Direksion burchak bilan rumb orasidagi munosabat
8-rasm.
Yo’nalishning direksion burchagi ma’lum bo’lganda rumbini, rumbi ma’lum bo’lganda esa direksion burchagini topish mumkin. Masalan 17 shaklda direksion burchak bilan rumbning bir-biriga munosabati berilgan; yo’nalishlarning direksion burchaklari ma’lum bo’lganda bu shakldan foydalanib rumbni quyidagi formulalar yordamida aniqlash mumkin
I chorakda ShShq r = a
II chorakda JShq r = 180° - a
III chorakda JG’ r = a - 180°
IV chorakda ShG’ r = 360° - a
Yo’nalishlarning rumbi ma’lum bo’lsa, direksion burchakni quyidagi formulalarda aniqlash mumkin:
I chorakda ShShq a = r
II chorakda JShq a = 180° - r
III chorakda JG’ a = 180° + r
IV chorakda ShG’ a = 360° - r
Yo’nalishning azimuti ma’lum bo’lganda uning rumbini, rumbi ma’lum bo’lganda esa azimutini shu formulalar yordamida aniqlash mumkin. Bunda formulalardagi direksion burchak (a) o’rniga azimut (A) qo’yiladi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |