S=(1-s)Y
Bu yerda s-jamg’arish normasi.
Bundan Y= C + I=(1-s)Y+ I, o’z navbatida I= sY kelib chiqadi. Boshqacha aytganda muvozanat holatida investitsiyalar jamg’armalarga teng va daromadga proporsionaldir.
Talab va taklifning tengligi shartini quyidagicha yozish mumkin:
f(k)=C+I f(k)= I/s Ishlab chiqarish funksiyasi tovarlar bozorida taklifni, kapital jamg’arish esa ishlab chiqarilgan mahsulotga talabni belgilaydi.
Ishlab chiqarish hajmi dinamikasi kapital ( kapital bilan qurollanganlik) hajmiga bog’liq. Kapital hajmi esa uning chiqib ketishi va investitsiyalar ta’sirida o’zgaradi.
Investitsiyalar kapital zahirasini orttiradi, chiqib ketish (amortizatsiya) esa uni kamaytiradi.
Investitsiyalar fond bilan qurollanganlik va jamg’arish normasiga bog’liq.. Bu iqtisodiyotda talab va taklif tengligi shartidan kelibchiqadi: I= sf(k). Jamg’arish normasi (s) k ning har qanday miqdorida mahsulotning investitsiya va iste’molga bo’linishini belgilaydi:
Y = f(k), I= sf(k), S=(1-s)f(k
Do'stlaringiz bilan baham: |