2-Laboratoriya ishi
Avtomobil dvigateli yonilg'i bilan ta'minlash tizimini diagnostikalash va sozlash ishlari
Ishdan ko'zlangan maqsad: Taminlash tizimining diagnostikasi va sozlash ishlarini o’rganish
Bajariladigan ishlar.
1.Divigitil salt ishlaganda tirsakli valning eng kichik aylanishlar soni bilan ravon aylanishi tekshiriladi va sozlanadi.
2.Karbyuratorning qalqovishli kamerasidagi yonilg’i sathi va ignasimon klapanning germetikligi tekshiriladi.
Kerakli jixozlar:
1.Paf 22-03 abtomobili.
2.Karbyurator sozlovchi chlangarning asboblari.
Ishni bajarilish joyi
Farg'ona taksi saroyi.
Ishning bajarish tartibi.
Karbyuratorni sozlashdan avval dvigitilni sovutish tizimidagi suyuqlik harorati 75-80° C gacha qizdilib olinadi va o’t oldirish tizimi toliq nazoratdan o'tiladi. Karbyuratorni kallektorga o'rnatish jipisligi va yonilg'i kirituvchi kanallar germetikligi tekshiriladi. Undan so'ng dvigitlni salt ishlashga moslab sozlash ishlari quyidagi tartibda bajariladi: yonilgi sifatini sozlash vintini ohirigacha qotirib so'ngra 1.5-2 marta bo'shatiladi va drosselni tayanch vintini burab tekis ishlashga erishiladi. Yana sifat vinti buralib dvigitlni eng katta aylanishlar sonidagi ravon ishlash rejimiga keltiriladi va miqdor vinti orqali kichik ravon ishlari soni sozlanadi. Bu jaroyon bir nechabor qaytarilib, dvigitlni eng past aylanishlar sonida ravon ishlash holiga keltiriladi. So'ngra drossel birdagina ochilib hamda berkitilib karbyurator ishlashi tekshiriladi. Bunda dvigatel o'chib qolmasligi zarur. Dvigatelni tirsakli valini eng kichik va bir tekis ishlashiga erishilgandan song, karbyuratorni yonilgi sathi tekshirish ishlari bajariladi.
Karbyuratordagi yonilgi sathini tekshirish va sozlash.
Ko'pchilik korbyuratorlarda yonilgi sathini tekshirish uchun mahsus tirqish yoki oynachalar bolib, ular orqali sath tekshiriladi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan karbyuratorlarning qalqovuchli kameralaradagi yoqilg'i sathini tekshirish uchun karbyuratorni ustki qismini yechish va nazorat qilish mumkin. Qalqovuchli kameradagi yonilgi sathini sozlash uchun qalqovuchni maxsus sozlovchi tilchalaridan foydalanadi. Tilchalar ignasimon klapanlar ustiga o'rnatilgan bo'lib ular ignaning yurish yolini (1.2-1.5 mm) sozlash orqali kameradagi yoqligi sathini meyoriga keltiriladi. Qalqovuchni zichligini tekshirish uchun uni o'qidan chiqarib olib, 60° 80° C gacha isitilgan suvli idishga solib botirib bir daqiqa mobaynida tekshiriladi, bunda havo pufakchalarini chiqishi qalqovuchda teshik joyi borligidan darak beradi. Qalqovuch ichiga kirib qolgan yoqilgini chiqarib yuborish uchun shikastlangan joy qarshisidan va siqligan havo bilan purkaladi. Qalqovuchni shikastlangan joyi qalay yoki maxsus elimlar yordamida yamab qoyiladi.
Xisobot.
Karbyurator markasi_____________
Tekshiriladigan parametrlar
|
Sinov natijalari
|
Yonilg'I satxi
|
|
Korpusning germetikligi
|
|
Ninasimon kalpanning germetikligi
|
|
Nazorat savollari.
1. Dvigatelning ta'minlash tizimining xolatini dvigatelning umumiy ko'rsatkichlariga ta'siri.
2. Ta'minlash tizimining asosiy nosozliklari.
3. Nosozliklarning a'lomatlari va kelib chiqish sabablari.
4. Tashqi nazorat ishlarining bajarilish tartibi.
Adabiyotlar.
1. Avtomobillarning texnik ekcpluatatsiyasi. Kuznesov E.C. (Magdiev Sh. P tarjimasi), TAYI, 2003 y.
2. Avtomobillar Mamatov H. Toshkent Uzbekiston, 1996 y.
3. Uzbekiston Respublikasi avtomobil transporti harakat tarkibiga texnik hizmat ko'rsatish va ta'mirlash to'g'risida nizom. Toshkent, 2000 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |