2. Aristotelning iqtisodiy qarashlari
Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlaming yirik namoyandalaridan biri Aristotel (m.av 384-322) hisoblanadi. O‘z mamlakatida shakllangan natural-xo'jalik munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi yunon mutafakkiri boshqa zamondoshlariga qaraganda iqtisodiy muammolarga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo‘lgan. Uning iqtisodiy masalalar bo‘yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» va «Siyosat» hisoblanadi. Bu yerda Aristotel, xuddi Platonga o'xshab, ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda xo‘jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topish nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Shu yerda Aristotel boylik topish va ehtiyojlami qondirish usullari to‘g‘risida fikr yuritib, ekonomika va xrematistika tushunchalari farqini ajratib ko‘rsatib beradi.Aristotel nafaqat o‘zining falsafiy tafakkuri, balki sotsialistik iqtisodiy g‘oyalami rivojlantirishga qo‘shgan hissasi bilan ham ajralib turadi. Aristotelning iqtisodiy tafakkurga qo‘shgan asosiy hissasi tovarlar almashuvi va bu almashuvda puldan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlami chuqur yoritganligida edi. Uning fikricha, odamlaming ehtiyoji o‘rtacha, lekin odamlaming istaklari cheksizdir. Shundan kelib chiqib, ehtiyojni qondirish uchun tovarlami ishlab chiqarish tabiiy, cheksiz istaklami qoniqtirish uchun tovarlami ishlab chiqarish notabiiy holat. Aristotelning fikricha, tovarlar bozorda sotish uchun ishlab chiqarilganida, bu faoliyat ehtiyojni yoki istaklami qondirish uchun amalga oshirilganligini aniqlash qiyin; lekin uning fikricha, agar bozordagi almashuv barter shaklida bo'lsa, bu tabiiy ehtiyojni qondirish uchun amalga oshirilgan va bimdan iqtisodiy foyda ko‘zlanmagan. Lekin pul vositasida almashuvning asosiy maqsadi Aristotel tomonidan qoralangan daromadni olish ekanligi ko‘zda tutiladi.
Aristotel Platon va ko‘pchilik boshqa yunon olimlarining iqtisodiy faoliyatini kengroq miqyosda o‘rgandi. Aristotel ko‘rsatib o‘tgan qiziqarli masalalardan biri shundan iboratki, yetishmovchilik muammosini iste’molni kamaytirish, odamlaming munosabatini o‘zgartirish yo‘li bilan hal qilish mumkin. Bu yetishmovchilik asosida yotadigan to‘qnashuvlami bartaraf etib, jamiyatdagi to‘qnashuvlami tugatish orzusida bo‘lgan utopistlar va sotsialistlar uchun kuchli g‘oya bo‘ldi.[1]
Ekonomika - Aristotel tushunchasi bo‘yicha bu eng avvalo, dehqonchilikdagi kishilaming hamda hunarmandchilik va mayda savdo bilan band bo‘lganlaming asosiy va sharafli faoliyatidir. Uning maqsadi - insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish hisoblanadi, shuning uchun unga davlat g‘amxo‘rlik qilishi kerak.
Xrematistika bu yirik savdo yo‘li bilan boylik orttirish mahoratidir. Aristotelning qayd qilib o‘tishicha, bunday boylik orttirish maqsadiga erishishning cheki bo‘lmaydi. Bunday maqsad - boylik va pul topishdir (shu boisdan uning chegarasi yo‘q). Ekonomikadan farqli ravishda, xrematistika zarur hisoblanmaydi va tabiat qonunlariga zid, deb ko‘rsatiladi. Shundan kelib chiqqan holda, Aristotelning xitob qilishicha, «ekonomika maqtovga sazovor, xrematistika esa - tanbehga».
Qadimgi yimon mutafakkirlarining ekonomika va xrematistikaga bo‘lgan bunday munosabati, uning natural xo‘jalik mavqeyida bo‘lganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Aristotel o‘zining ekonomika va xrematistika konsepsiyasi doirasida quldorlik davlat tuzilishini ideallashtirib, xo‘jalik hayotining eng muhim unsurlarini sun’iy ravishda «soddalashtirdi». Masalan, Aristotel fikri bo‘yicha, «haqiqatan ham narsalar shu qadar turli-tumanki, ulami tenglashtirib (taqqoslab) bo‘lmaydi». Shunga ko‘ra xulosa qilinadi: «5 qo‘ndoq = 1 uyga», chunki ulami taqqoslash faqat go'yoki pul tufayli amalga oshirilishi «kundalik hayotda» ancha qulay. Tovar sifatidagi pulning o‘zi esa, olimning fikricha, stixiyali ravishda emas, balki odamlar o‘rtasidagi kelishuv natijasida kelib chiqqan va uni (pulni) «iste’molga yaroqsiz» qilib qo‘yish «bizning ixtiyorimizda».
Aristotelning ekonomika va xrematistika konsepsiyasi «kamchiligiga» ayirboshlashning ikkiyoqlama tavsifini ham kiritish mumkin. Bu yerda gap shundaki, bir joyda ayirboshlash ehtiyojni qondirishda asosiy bitim sifatida ko‘riladi va tovaming iste’mol qiymatini iqtisodiyot sohasining kategoriyasi sifatida talqin qilish imkonini beradi, ikkinchi bir joyda — aksincha, ayirboshlash boylik orttirish sifatida qaraladi va tovaming almashuv qiymatini xrematistika sohasining kategoriyasi, deyishga asos bo‘la oladi.
Nihoyat, shu konsepsiya nuqtayi nazaridan Aristotel savdo shakllari evolyutsiyasi bosqichlarini va pul muomalasini biryoqlama tahlil qilib, o‘zining yirik savdoga va ssuda operatsiyasiga salbiy munosabatda ekanligini namoyon etdi. Xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovar ayirboshlash va pul vositasi orqali tovar ayirboshlash kabi savdoning dastlabki shakllarini u ekonomika sohasiga kiritadi, savdo kapitalining harakatini, ya’ni tovar ayirboshlash jarayonida dastlabki avanslangan pulni ko‘payishini xrematistika sohasiga kiritadi. Xuddi shunga o'xshash, Aristotel pul muomalasi shaklini tadqiq qiladi va pulning qiymat o‘lchovi va muomala vositasi tarzida aks ettirilishini - ekonomika sohasiga, pulning foydani ko‘paytirish vositasi sifatida ishlatilishini esa xrematistika sohasiga kiritadi.
Аristotel (384 - 322 eramizdan oldingi). U Аleksandr Makedonskiyning ustozi bulgan. Iktisodiy muammolar ѐritilgan asarlari kuyidagilar: «Politika», «Nikomaxova etikasi». «Politika» kitobini yezish uchun 158 davlatlarni (kupi polis- davlatlar) tuzilishini shogirdlari yerdamida analiz kilib yezgan.
Аristotelь davlatida monarxiya, aristokratiya va demokratiya bulishi kerak edi. U jamiyatni kuyidagi sinflarga buladi:
a) yer egalari;
b) chorvadorlar;
v) xunarmandlar;
g) savdogarlar;
d) yellanma ishchilar;
ye) xarbiylar va grajdan jamiyatiga kirmagan kullar.
Kuldor bilan kul urtasidagi munosabatni tabiiy deb, uni tabiatdan izlaydi, abadiy deb xisoblaydi, shu bilan birga kulchilik yuk bulib ketadigan jamiyatni orzu kiladi.
Аristotel iktisodietga xremastikani karama - karshi kuyadi, uningcha iktisodiѐt - bu xaet uchun zarur bulgan neʼmatlarni olish sanʼati, xremastika – chegarasi bulmagan mutlok boyish, buning uchun manba esa almashuv jaraenidir.
Аristotel birinchi bulib kiymatning shakllarini analiz kilishga intilgan. U savdoning shakllarini, pulning muomala, kiymat ulchovi funktsiyasini xam yezadi. Sudxurlikka salbiy munosabatda bulgan. «Protsent – bu puldan kelgan pul, shuning uchun eng zid tarmokdir» deb yezadi. Аristotelь - natural xujalikning ideologi bulib kolaverdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |