laboratoriya ishi
Internetda ta’lim portallari. On –line ochiq kurslar
Internet orqali o`quv materiallarini bepul va erkin tarqatishga mo`ljallangan “Ochiq
darsxona” (Open courseware) deya nomlanuvchi elektron tizim bundan o`n yilcha
muqaddam MTI tomonidan tashkil etilgan edi. Shundan so`ng yuzlab boshqa kollej va
universitetlar ham o`quv materiallarini internetga barcha uchun bepul va ochiq qo`yish
amaliyotini yo`lga qo`ydi. Bugunga kelib MTI va Stenford universiteti ushbu amaliyotni yangi
bosqichga ko`tarishga qaror qildi. Ular endi nafaqat kursda o`tiladigan materiallarni, balki
darsning o`zini ham bepul taqdim etishmoqda. Stenfordda kompyuter bo`yicha ikki mutaxassis
dastlab “Sun’iy intellekt faniga kirish” (Introduction to Artificial Intelligence) nomli bepul
“onlayn” kurs tashkil etdi.
Dunyoning 190 dan ortiq mamlakatidan jami 160 mingdan ziyod talaba kursga
yozildi. Ko`ngillilar yordamida kurs materiallari qisqa muddat ichida dunyoning 44 tiliga
tarjima ham qilindi. Ishtirokchilarning 23 ming nafari kurs materiallarini to`liq tamomlab,
imtihonlardan muvaffaqiyatli o`tdi hamda ushbu kursni bitirganlik to`g`risidagi guvohnomaga
ega bo`ldi.
Dunyoning nufuzli universitetlari taqdim etayotgan ushbu bepul “onlayn”
кurslari:
Coursera.org – https://www.coursera.org/
EdX – https://www.edx.org/
Udemy – https://www.udemy.com/ LinguaLeo – http://lingualeo.ru/ busuu –
http://www.busuu.com/enc/
TED – http://www.ted.com
Сoursera. Расмий сайти:
www.coursera.org
Ushbu ingliz tilidagi loyiha har xil bilimlar bosqichi bo`yicha kurs tizimlarini o`tkazadigan
universitetlar bilan hamkorlik qiladi. Tinglovchilar faqatgina kurslarni o’qibgina qolmasdan,
kursdoshlari bilan gaplasha oladilar, Soursera OOOK testlar va imtihonlar topshiradilar.
Khan akademiyasi. Rasmiy sayti: https://www.khanacademy.org
Bir kuni MIT va Garvardni bitirgan qobiliyatli talaba Salmanxan boshqa shaharda
yashaydigan kichkina amakivachchasini matematika fanidan iynalishini bilib qoladi. U
«YouTube» saytiga videodarslarni joylashtirib, unga yordam bermoqchi bo`ladi va mashhur
bo`lib ketadi. Endi Khan akademiyasi saytida har xil mavzudagi 42000 dan ortiq bepul
mikroma’ruzalar bor. Ulardan ko`pchilig rus tilida ham mavjud.
Garvard Universiteti hamda Massachusets Texnologiya Instituti birgalikda “barcha
yoshdagilar va turli millat vakillari uchun tekin, internet orqali interfaol ta’lim olishlari uchun”
notijoriy tashkilot tashkil qilishdi. EdX – bir so`z bilan aytganda, ta’lim platformasi, endi siz
ingliz tilida Garvard Universiteti, MIT va yana Berkeley Kaliforniya Universitetlarida (hamda
2013-yildan Texas niversiteti ham qo`shilmoqda) o`rgatiladigan kurslardan bilim olishingiz
mumkin.
Hozircha maskur EdX platformasida kimyo, tibbiyot, informatika, fizikaga oid kurslar
qo`yilgan.
Intuit. Rasmiy sayti: www.intuit.ru
Oliy ta’lim va ikkinchi oliy ta’limni olish imkoniyati mavjud bo`lgan, shuningdek,
professional qayta tayyorlash va malakani oshirish imkoniyatlarini taqdim qila oladigan yirik
Rossiya internet-universitetidir.
To`liq o`qish pullik, ammo intuit saytida turli sohadagi: informatika, fizika, matematika,
iqtisodiyot va falsafa bo`yicha 500 dan ortiq kurslarni bepul o`qish (tinglash) mumkin.
Hozirgi kunda ko`pgina kurslar video darslar shaklida ham berilmoqda. Ta’lim kurslarini
tugatganda bepul elektron sertifikat olish mumkin.
Yandex maktabi. Rasmiy sayti: https://yandexdataschool.ru/edu-process/courses
Bu yerda Yandex ma’lumotlar tashxisi maktabi ma’ruzalari joylashtirilgan. Uning
asosiy maqsadi aynan Yandex uchun, shuningdek, AKT industuriyasida ma’lumotlarni
tashxis qilish va qayta ishlash hamda internetdan ma’lumotlarni olish bo`yicha malakali
insonlarni tarbiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |