2 - laboratoriya ishi.
Anorganik moddalarning olinishi va xossalari. Anorganik birikmalarning
eng muhim sinflari.
Ishdan maqsad:
oksid, asos, kislota va tuz hosil qilish. Ularning
xossalarini o’rganish.
Kerakli jihoz va reaktivlar:
chinni kosacha, tayoqcha, havoncha,
tomizgich, stakan, kolba, probirka, qoshiqcha, shisha tayoqcha, filtr qog’oz, gaz
o’tkazuvchi nay, dis. suv, mis(II) sulfat, natriy gidroksid, natriy sulfat, kons. sulfat
kislota, rux sulfat, ammoniy gidroksid, alyuminiy sulfat, xlorid kislota, kalsiy
karbonat, natriy atsetat, bariy xlorid, kaliy sulfat, kumush nitrat, osh tuzi, rux
bo’lakchasi.
Nazorat savollar:
1. Oksidlar qanday moddalar?
2. Asoslar qanday moddalar?
3. Kislotalar va tuzlar qanday moddalar? Ularning formulalarini yozing!
Ishning borishi:
Oksidlarga oid tajribalar:
1-tajriba. CuO ning hosil bo’lishi. Toza
probirkaga CuSO
4
eritmasidan 5-6 tomchi quying, ustiga 5-6 tomchi o’yuvchi
natriy (NaOH) eritmasidan tomizing. Natijada havo rangli Cu(OH)
2
hosil bo’ladi.
Hosil bo’lgan Cu(OH)
2
ni ohistalik bilan chinni kosachaga solib qizdiring, qora
rangli CuO hosil bo’ladi.
2-tajriba. Sulfit angdrid (SO
2
) ning hosil bo’lishi. (Tajriba mo’rili shkafda
o’qituvchi ishtirokida o’tkaziladi). Toza probirkani qisqich bilan ushlab, unga
Na
2
SO
3
ning bir nechta kristallidan soling, ustiga konsentrlangan H
2
SO
4
dan 2-3
tomchi tomizing. Reaksiyada qanday gaz ajralib chiqadi.
Asoslarga oid tajribalar:
3-tajriba. Rux gidroksid Zn(OH)
2
ning hosil
bo’lishi. Toza probirka olib, unga 2-3 tomchi rux sulfat eritmasidan tomizing,
ustiga 4-5 tomchi ammiak eritmasidan tomizing. Rux gidroksid cho’kmasining
hosil bo’lishini kuzating va reaksiya tenglamasini yozing. Hosil bo’lgan cho’kmani
2 ta toza probirkaga teng qilib qo’ying. 1-probirkaga H
2
SO
4
eritmasidan cho’kma
erib ketguncha quying. Sodir bo’lgan reaksiya tenglamasini yozing.
4-tajriba. Alyuminiy gidroksid Al(OH)
3
ning hosil bo’lishi. Toza probirka olib
unga 3-4 tomchi
Al
2
(SO
4
)
3
eritmasidan quying va ustiga Al(OH)
3
cho’kmasi hosil
bo’lguncha oz-ozdan NaOH eritmasidan tomizing. 1- probirkaga HCl eritmasidan,
2-probirkaga cho’kma erib ketguncha NaOH eritmasidan quying. Cho’kma erib
bo’lgandan so’ng qanday moddalar hosil bo’lganligini reaksiya tenglamasi asosida
tushuntiring.
Kislotalarga oid tajribalar:
5-tajriba. Sirka kislotaning hosil bo’lishi.
Toza probirka olib unga natriy atsetat (CH
3
COONa) tuzidan ozroq soling, ustiga
bir necha tomchi sulfat kislota erimasidan quying, bunda sirka kislotasi hosil
bo’ladi (uni hididan bilish mumkin). Reaksiya tenglamasini yozing.
Tuzlarga oid tajribalar:
6-tajriba. Normal tuzlarning hosil bo’lishi.
a) Toza probirkaga BaCl
2
eritmasidan 5-6 tomchi tomizing va ustiga
shuncha miqdorda K
2
SO
4
eritmasidan tomizing qanday hodisa kuzatiladi?
Cho’kmaning rangiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) toza probirka olib taxminan, unga 5-6 tomchi CuSO
4
quying, unga 1 dona
rux bo’lakchasini tushiring: eritmani rangi yo’qolguncha qizdiring. Reaksiya
natijasida mis ajralib chiqishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
Topshiriq:
O’tkazilgan tajribalar va bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot
yozing