2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari. “Resurslar- tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar –xarajatlar”ning doiraviy oqimi modeli



Download 72,15 Kb.
bet2/6
Sana31.12.2021
Hajmi72,15 Kb.
#245692
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mavzu. Makroiqtisodiyotga kirish 6744ee0dde689ff9bb0d0d9e89dec91d

1-jadval.

Iqtisodiy nazariyaning asosiy masalalari va tarkibi[1]



Iqtisodiy nazariyaning masalalari

Iqtisodiy nazariyaning bo‘limlari

Mikroiqtisodiyot


Iste’molchilar bozordagi talab hajmi va tarkibini qanday belgilaydilar?

Ishlab chiqaruvchilar mahsulot ishlab chiqarish hajmi va usullarini qanday aniqlashadi?

Bozor bahosi qanday tashkil topadi?

Mildliy daromad qanday taqsimlanadi?

Davlat ishlab chiqarish omillarini tarmoqlararo taqsimlash va milliy daromadni individlararo taqsimlashda ishtirok etishi kerakmi?


Iste’molchi talabi nazariyasi

Mahsulot ishlab chiqarish va taklif etish nazariyasi

Tarmoq va umumiy iqtisodiy muvozanat nazariyasi

Ishlab chiqarish omillar bahosini shakllantirish nazariyasi

Ijtimoiy farovonlik nazariyasi

Makroiqtisodiyot

Milliy daromad miqdorini nima belgilab beradi?

Pul nima va uning roli qanday?

Baholar darajasi nima va uning dinamikasini qaysi omillar belgilab beradi?

Bandlik darajasini nima belgilab beradi?

Iqtisodiy kon’yuktura o‘zgarishlarinni qaysi omillar belgilab beradi?

Barqaror iqtisodiy o‘sishning shartlari qanday?

Mamlakatning iqtisodiy kon’yukturasiga tashqi dunyo qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Davlat barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishni qanday ta’minlashi mumkin?



Statik makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi

Pul nazariyasi

Inflyatsiya nazariyasi

Ish bilan bandlilik nazariyasi.

Iqtisodiy davrlar nazariyasi

Iqtisodiy o‘sish nazariyasi

To‘lov balansi va valyuta kursi nazariyasi

Davlatning barqarorlashtirish siyosati nazariyasi


masalalar ro‘yxati mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanlari predmetlarini yaxshiroq farqlab olishga yordam beradi. Nisbatan mustaqil bo‘lgan bu ikki fanning iqtisodiy hodisalar va qonuniyatlar to‘g‘risidagi xulosalari bir birini to‘ldirib turadi..

Uy xo‘jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub’ektlari hisoblanidilar.

Bu sub’ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda. Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o‘sishini ta’minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur deb hisoblashishsa iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday aralashishga qarshi fikrlar bildirishadi.

Bugungi kunga kelib ko‘pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur yetkazmagan holda iqtisodiyotni tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo‘lamiz. Davlat makroiqtisodiyotning boshqa sub’ektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida, o‘z tasarrufida mavjud bo‘lgan vositalar orqali ularni yo‘naltirib turadi. Bu vositalar esa fiskal (budjet-soliq) va monetar (pul-kredit) siyosatdir. Xulosa qilib aytganda makroiqtisodiyot fani alohida mamlakatda iqtisodiy siyosatning va jahon xo‘jalik aloqalarini tashkil etishning nazariy asosi hisoblanadi.

2. Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullari.

Makroiqtisodiyot fanining tadqiqot usullariga ilmiy mavhumlashish, analiz va sintez, deduksiya, induksiya, statistik kuzatuv, iqtisodiy matematik modellashtirish usullari kiradi. .

Juda murakkab tizim hisoblangan milliy iqtisodiyotni tadqiq qilish o‘ziga xos usullardan foydalanishni talab etadi. Son-sanoqsiz faktlarni, minglab ko‘rsatkichlarni alohida-alohida o‘rganib chiqish va ular borasida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish o‘ta qiyin vazifadir. Shu sababli ham makroiqtisodiyot fanida agregat kattaliklardan foydalanishga asoslangan tadqiqit usullaridan foydalaniladi.

Agregatlash, ya’ni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar va kategoriyalarni yagona makroiqtisodiy ko‘rsatkich yoki kategoriyaga umumlashtirish orqali milliy iqtisodiyotdagi makroiqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyati yuzaga keladi.. Agregat ko‘rsatkichlar yordamida minglab alohida bozorlarni mamlakatning yagona bozori sifatida ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi. Makroiqtisodiy tahlil jarayonida alohida tovarlar va xizmatlarning bahosi, ularga bo‘lgan talab va ularni taklif etish hajmlari ko‘rsatkichlari emas, balki agregat ko‘rsatkichlar hisoblangan baholarning o‘rtacha darajasi, yalpi talab va yalpi taklif ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Davlat obligatsiyalari bo‘ycha foiz stavkalari, Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklarining kreditlar uchun belgilagan foiz stavkalari kabi kapital uchun to‘lov stavkalari umumlashtirilib ularningt o‘rtacha miqdori bozor foiz stavkasi deb yuritiladi va makroiqtisodiy tahlil jarayonida bu agregat ko‘rsatkichdan foydalaniladi.

Makroiqtisodiy tahlilda asosiy tadqiqot usuli makroiqtisodiy jarayonlarni agregat ko‘rsatkichlardan foydalangan holda iqtisodiy matematik modellashtirishdir.

Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlar o‘rtasidagi miqdoriy, sabab- oqibat bog‘lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar ko‘rinishida ifodalaydi.

Bunga yalpi talab-yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns xochini, Fillips egri chizig‘ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o‘sishning Domar, Xarrod va Solou modellarini i keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o‘zida ham grafik ko‘rinishda, ham algebraik formula ko‘rinishida tasvirlash mumkin . Algebraik formulalar kabi makroiqtisodiy modellar o‘am ikki, uch yoki bundan ko‘p o‘zgaruvchili bo‘lishi mumkin.

AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif hajmlarining baholarning umumiy darajasi dinamikasi ta’sirida o‘zgarishi va makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi o‘rganilsa, Fillips egri chizig‘i yordamida ishsizlik va inflyatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tadqiq qilinadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan modellar barcha mamlakatlar iqtisodiyotini tahlil qilishda qo‘llanaveradi. Ammo ularda keltirilgan empirik koeffitsentlar, turli iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligi xususiyati bir mamlakatda ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Har qanday makroiqtisodiy modelda, u qanchalik sodda yoki murakkab bo‘lmasin, ma’lum darajada mavhumlikka yo‘l qo‘yiladi. Masalan, makroiqtisodiy tahlil davomida milliy iqtisodiyot ba’zan yopiq iqtisodiy tizim, ya’ni tashqi iqtisodiy aloqalari mavjud bo‘lmagan “yopiq iqtisodiyot” deb qaraladi. Amaldva esa barcha mamlakatlar tashhi dunyo bilan iqtisodiy aloqalarga ega, ya’ni “ochiq iqtisodiyot”ga ega. Hech bir model iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni to‘la-to‘kis qamrab olmaydi. Shunga qaramasdan makroiqtisodiy modellardan foydalanish eng muhim iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash, qabul qilinadigan turli iqtisodiy qarorlarning olinishi mumkin bo‘lgan ko‘p variantli natijalarini oldindan aniqlab olish, makroiqtisodiy siyosatning turli yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish imkonini beradi.

Makroiqtisodiy modellarda tashqaridan belgilanadigan, ya’ni modelda tayyor kattalik sifatida qabul qilinadigan ekzogen o‘zgaruvchilar hamda modelni yechish natijasida topiladigan ichki-endogen o‘zgaruvchilar farqlanadi. Bir modelda ekzogen hisoblangan o‘zgaruvchi (ko‘rsatkich) ikkinchi model uchun endogen hisoblanishi mumkin.

Tarixda ma’lum bo‘lgan birinchi makroiqtisodiy model mavzuning birinchi savolida qayd etilgan “ Kene jadvali” hisoblanadi. Bu modelda

F.Kene milliy iqtisodiyot amal qilishini uch sinfning- 5 mlrd. frank qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi dehqonlar, jami 2 mlrd. frank turadigan buyumlar yasashadigan hunarmandlar va 2 mlrd. frank renta olishadigan yer egalarining o‘zaro aloqalari sifatida tasvirlaydi. Kene modeliga ko‘ra yer egalari olgan 2 mlrd. frank yer rentasining 1 mlrd. frankini qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olishga, qolgan 1 mlrd. frankini esa hunarmandchilik buyumlarini sotib olishga sarflaydilar.

Hunarmandlar dehqonlarga 1mlrd. franklik buyumlarini sotadilar va dehqonlardan o‘zlari ega bo‘lgan 2 mlrd. frankning 1mlrd frankiga oziq ovqat




Ер эгалари






Download 72,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish