2-laboratoriya mashg’uloti. ELEKTROMAGNIT RELENING TUZILISHI VA ISHLASH PRINSIPINI O’RGANISH.
I. Ishning maќsadi.
1. Elektromagnit relening tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganish.
2. Releni sinash va uning ќuyidagi asosiy parametrlarini aniќlash: ishga tushish, ќo‘yib yuborish, ishchi parametr, ќaytish koeffitsienti ulangandagi va ishdan to‘xtatilgandagi zaћira (zapas) koeffitsienti.
II. Umumiy ma’lumotlar. Rele deb, ma’lum bir kirish signali o‘zgarganda chiќish kattaligining sakrashsimon o‘zgaruvchi elektr asbobga aytiladi. Elektromagnit relening tuzilishi 1-rasmda ko‘rsatilgan: 1-yakor; 2-o‘zak; 3-cho‘lѓam; 4-prujina; 5- kontaktlar guruћi; 6 - ћavo oraliѓi
1-rasm. Elektromagnit relening sxematik ko‘rinishi.
Rele cho‘lѓamidan o‘tayotgan tok magnit maydoni ћosil ќilib, bu magnit maydon o‘zak, magnit o‘tkazgich, yakor va ћavo oraliѓi (δ) orќali ulanadi. Kirish signali o‘sganda cho‘lѓamning tortish kuchi prujina (4) ning kuchlanganligidan katta bo‘ladi va cho‘lѓamning o‘zagi (2) ga yakor (5) ni tortadi. Bunda reledagi kontaktlar o‘zlarining ћolatlarini o‘zgartirishadi. Relening asosiy ko‘rsatkichlari (2-rasm.)
1. Ishga tushish ko‘rsatkichi - relening ishga tushish paytidagi kirish kattaligining eng kichik ќiymati Xit.
2. Ќuyib yuborish ko‘rsatkichi - relening oldingi ћolatiga ќaytish uchun zarur bo‘lgan kirish kattaligining eng katta ќiymati Xk.yu..
3. Ќaytish koeffitsienti
4. Ishchi parametr - rele uzoќ vaќt ishlashi uchun zarur bo‘lgan kirish kattaligining ќiymati (nominal rejimdagi) - Xish.
5. Zaћira (zapas) koeffitsienti:
2-rasm. Relening tavsifnomasi
Rele asboblari bo‘yicha bildirgichlarda faќat ishchi parametr va Kk Kz.it Kzk.yu. koeffitsentlar beriladi, ya’ni muxandis uchun kerakli ko‘rsatkichlar ћisoblab topiladi.
Relening ishi tortma va mexanik tavsifnomalarining moslashuviga boѓliќ.
3-rasm. Relening tortma va mexanik tavsifnomalari.
Tortma tavsifnoma – bu cho‘lѓamning elektromagnit kuchlanganligi Fe va yakor bilan o‘zak o‘rtasidagi ћavo oraliѓi ga boѓliќ. Mexanik tavsifnoma esa prujinaning kuchlanganligi Fm bilan yakorning surilishi oraliѓi ga boѓliќlikdir.
III. Tajriba ќurilmasining ќisќacha tavsifi. Tajriba ќurilmasi stend ko‘rinishda tayyorlangan bo‘lib, unda o‘lchash asboblari (ampermetr va volmetr), sinalayotgan rele (K) va kommutatsion apparatlar o‘rnatilgan. Ќurilmaning prinsipial elektrik sxemasi 4-rasmda ko‘rsatilgan. SA o‘zgartkich orќali sinalayotgan rele K uchun kuchlanish turi tanlanadi. Tajriba avtotransformatori (LATR) yordamida K ga kirish signalining talab ќilingan kattaligini tanlash mumkin. Volmetr pV va ampermetr pA yordamida nazorat olib boriladi.
IV. Ishning dasturi.
1.O‘chirgichni o‘chirilgan ћolatga, LATR ni U=0 boshlanѓich ћolatga ќo‘yiladi.
2. Stendni 22O V tarmoѓiga ulang. O‘chirgichni ќo‘shing, NL signal chiroѓi yonadi. 3. LATR yordamida K ning kirish kuchlanishi o‘zgartirilib, RA orќali Iit, Iќ.yu, Iish larni aniќlang va Kќ, Kz.it, Kz.ќ.yu. koeffitsientlarini ћisoblab toping. Topilgan ќiymatlarni 1-jadvalga kiriting.
4. O‘lchashlarni 5 marta takrorlang.
5. LATR ni boshlanѓich ћolat U = 0 ga ќaytaring.
6. YAkor va o‘zak oraliѓiga ma’lum ќalinlikdagi ќatlamni o‘rnating.
7. LATR yordamida Ii tokining karrali kattaligini ќo‘yib maxsus xalќaga osilgan dinometr yordamida yakorning o‘zakdan ajralish kuchini o‘lchab oling. Ќiymatlarini 2-jadvalga kiriting.
8. Ћar xil ќalinlikdagi ќatlamlar uchun 7- banddagi topshiriќni takrorlang (o‘ќituvchining topshiriѓi bo‘yicha).
Do'stlaringiz bilan baham: |