumus bilan 
bog‘liq. Tuproq qum, loy va gumusning turli komponentlarini bir biri yuilan bog‘laydi. 
Rachel Carson (1907–1964) mashhur atrof muhit yozuvchilaridan sanalib, AQSH dagi Baliq 
va yovvoyi tabiat nashriyotidagi 15 yillik faoliyatidan so‘ng o‘zining ijodini yozuvchilikka 
bag‘ishladi. U tomonidan ―
Silent Spring” 
nomli kitob nashrdan chiqadi. Unda pestitsidlarning zarari 
va ular olib keladigan kasalliklar zikr etilgan. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish