Asosiy kompaniyalar: Hozirgi paytda zamonaviy tizimli platalar asosan IBM, Compaq, Intel, ASUSTek, Mylex Corp., FIC (First International Computer), Giga Byte, Micronic Computers, Packard Bell, HP (Hewlett – Packard), Acer, ABIT, Elitegroup kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
Super I/O mikrosxemasi.
Tizimli platadagi uchinchi asosiy mikrosxema bo’lib, asosan, kirituvchi-chiqaruvchi qurilmalarning ishlashini doimiy ravishda nazorat qilib turadi.
Quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan:
- yumshoq, qattiq hamda kompakt disk diskovodlarining
kontrollyorlari;
- ketma-ket portlarning kontrollyorlari;
- parallel portlarning kontrollyorlari;
- klaviatura va «sichqoncha» portlari kontrollyorlari.
- universal (USB) porti kontrollerlari.
Bunday mikrosxemalarga Intel kompaniyasi tizimli platalariga o’rnatilgan SMS (Standart Microsystems Corp.) kompaniyasining LP47V102 mikrosxemalari misol bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |