2 - Laboratoriya mashg’uloti
Mavzu:Gruntlarning kapillyar balandligini aniqlash.
Ishning mazmuni va maqsadi: Gruntlarning kapillyar balandligini o‘rganish va aniqlash.
Kerakli jihozlar: Shisha trubka, voronka, fosfor idish.
Mavzu bo’yicha qisqacha nazariy ma’lumot
K apillyarlik xossasi deb, gruntlardan suvning ko’tarilish balandligi va tezligiga aytiladi. Kapillyar balandlik gruntning granulometrik tarkibiga, namligiga, suvning haroratiga, tuzlar miqdoriga bog’liq.
Ish tartibi: Shisha trubkaga voronka orqali oz-ozdan grunt solib, sekin-asta zichlanadi. Trubka shtativga mahkamlanib, suvli idishga tushuriladi. Grunt rangi o’zgarishiga qarab kapillyar balandlik aniqlanadi. Shisha idishda suvning yuzasi tajriba davomida o’zgarmas bo’lishi kerak, ya'ni suv kamayganda, suv quyib turish lozim. Kapillyar balandligi har bir 1, 2, 3, 5, 10, 20, 30 min, 1 soat, 24 soat, toki o’zgarmas bo’lguncha aniqlanadi. Natijasi jadvalga yoziladi va grafigi tuziladi.
Gruntning nomi
|
Tajriba vaqti, min.
|
|
1
|
2
|
3
|
5
|
10
|
20
|
30
|
60
|
Kapillyar balandlik, mm.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1 – ilova
Laboratoriya mashg’ulotini bajarish tartibi va reglamenti
1. Laboratoriya ishiga talabalarning tayyorgarligini aniqlash – 15 min.
2. Guruhda ishlash va laboratoriya ishini bajarish – 60 min.
3. Ishning natijalari bo’yicha hisobotni taqdim etish – 10 min.
|
2 – ilova
Guruh bilan ishlash qoidalari
Guruhning har bir a’zosi:
o’z sheriklarni fikrlarini hurmat qilishlari lozim;
berilgan topshiriqlar bo’yicha faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim;
o’zlariga yordam kerak bo’lganda so’rashlari mumkin;
yordam so’raganlarga ko’mak berishlari lozim;
guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim.
|
3 – ilova
Guruhlarga topshiriqlar
1 - topshiriq : laboratoriya tajribalarini o’tkazish.
2 - topshiriq: tajriba asosida son qiymatlarini aniqlash.
3 - topshiriq: laboratoriya jadvallarini to’ldirish va hisobot topshirish.
4 – ilova
Blis-so’rov usuli bo’yicha savollar
1. Kapillyar balandlik nima?
2. Kapillyar balandlik nimaga bog’liq?
3. Kapillyar balandlik qaysi gruntlarga hos?
4. Kapillyar balandlikning ahamiyati?
5 – ilova
Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari (ball)
Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari
(ballarda)
|
Guruhlar
|
1
|
2
|
1 - topshiriq: (0,5)
|
|
|
2 - topshiriq: (0,5)
|
|
|
3 - topshiriq: (0,5)
|
|
|
Jami (1.5)
|
|
|
Nazorat savollari:
Gruntlarning kapillyar balandligini aniqlashdan maqsad nima?
Gruntlarning kapillyar balandligi nimaga bog‘liq va qanday bog‘liq?
Gruntlarning kapillyar balandligi qaysi asbob orqali aniqlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |