Yuklash yozuvi
Yuklash yozuvi avvalambor kichik dasturdan iborat bo’lib, u xotirada
operatsion sistemada yuklash jarayonini boshlaydi. Bu dastur operatsion sistema
fayllari mavjudligini tekshiradi va mavjud bo’lsa yuklashga kirishadi.
DEBUG dasturi yordamida yuklash yozuvini tekshirish mumkin, u
dizassembler, ya`ni mashina tilidan assembler tiliga tarjima qilish qobiliyati bilan
diskning har qanday sektorini o’qish qobiliyatiga ega. Agar siz yuklash dasturi
haqida ko’proq bilishni istasangiz va sizni DEBUG dasturining navbatdagi
komandasini ketma-ket keltirishga urinib ko’ring, u A diskovod bilan yuklash
dasturining boshlanishini topishga imkon beradi:
DEBUG
L 0001 ;1- sektorni yuklaymiz
U 0L2 ; 1-ikki baytni dizassembler qilamiz
U 2E ;2E adresli baytlarni dizassembler qilamiz.
E`tibor bering: adres 2E faqat standart IBM PC uchun o’rinli. Agar sizda
boshqa model bo’lsa, 2E o’rnida boshqa adres namoyon bo’lsa – siz uni JMP
instruktsiyasidan keyin ko’rasiz, qachonki birinchi U komandasini bajarsangiz.
Har qanday diskning (8 sektorlidan boshqa) yuklash yozuvi 4-baytdan
boshlab bir nechta kalitli parametrlarda o’rnashgan, ularning kengaytmasi jadval 5.
25
da o’z aksini topgan. Bu parametrlar – ma`lumotlarning maxsus tuzilgan qismi
bo’lib, disk qurilmasining tipini boshqaradigan operatsion sistemada foydalaniladi.
Yuklash yozuvining oxiri DOS ning 2- versiyasidan boshlab doimo 2 baytli 55 AA
ketma-ketligi bilan belgilanadi.
Yuklash yozuvidan tarkib topgan disk parametrlari.
Aralashma Uzunlik Izoh
3
11
13
14
16
17
19
21
22
24
26
28
8 bayt
1 so’z
1 bayt
1 so’z
1 bayt
1 so’z
1 so’z
1 bayt
1 so’z
1 so’z
1 so’z
1 so’z
Sistema identifikatori (masalan IBM 2.1)
Sektor o’lchovi (odatda 512 bayt)
Klaster o’lchovi (odatda 1 yoki 2 sektor)
Zahiradagi sektorlarning soni (1 disketa uchun)
FAT nusxasi soni (2 disketa uchun)
Katalogda fayllar soni (masalan 64 yoki 112)
Disketada umumiy sektorlar soni (D–9 uchun 720)
Format kodi (masalan FF, FE, FD yoki FC )
FAT o’lchovi (odatda 1 yoki 2)
Yo’ldagi sektorlar soni (masalan 8 yoki 9 disketa
uchun)
Disk tomonlari raqami (masalan1 yoki 2)
Maxsus sektorlarning soni
Tashqi xotiraning tuzilishi
Qattiq magnit disklari quyidagi qismlaridan umumiy ko’rinishga ega:
26
Uning tarkibini ko’rish uchun eng osoni –bu boshqaruv platasini echib olish.
U atigi 3 ta oltiburchakli boltlar bilan mahkamlangan.
Keyin yuqori qismdan 7 ta oltiburchakli boltlar mavjud, ularni ham echib
olamiz.
27
Navbatda glovkalar. Ular 16 ta, chunki bu qattiq diskda 8 ta diski mavjud.
Ularni esa echib olish unchalik oson emas. Ushlab turuvchi boltlarni echish qiyin
emas, gap shundaki qattiq diskning boshchalarini harakatga keltiruvchi motorda
juda katta magnit kuchlari mavjud.
Disklarning yuza qismi juda nozikligi sababli ular bilan ishlayotganda juda
ehtiyot bo’lish kerak.
Bu disklar bilan golovkalarning joylashgan rasmi.
28
Umuman olganda qattiq diskni echib olganimizdan so’ng quyidagi rasmda
keltirilgan qismlari qoldi. Shuni aytish joizki, qattiq diskni bu usulda echib
olishimiz biroz qo’pol bo’lishiga qaramay qattiq diskimiz shikastlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |