2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Fe’llarning grammatik xususiyatlari



Download 1,31 Mb.
bet84/140
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296272
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   140
Bog'liq
5 6305543561450357640

Fe’llarning grammatik xususiyatlari

Xitoy tilida fe’llar shaxsda va sonda o‘zgarmaydi. Zamo­naviy tilda bir nechta zamon turlari va modal shakllar hamda bitta nisbat (daraja) shakli mavjud.

Ba’zi shakllar affikslar (suffikslar va infikslar) orqali yasalib, sintetik shakllar, boshqalari esa maxsus yordamchi so‘zlar yordamida hosil bo‘lib, analitik shakllar bo‘lib hisoblanadi. Fe’l­lar shakllari ko‘p bo‘lmasa ham, xitoycha fe’llarning tusla­nishi murakkablik va o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi.

Zamon turlari shakllari.

了 le suffiksi orqali yasalgan shakl o‘tgan zamonda harakat bir marotaba sodir bo‘lib, yakunlanganiga ishora qiladi.

了 le suffiksi yordamidagi zamon shakli to‘liq ma’noli nati­jali va natijasiz fe’llar yasalishi mumkin. Bundash tash­qari bu shakl harakat yo‘nalishiga ishora qiluvchi yordamchi fe’llardan ham yasalishi mumkin.

了 le suffiksi bilan shakllangan fe’l bu inkor yuklamasi bilan ishlatilmaydi. Ayrim holatlarda ushbu fe’l shaklini 没mei (没有meiyou) inkor yuklamasi bilan qo‘llanilishi uchra­tish mumkin. Ba’zan fe’lning bu shakli kelajakdagi harakat­ning tugatilishiga ishora qiladi. Odatda bunday holat bir hara­katning bajarilishi ikkinchi harakatning yakunlanishi bilan shartlangan holatda uchraydi.

了 le suffiksli fe’l shakli ba’zan undash maqsadida ham ishlatiladi. Bu holatda u kelajakdagi harakatni amalga oshi­rishga undaydi (chorlaydi).

过 guo suffiksi yordamida yasalgan shakl o‘tgan zamonda bitta yoki bir necha takrorlangan harakat nomuayyan vaqtda sodir bo‘lgan va hozirgi vaqtgacha yakunlangan. Shunday qilib, bu shakl mazmun jihatidan 了 le suffiksi bilan hosil bo‘lgan shaklga yaqindir, lekin teng emas.

过 guo suffiksi yordamida yasalgan zamon shakli to‘liq ma’­no­li natijali va natijasiz fe’llardan hosil bo‘lishi mumkin.

Harakatni inkor etish uchun guo shakli 没 mei (没有 meiyou) inkor yuklamasi bilan qo‘llaniladi.

着 zhe suffiksi yordamida hosil bo‘lgan shakl harakat nutq vaqtida sodir bo‘layotib, to‘xtovsiz davom etib, uzoq davom eta­yotgan holatga aylanganini anglatadi. Shuning uchun 着 zhe shakl­dagi fe’l hozirgi zamon davom etayotgan harakatni ifodalash uchun ishlatiladi.

着 zhe yordamida yasalgan shakl faqat natijasiz fe’llardan yasalishi mumkin.

着 zhe suffiksli shakl nafaqat nutq vaqtidagi harakatni, balki payt holi bilan aniqlangan yoki kontekstdan ma’lum bo‘layotgan har qanday harakatni ifodalashi mumkin. Ushbu shakl nisbiy qo‘llanilishga ega bo‘lib, hozirgi zamonga tegishli deb hisoblanadi.

在 zai yordamchi so‘z bilan hosil bo‘lgan shakl harakat nutq vaq­tida sodir bo‘layotib, to‘xtovsiz davom etib, uzoq davom etayot­gan holatga aylanganini anglatadi. Demak, fe’lning bu analitik shakli ma’no jihatdan 着 zhe suffiksli sintetik shakl bilan mos keladi.

在 zai yordamchi so‘z bilan hosil bo‘lgan zamon shakli faqat natijasiz fe’llardan yasaladi.

在 zai yordamchi so‘zli shakl kelsa va gap oxirida了 le(la) ibora yuklamasi qo‘yilsa, harakat hozirgi vaqtgacha bo‘lgan.




Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish