O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI ОLIY VА O’RТА МАХSUS ТА’LIMI VAZIRLIGI
МЕHNAT ТА’LIMI KAFEDRASI
“SERVIS XIZMATI ” FANIDAN
1- AMALIY MASHG’ULOT
Tuzuvchi: К. Аbdullayeva
Amaliy mashg’ulot № 1
Mavzu: Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash texnologiyasi (Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash bosqichlari va texnika xavfsizligi qoidalari).
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi: Kartoshka bo‘tqasini tayyorlash texnologiyasini o‘rganish.
Amaliy ishini bajarish:
Taom yoki mahsulotni tayyorlash uchun ish o‘rnini tashkil etish va masalliqlarni tayyorlash
Masalliqlarga birlamchi ishlov berish
Taom yoki mahsulotni pishirish
Tayyor taom yoki mahsulot sifatini aniqlash
Kerakli masalliqlar meyori bo‘yicha hisob kitob qilish
Amaliy ish bo‘yicha hisobot quyidagilardan iborat bo‘lishi shart:
- Taom yoki mahsulotning odam organizmi uchun ahamiyati yozing.
- Taom yoki mahsulot tayyorlash jarayon kartasini tuzing.
- Tayyorlangan taomlar sifatiga va saqlanishiga bo‘lgan talablarni yozing.
- Tamning vitaminga boyligini aniqlash.
- Taom yoki mahsulot kimyoviy tarkibini va to‘yimliligini hisoblang.
Mustaqil ish uchun variantlar:
1.Kartoshkani qaynatib pishirish usullari
2.Kartoshkani parda pishirish
3.Kartoshkani qovurib pishirish
4.Karom do‘lma
5.Balg‘ari do‘lma
6.Pamidor do‘lma
7.Sabzavot dimlamasi
8.Sabzavotli jarkop
;
KARTOSHKA BO‘TQASINI TAYYORLASH JARAYONI.
Kartoshka yaxshilab yuvib, archib tozalanadi, sirli yoki alyumini idishga suv solib kartoshkalarni ikki bo‘lakka bo‘lib suvga solinadi, ichiga ozgina tuz ham tashlanadi. Kartoshkalar qaynab pishgunga qadar, alohida idishda 2 ta tuxum qaynatiladi. Pishgan tuxumni sovuq suvga solib, so‘ngra po‘chog‘i artiladi. Blendrga qaynatilgan kartoshka, qaynatilgan tuxumni va ozgina saryog‘, sut, tuz qo‘shib aralashtiriladi. Likopchaga solib dasturxonga tortiladi.
Ishning bajarilish tartibi.
- Kartoshkali pyure tayyorlash uchun kartoshkaning pusti archilib, bulaklarga ulinadi va tuzli suvda kaynatib pishiriladi.
- Kartoshka pishganidan sung, suvi tukilib, issiqligida eziladi. Kartoshkani ezigi vaqtida uning xarorati +80 0. dan past bulmasligi zarur, aks xolda kraxmal kleysteriga ega bulgan kartoshkaning xujayralari ancha elastiklik xususiyatigaega bulib, kancha ezilsa xam, kumok-kumok bulib kolaveradi.
- Ezilgan kartoshkaga kaynatilgan sut va sariyog solib aralashtiriladi, tuz solinadi.
- Dasturxonga tortishda pyureni likopchaga solinib, koshik bilan «naksh» kilib pardozlanadi va ustiga sariyog. Oshkukilar sepiladi. Kartoshka pyuresidan garnir sifatida foydalanishda esa fakat sariyog kushiladi.
Sinov savollari
- Sabzavotli taomlarning ovqatlanishdagi axamiyatini ayting.
- Sabzavotlarning tarkibidagi darmondorilarini saklab kolish uchun pishirish jarayonida qanday tadbirlar kullaniladi?
- Kartoshka pyuresini tayyorlashni texnologik kartasini tuzing.
.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Q.M.Abdullayeva, M.N.Mo’minova “Pazandachilikka o’rgatish metoikasi” Toshkent – Ilm Ziyo – 2012 yil
2.M.N.Mo’minova, M.A.Abdullayeva “Ovqat tayyorlash texnologiyasi va oziq-ovqat tovarshunosligi” Toshkent – Ilm Ziyo – 2012 yil.
3.R.Normahmatov “Oziq-ovqat tovarshunosligi” T..,2002 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |