11. Natijada yangi electron pochta ochiladi, va ushbu sahifa paydo bo‘ladi.
Yuqoridagi ketma-ketlik bajarilgach, Siz elektron pochtangizni ro‘yxatdan o‘tkazgan
bo‘lasiz va Sizga pochta ochilganligi haqidagi ma’lumot paydo bo‘ladi.
Elektron pochtadan foydalanish
Elektron pochtaga kirish uchun yuqoridagidek, www.mail.ru saytiga kirilgach, undagi
ИМЯ: (Login) oynasiga elektron pochta (foydalanuvchi-Login) nomini, ПАРОЛЬ: oynasiga
parolni kiritamiz. So‘ngra ВОЙТИ (yoki [Enter]) tugmasini bosamiz.
Natijada elektron pochtamizning quyidagi oynasi
hosil bo‘ladi.
Ko‘rib turganimizdek, elektron pochta oynasida
Bходящие, Сомнительные, Oтправленный,
Черновики, Корзина kabi bo‘limlar mavjud
bo‘lib, ularning har biri o‘z vazifasiga ega.
Masalan,
Входящие – elektron pochtaga kelib tushgan
xatlar ro‘yxati,
Сомнительные – noma’lum (shubhali) xatlar
ro‘yxati,
Отправленный – biz jo‘natgan(yuborgan) xatlar
ro‘yxati,
Черновики – vaqtinchalik (saqlangan, keyinchalik yuboriladigan) xatlar ro‘yxati,
Корзина – o‘chirilgan xatlar, to‘liq o‘chirishga mo‘ljallangan xatlar ro‘yxati.
Internetda xat yozish, jo‘natish uchun Написать письмо tugmasini bosamiz. Natijada
bizga xat yozish uchun quyidagi ko‘rinishdagi oyna hosil bo‘ladi:
1) КОМУ maydoniga biz yuborayotgan
tegishli shaxsning (xat yuboriladigan)
elektron pochta manzili kiritiladi.
2)
КОПИЯ
maydoniga
xuddi
shu
mazmundagi xat boshqa manzillarga ham
jo‘natilishi zarur bo‘lganda, yuboriladigan
mualliflarning elektron pochta manzillari
11
kiritiladi (manzillar vergul bilan bir-biridan ajratiladi).
3) СКРЫТАЯ maydoniga yuborilgan manzillarning yashirin ko‘rinishi.
4) ТЕМА maydonida yozilayotgan xat mavzusi (sarlavhasi) ko‘rsatiladi. Mavzu kiritilmagan
holatda ham xato hisoblanmaydi.
5) Keyingi katta darcha(oyna)ga yoziladigan xatning matni kiritiladi. Xatni yozib bo‘lgandan
keyin OТПРАВИТЬ tugmasi bosiladi. Natijada ekranda xat jo‘natilganligi haqidagi xabar paydo
bo‘ladi.
Agar birorta faylni qo‘shib yubormoqchi bo‘lsak, Прикипление belgisining oldidagi
[обзор...] tugmasini bosamiz. Bizdan faylning qayerda turganligini so‘raydi, faylni joyini
ko‘rsatgandan so‘ng, oynada shu fayl turgan joyni ko‘rsatuvchi yozuv hosil bo‘ladi. Bir necha
faylni qo‘shib yuborish uchun esa Прикипление tugmasini bosib yuqoridagi ketma-ketlik
bajariladi, unda ikkinchi fayl qo‘shilganligini bildiruvchi yozuv chiqadi (uchinchi va hokazo
o‘nta fayl ham shu tartibda qo‘shiladi) va nihoyat OТПРАВИТЬ tugmasi bosiladi.
Bizga kelib tushgan xat mazmuni (bizga kelgan xatlar) bilan tanishish uchun Bходящие
bo‘limiga kiramiz. Natijada pochtamizga kelib tushgan xatlar ro‘yxati hosil bo‘ladi.
Undan kerakli xatni yoki ixtiyoriy birorta
xatni o‘qimoqchi bo‘lsak, uning ustiga
sichqonchani olib borib, chap tugmasini
bosganimizda, ekranda kelgan xatning to‘liq
matni hosil bo‘ladi. Yangi kelgan xatlar yoki
o‘qilmagan xatlar quyuqroq (qalin) rang
bilan alohida ajralib turadi. Matn bilan
tanishib chiqqach, lozim bo‘lsa, xatga javob
yo‘llashimiz ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: