2-M A ‘ R U Z A
Joylardagi chiziqlarni oriyentirlash.
REJA
1. Oriyentirlash haqida tushuncha.
2. Oriyentirlash burchaklari.
3.Azimutlar, direksion burchaklar va rumblar.
4. Xaqiqiy va magnit azimutlar orasidagi bog’liklik.
5. To’g’ri va teskari azimutlar, direksion burchak va poligonning ichki burchaklari orasidagi bog’liklik.
6. Magnit strelkasining og’ish burchagi.Meridianlar yaqinlashish burchagi
Joydagi biror chiziqning boshlang’ich deb qabul qilingan chiziqqa nisbatan yo’nalishini aniqlash - shu chiziqni oriyentirlash deyiladi.
Har qanday chiziqning yo’nalishi, shu chiziq bilan boshlang’ich yo’nalish deb qabul qilingan chiziq orasida hosil bo’lgan burchak yordamida aniqlanadi.
1-rasm
Bu burchak oriyentirlash burchagi deb ataladi. Masalan: OX - boshlang’ich yo’nalish. OS chizig’ining OX ga nisbatan yo’nalishi a oriyentirlash burchagi yordamida aniqlanadi.
Joydagi biror chiziq yo’nalishini aniqlashda boshlang’ich yo’nalish deb geografik meridian qabul qilinsa, ular orasidagi oriyentirlash burchagiga - haqiqiy azimut, magnit meridian qabul qilinsa - magnit azimut o’q yoki unga parallel bo’lgan chiziq qabul qilinsa direksion burchak deyiladi.
Haqiqiy azimut, magnit azimut va direksion burchak boshlang’ich yo’nalishning shimol tomonidan boshlab soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha 0° dan 360° gacha o’lchanadi.
2-rasm
Am - OS chizig’i magnit azimuti.
A - OS chizig’ining haqiqiy azimuti.
a - OS chizig’ining direksion burchagi.
3-rasm. 4-rasm.
Haqiqiy azimut bilan magnit azimut bir-biridan d ga farq qiladi. - Bu burchak magnit strelkasining og’ish burchagi deyiladi.
Haqiqiy azimut bilan direksion burchak bir-biridan g burchakka farq qiladi. Bu burchak - meridianlar yaqinlashish burchagi deyiladi.
Rumb - boshlang’ich yo’nalishning shimoliy va janubiy tomoni bilan, chiziq yo’nalishi orasidagi burchakdir. Rumb 0° dan 90° gacha o’zgaradi.
Rumb burchakni qiymatini oldiga koordinata choragini nomi yoziladi. ShShk, ShG’, JShk, JG’.
Yer yuzidagi har bir chiziqning to’g’ri va teskari oriyentirlash burchagi bo’ladi.
MN chiziqning M nuqtadan boshlangan yo’nalishi direksion burchagi - a - to’g’ri direksion burchak;
N nuqtadan boshlangan yo’nalishning direksion burchagi a‘ - teskari direksion burchak.
To’g’ri direksion burchak bilan teskari direksion burchak bir-biridan 180° ga farq qiladi. a‘ =a ± 180°.
Xuddi shunday rumb burchaklari ham to’g’ri va teskari bo’ladi; r - to’g’ri rumb burchak; r’ - teskari rumb burchak; r va r’ larni qiymatlari teng, faqat nomlari o’zgaradi - ShShk - JG’bo’ladi. JG’ - ShShk- bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |