O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti
San’atda animatsiyaviy va multimediyaviy loyihalash yo‘nalishi
2-kurs talabasi
G’aniyev Paxlavonbekning
“Animatsion film rejissurasi ” fanidan
Tayyorlagan ijodiy ishi
Toshkent-2022
Reja
Sharof Boshbekov haqida ma’lumot.
,,Temir xotin’’ asari taqrizi.
Xulosa
Taniqli adib Sharof Boshbekov Samarqand viloyati Bulung’ur tumani G’ubir qishlog’ida 1951-yili 4-yanvarda tavallud topgan. 1974-yili San’at institutining musiqali aktyorlik bo’limini tugatdi.Toshkentdagi Muqumiy musiqali teatrda va Sirdaryodagi teatrda aktyor sifatida faoliyat ko’rsatdi. Sharof Boshbekov dastlab o’zini kichik hikoya janirida sinab ko’rgan. Sharof Boshbekiovning ,,G’’ varianti’’ (1981-yil), ,,G’urur’’ (1982-yil), ,,Jumboq’’ (1986-yil) kabib hikoyalar yuzaga kelgan. Shundan so’ng adibning rang-barang mavzudagi sahna asarlari yaratildi. ,,Tushov uzgan tulporlar’’ (1983-yil), ,,Eshik qoqqan kim “ (1987-yil), ,,Eski shahar gavroshlari’’ (1998-yil,) ,,Temir xotin’’ (1989-yil) kabi asarlarni yaratdi. Sharof Boshbekov senariysi asosida “Sharif va Maʼruf”, “Yuzsiz” (1993-yil), “Tilla bola” (1994-yil) kabi filmlar yaratildi. Adib “Masxaraboz” (1996-yil), “Farhod va Shirin” filmlarida ham ssenariy muallifi, ham rejissyor sifatida qatnashdi. Uning ssenariysi asosida “Charxpalak” teleseriali dunyoga keldi. Bundan tashqari “Tentak farishtalar” (1995-yil), “Zoʻrdan zoʻr chiqsa” (1996-yil) kabi sahna asarlari ham respublika teatrlarida muvaffaqiyatli namoyish etildi. Sharof Boshbekovning “Temir xotin” asari 1989 yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Shayxzoda nomidagi yillik mukofotiga loyiq topildi. Mustaqillik yillari “Oʻyin” (2002-yil), “Doka roʻmolning qurishi” (2004-yil) telefilm ssenariylarini yozdi; “Soʻqmoq” (2003-yil), “Mehr va mauzer” (2007-yil) kinoqissalarini yaratdi. “Falakning gardishi” (2009-yil), “Musofir boʻlmaguncha” (2009-yil), “Tentak farishta” (hikoyalar, maqolalar, ssenariy, 2010) majmualari nashrdan chiqdi. Sharof Boshbekov 1990 yilda Davlat mukofotiga, 1999 yili “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor boʻldi. Shuningdek, 2001 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Yozuvchi adib Sharof Boshbekov 2022-yil 26-yanvarda 71-yoshida vafot etdi.
,,Temir xotin’’
Mexanizator Qoʻchqor aka oddiy qishloqda hayoti kechiradi. Bir kuni uyga odatdagidek ichib kelib, toʻpolon qilganidan soʻng, uning xotini bolalarni koʻtarib, uydan ketadi („saboq“ boʻlsin, deya). Shu kuni Qoʻchqor akaning uyiga uning tanishi boʻlmish shaharlik muhandis-robotexnik Olimtoy keladi. Olimtoy shu qishloqqa paxta teruvchi ginoid-robotni olib kelib, sinov ishlarini boshlamoqchi boʻladi. Qoʻchqor akaga robot yoqib qoladi, unga „Alomat“ degan ism qoʻyadi. Hatto u bilan oila qurish uchun doʻsti Dasayevni olib kelib, unga nikoh oʻqittiradi. Bu orada Alomat qishloqlik odamlar hayotini tahlil qilib, kognitiv dissonansga uchraydi va yuqori kuchlanishli transformatorga ulanib, xudkushlik qiladi. Olimtoy buni Qoʻchqor akadan koʻradi, u robotni oʻta mushkul ishlar bilan qiynab yuborganini taʼkidlaydi. Qoʻchqor aka bu ayblovlarni rad etadi, Alomatga har oʻzbek ayoli qiladigan kundalik ishdan boshqa ish yuklamaganini aytadi.
Xulosa
Asarda o’sha davrdagi odamlar bilim olish o’zini namoyon qilish, paxta dalalarida oddiy dehon yoki traktortchi bolishdan ko’ra ko’proq ishlarga qodirligini ko’rastishdan qo’rqanligi bu qo’rquvni ana hamma shunday ishlab yuribdiku men ham shunday ishlasam bo’ldi degan hayol bilan o’z-o’zlarini aladab yurganliklari Qo’chqorvoy aka obrazida ochib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |