Mavzu: Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi qo‘shimcha yangi texnik qurilmalarni ulash. Kompyuterning quyidagi asosiy qurilmalardan iborat: sistema bloki; monitor; klaviatura; sichqoncha; 1-rasm. Kompyuterning asosiy qurilmalari
Sistema blok – kompyuterning yadrosidir. Sistema bloki himoya g‘ilofiga о‘ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. U keys deb ham ataladi.
2-rasm. Sistema bloki
Kompyuter monitori (monitor) — grafik, matnli ma’lumotlarni ekranga chiqarib berish uchun xizmat qiladigan qurilmadir, ekranga chiqarish monitor displeyi orqali amalga oshiriladi. Raqamli signallar (0 va 1) videokarta orqali video signallarga aylantirilib, monitor orqali odamlar tushunadigan ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, monitor mashina va odam orasidagi bog‘lovchidir.
Ma’lumotlarni ekranga chiqarish bo‘yicha monitor 2 xil ko‘rinishga ega:
Raqam-yozuv, simvollarni ko‘rsatuvchi monitor. Bu monitor ekranga faqat yozuv yoki raqamlarni chiqarib beradi, grafikalarni chiqara olmaydi, misol qilib dastlab chiqarilgan monitorlarni, kalkulyatorlar, peydjerlarni olish mumkin.
Grafik ko‘rinishda ko‘rsatuvchi monitor. Bu tur monitorlar raqam, yozuv, simvollardan tashqari grafikani ham namoyon qila oladi.
Asosan monitorlar, ishlash texnologiyasi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Elektr nurli trubka asosida ishlaydigan monitor (CRT, ЭЛТ monitor). Bu turdagi monitor elektrnurli trubkadan chiqayotgan elektronlar asosida ishlaydi, elektronlar lominoform bilan qoplangan sloyga ichki tomondan urilib, 3 ta asosiy rang (qizil, yashil, ko‘k RGB) asosida qolgan ranglarni chiqaradi.
3-rasm. Elektron nurli trubkali
Hozirgi kunda bu turdagi monitor quyida keltirilgan kamchiliklari sababli, texnika bozorida o‘z o‘rnini yo‘qotdi:
katta hajmdaligi;
og‘irligi;
elektro-magnit nurlanishning kuchliligi;
elektr ta’minotni katta sarflashi.
Shunday bo‘lsa ham, bunday monitor rasm va boshqa ob’yektlarni aniq va tiniq ko‘rsata oladi, shu sababli arxitektor, dizayner va shunga o‘xshash kasb egalari CRT monitoridan voz kechishganligi yo‘q.
2. Suyuq kristallardan tashkil topgan monitor (LCD — Liquid Crystal Display). Bu monitor to‘liq suyuq kristallardan tashkil topgan. Dastlab bunday texnologiya kalkulyatorlarda, kvars soatlarda qo‘llanib ko‘rilgan, keyinchalik monitorlarga ham ishlatila boshlangan. Asosi suyuqlik bo‘lganligi sababli, bu xildagi monitorning ko‘rish burchagi bo‘lib, monitordagi ob’yektlar har xil burchak ostida har xil (har xil rangda desa bo‘ladi) namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |