2-kurs, кечки O‘quv-uslubiy majmua bilim sohasi


Xitoy tilida asliy va nisbiy sifatlarlarning morfologik usulda yasalishi



Download 1,31 Mb.
bet70/140
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296272
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140
Bog'liq
5 6305543561450357640

Xitoy tilida asliy va nisbiy sifatlarlarning morfologik usulda yasalishi

Xitoy tilida sifatlar o‘z lug‘aviy shakliga ko‘ra bir bo‘g‘inli (大dà “katta”, 白bái “oq”, 好hǎo “yaxshi” ) va ikki bo‘g‘inli (聪明cōnɡ mínɡ “aqlli”, 要紧 yào jǐn “muhim”, 新鲜xīn xiān “yangi, sof”, 干净 ɡān jìnɡ “toza”) bo‘ladi.

Ikki bo‘g‘inli (yoki murakkab) sifatlar aksariyat hollarda sodda asliy negizlarni, ya’ni bir bo‘g‘inli sifatlarning negizlarini qo‘shish yo‘li orqali yasaladi. Murakkab sifatlarda kuchliroq urg‘u odatda birinchi bo‘g‘inga tushadi. Ikkinchi bo‘g‘in ko‘pincha urg‘usiz yoki kuchsiz urg‘uli bo‘ladi.

Ayrim tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, xitoy tilida sifatlar ikki shaklga ega: 51 qisqa (suffiksiz) va to‘liq (的de suffiksli): 大dà “katta” - 大的dà de ,白bái “oq” - 白的bái de, 干净 ɡān jìnɡ “toza” - 干净的 ɡān jìnɡ de . Sifatlarda qisqa va to‘liq shaklning mavjudligi grammatik jihatidan belgilangan: sifatlarning qisqa shakli ham, to‘liq shakli ham o‘z sintaktik xususiyatlariga ega.

Sifatlarga 的de suffiksining qo‘shilishi yangi so‘z yasalishiga sabab bo‘lmaydi, lekin sifatni o‘zgacha shaklga aylantiradi. Shu sababli sifatlarda的de tilning shakl yasovchi elementi - suffiks sifatida qaralishi lozim.

Qisqa shakldagi sifatlar fe’llarga o‘xshash, chunki ular, fe’llar kabi kesimni bog‘lovchisiz ifodalashga qodir. Ammo sifatlarni fe’llar bilan adashtirish mumkin emas. Ular fe’llardan 的de yordamisiz aniqlovchi bo‘lib kelishi mumkinligi bilan farq qiladi. Sifatlar 了le va 起来qǐ lái suffikslarini qabul qilishi mumkin, lekin bu suffikslar sifatlar bilan ishlatilganda fe’llar bilan ishlatilganidan qaraganda o‘zgacha ma’noni bildiradi. Umuman olganda sifatlar fe’lli suffikslar tizimini qabul qilmaydi.

Ayrim sifatlar, masalan, 红hónɡ “qizil” fe’lga aylanishga, 了le, 过ɡuò, 着 zhe suffikslarini qabul qilishga va hatto bir qirrali shaklni hosil qilishga qodir. Masalan:

他把一红扭头就走。

Tā bǎ liǎn yì hónɡ niǔ tóu jiù zǒu.

“U lovullab ketdi, qizardi va burilib o‘z yo‘lidan ketdi”.

Bu yerda biz konversiya 52 hodisasiga, ya’ni mazkur sifatning fe’l so‘z turkumiga o‘tishga duch kelamiz. Xitoy tilshunoslari Lyuy Shu-syan va Chju De-silarning fikriga ko‘ra, 红hónɡ “qizil” fe’l shakliga solinsa, u sifat emas, balki fe’l bo‘ladi. Shunday qilib, hozirgi zamon xitoy tilida红hónɡ “qizil” sifati va 红hónɡ “qizarmoq” fe’li mavjud. Bu hodisa qisqa shaklda olingan bir bo‘g‘inli sifatlarning bir qismiga xos.

Xitoy tilida sifatlar o‘zgarmas hisoblanishi mumkin emas, chunki ular turli shakllarga ega, ya’ni shakl yasashga qodir.

Sifatlarning to‘liq va qisqa shakl muammosi ham mavjud. Xitoy tilida sifat shakllarining atroflicha tahlili 的de morfemasini o‘z ichiga olgan murakkab majmualar doirasida mavjud farqlarni namoyon etadi va ularning hammasini sifatning bir “tur xili” yoki “shakli”ga kiritish imkoniyatini bermaydi.

Bir bo‘g‘inli sifatlar的de morfemasi bilan birikib, har doim “sifatdoshli” ma’no kasb etadi ( 白的bái de ‘qandaydir oq’) va mustaqil predikativlikdan 53 mahrum bo‘ladi, deb hisoblash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu uncha aniq emas, chunki ayrim hollarda bunday majmua bog‘lamasiz kesim vazifasida kelishi ham mumkin. Bunda ushbu holda predmetning muayyan turkumga mansubligini ko‘rsatish o‘rniga u predmetning (alohida ta’kidlangan) xususiyatini ifodalay boshlaydi. Masalan:这个苹果酸的zhè ɡe pínɡ ɡuǒ suān de. ‘Bu olma (chindan ham) nordon’. Bunga shuni qo‘shimcha qilishimiz mumkinki, bunday majmualarning ayrimlari mustaqil ravishda gap yasashga qodir. Masalan, 好 hǎo ‘yaxshi’, ‘xo‘p’ bilan bir qatorda emfatik54好的hǎo de! ‘Bo‘pti!’ ishlatilishi mumkin; 真的zhēn de! ‘Rost!’ so‘zi ham keng ishlatiladi (oddiygina 真zhēn deb aytish umuman mumkin emas). Ushbu “istisno holatlar”ni tushuntirish uchun til tarixiga nazar tashlash talab etiladi55.

Shunday qilib, bir bo‘g‘inli sifatning的de morfemasi bilan birikuvi uni predikativlikdan doim ham mahrum qilavermaydi, bunday majmualarning o‘zi esa gapda kesim vazifasida kelganida ba’zan ancha kuchli predikativlikka ega bo‘lgan boshqa murakkab tuzilmalar bilan bir hil bo‘lib chiqadi. Masalan:

这个苹果酸zhè ɡe pínɡ ɡuǒ suān ‘Bu olma nordon’;

这个苹果酸的zhè ɡe pínɡ ɡuǒ suān de‘Bu olma (chindan ham) nordon’;

这个苹果酸酸的zhè ɡe pínɡ ɡuǒ suān suān de ‘Bu olma nordongina’;

这个苹果很酸zhè ɡe pínɡ ɡuǒ hěn suān ‘Bu olma (juda) nordon’.

Birinchi va ikkinchi misollar o‘rtasidagi farq – sub’ektiv bahoning yo‘qligi va mavjudligida, ikkinchi va uchinchi misollar o‘rtasidagi farq – sub’ektiv baho tusining yorqinlik darajasi kamroq, ko‘proqligida va emotsional tusga egalikda, dastlabki uchinchi va to‘rtinchi misol o‘rtasidagi farq – oxirgi misolda sifat darajasi ifodalanganida. Darvoqe, shuni ham qayd etib o‘tish lozimki, qadimgi tilning – 真zhēn suffiksini meros qilib olgan 56的de morfemasining suffiksal tabiati bunday hollarda shak-shubha uyg‘otmaydi.

Ammo yuqorida bayon etilganlar ushbu majmua uchun kesim vazifasida bog‘lamali ishlatilish statistik jihatdan yetakchilik qilishini ham inkor etmaydi (这个苹果是酸的zhè ɡe pínɡ ɡuǒ shì suān de ‘Bu olmalar nordon’). Umuman olganda, uning ot sifatidagi ma’nosi u gapning boshqa predmetli a’zolari – ega va to‘ldiruvchi vazifasida ishlatilganida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Masalan:

酸的不好吃suān de bù hǎo chī ‘Nordon – shirin emas’;

我爱吃甜的,不爱吃酸的wǒ ài chī tián de , bú ài chī suān de ‘Men shirinni (eyishni) yoqtiraman, nordonni (eyishni) yoqtirmayman’.

Kontekstdan tashqarida 甜的tián de va 酸的suān de so‘zlari konkret predmetlarga bog‘lanmasdan tushunilishi mumkin: ‘shirin (narsa)’ va ‘nordon (narsa)’.

Ushbu rolda, ya’ni otni ifodalovchi majmuani yasovchi vazifasida 的de morfemasi qadimgi tilning boshqa suffiksi –着zhe funksiyasini o‘zlashtiradi va nafaqat sifatlar bilan birga, balki fe’llar bilan birga, shuningdek yaxlit so‘z birikmalar va gaplarda amal qiladi. Masalan:

1) 酸的suān de ‘nordon’;

2) 买的mǎi de ‘sotib olinadigan...’;

3) 昨天买的zuó tiān mǎi de ‘kecha sotib olingan...’;

4) 他昨天买的tā zuó tiān mǎi de ‘u kecha sotib olgan...’;

5) 他昨天买给我的tā zuó tiān mǎi ɡěi wǒ de ‘u kecha men uchun sotib olgan...’.

Bu yerda birinchi gapda 的de morfemasi sifat bilan (酸suān ‘nordon’), ikkinchi gapda – fe’l bilan (买mǎi ‘sotib olmoq’), uchinchi gapda – so‘z birikmasi bilan (昨天买zuó tiān mǎi ‘kecha sotib olishdi...’), to‘rtinchi gapda – ikki bo‘lakli gap bilan (他昨天买tā zuó tiān mǎi ‘U kecha sotib oldi’), beshinchi gapda – uch bo‘lakli gap bilan (他昨天买给我的tā zuó tiān mǎi ɡěi wǒ de ‘U kecha menga olib berdi’) birikadi.

的de morfemasi so‘z birikmasi yoki gapga qo‘shilgan barcha hollarda u go‘yo sirtdan turib qo‘shiladi va ularni tutashtiradi. Bunda mazkur konstruksiya qaysi so‘z bilan tugashi ahamiyatga ega emas, chunki 的de morfemasi bu so‘zga emas, balki butun gapga tegishli. Masalan, beshinchi misolda 的de morfemasi 我wǒ ‘men’ olmoshi bilan birikadi, lekin uning shaklini (‘mening’) hosil qilmaydi. Agar ushbu morfema bevosita olmoshga tegishli bo‘lganida, u egalik shaklini hosil qilgan bo‘lar edi. Masalan: 我的母亲wǒ de mǔ qīn ‘mening onam’. Bu qolgan hollarda ham, shu jumladan bevosita sifat va fe’lga birikkan holda ham的de morfemasi bu yerda nisbiy ma’noga ega bo‘lgan mustaqil ko‘makchi so‘z bo‘lib qoladi.

Ammo bu masala qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladi. Bizning fikrimizcha, 的de morfemasi sifat yoki fe’l bilan bevosita birikuvchi majmualar tilning rivojlanishi jarayonida nisbatdosh sintaktik konstruksiyalardan ajralib chiqadi va sifat (“to‘liq shakl”) bilan fe’l (“sifatdosh”)ning “tur xillari”ni vujudga keltiradi. A.A.Dragunov ularni “predikativ ot” degan umumiy atama ostiga birlashtirgan edi57.

Bu bilan bog‘liq bo‘lgan ikkinchi masala quyidagichadir: 的de morfemasi bilan yasalgan majmua u gapda aniqlovchi vazifasida kelgan hollarda ham o‘zining otga xos bo‘lgan tabiatini saqlab qoladimi. Masalan: 酸的苹果suān de pínɡ ɡuǒ ‘nordon olmalar’, 买的东西 mǎi de dōnɡ xi ‘sotib olingan buyumlar’.

Ayrim olimlar bu savolga ijobiy javob beradilar. Ularning fikricha, bunday majmuaning tabiati (demak, uning tarkibiga kiruvchi的de morfemasining tabiati ham) undan sintaksik foydalanishlarning barchasida bir xil 58. Bu qoida Xuan Szin-sinda qattiq e’tiroz uyg‘otdi 59. U mazkur fikrni asossiz deb hisoblaydi. Bizningcha, bunday tuzilmalarning aralash (atributiv-otli) xususiyatini ikkala taraf ham lozim darajada hisobga olmagan.

Ular aniqlovchisiz ishlatilganida, predmetni unga biriktirilayotgan belgiga ko‘ra ifodalash uchun xizmat qilsa, otga aniqlovchi bo‘lib kelgan holda, ular o‘z ma’nosining boshqa tomonini namoyon etadi va predmetning aniqlovchi so‘z bilan tavsiflanayotgan sifat yoki protsessual belgisinigina ifodalaydi. Xitoy tilida ham aniqlovchida “sifat + 的de” majmuasi sifatning “qisqa shakli” (uning lug‘aviy shakli) bilan nisbatdosh (va ayni paytda u bilan qarama-qarshi) ekanligi ayni shu omil bilan izohlanishi mumkin. Masalan:

酸苹果suān pínɡ ɡuǒ ‘nordon olmalar’ (olma navi);

酸的苹果suān de pínɡ ɡuǒ ‘nordon olmalar’ (nordon ta’mli olmalar);

酸酸的苹果suān suān de pínɡ ɡuǒ ‘nordongina olmalar’;

很酸的苹果hěn suān de pínɡ ɡuǒ ‘juda nordon olmalar’.

Ma’lumki, aniqlovchi va aniqlanuvchini oddiy (的de morfemasisiz) tutashtirish yo‘li bilan birlashtirish fikrning bitta predmeti ifodasini beradi. Bu holda biron-bir indviduallashtirish, hodisani boshqa hodisalar orasidan ajratish (tushunchani aktuallashtirish) mavjud bo‘lmaydi. Shu tufayli ham bunday majmua umuman olganda predmetlar turkumini ifodalash uchun xizmat qiladi. Binobarin, bunday so‘z birikmasini yasash imkoniyati ham tushunchalarning mazkur birikmasi uning mazkur lug‘aviy ma’nosida xitoy tilining me’yorlarida muayyan turkum ifodasi sifatida mustahkamlangan yoki mustahkamlanmaganiga, ushbu belgini tilning tashuvchisi mazkur predmet uchun doimiy belgi sifatida tasavvur qilishi mumkin yoki mumkin emasligiga bog‘liq bo‘ladi (masalan: 贵东西ɡuì dōnɡ xi“qimmat buyumlar” deb aytish mumkin, ammo 贵手绢ɡuì shǒu juàn deb bo‘lmaydi, “qimmat ro‘mol” ma’nosida).

Bu muammo xitoy tilida aynan asliy sifatlar bilan bog‘liqdir.

的de suffiksidan tashqari hozirgi zamon xitoy tilida 超chāo, 反 fǎn yarimprefikslari, 切 qiè va 当dānɡ yarimsuffikslari mavjud 60.

超chāo yarimprefiksli so‘zlar texnikaga oid atamalarda ko‘p uchraydi. U me’yor va chegaradan oshib ketishini bildiradi. Mazkur yarimprefiks odatda ot so‘z turkumiga oid so‘zlarda uchraydi, ammo asliy sifatlarni yasashga ham qodir. Masalan:

超低chāo dī – o‘ta past

超高chāo ɡāo – o‘ta baland

超短chāo duǎn – o‘ta qisqa

超自然chāo zì rán – g‘ayritabiiy

反fǎn yarimprefiksi otlarni hamda nisbiy sifatlarni yasab, qarshilik yoki qarama-qarshilikni bildiradi. Rus tilidagi anti-, kontr- prefikslariga o‘xshash. Masalan:

反民主fǎnmínzhǔ – antidemokratik (demokratiyaga qarshi)

反帝fǎndì – antiimperialistik (imperializmga qarshi)

切qiē yarimsuffiksi aynan sifat so‘z turkumiga oid leksik birliklarni hosil qiladi61. Bunday so‘zlar predmetning sifatini bildiradi va ularga odatda intensivlikning yuqori darajasi xos. Xitoy tilshunosi Jen Syuelyan fikriga ko‘ra, 切qiē morfemasi yarimsuffiks emas, balki suffiksdir 62. Masalan:

真切zhēn qiē – aniq

迫切pò qiè – dolzarb

密切mì qiè – yaqin

深切 – shēn qiē ochiq ko‘ngilli

关切 ɡuān qiè – mehribon

悲切bēi qiē – achinarli

当dang yarimsuffiksi切qiē morfemasi kabi sifatlarni hosil qiladi. Mazkur yarimsuffiks yordamida yasalgan so‘zlar odatda predmetning ijobiy sifatlarini ifodalaydi. Masalan:

正当zhènɡ dānɡ – to‘g‘ri, qonuniy

相当xiānɡ dānɡ – to‘g‘ri keladigan

便当biàn dɑnɡ – qulay

稳当wěn dɑnɡ – ishonchli

顺当shùn dānɡ – omadli, yaxshi

Nisbiy sifatlarga yana alohida to‘xtaladigan bo‘lsak, xitoy tilida aynan sifat tarzida yasalgan va ishlatilgan nisbiy sifatlar mavjud emas deb hisoblash odat tusini olgan. Xitoyshunoslikda nisbiy sifatlar haqidagi masala faqat bir nuqtai nazardan - otlarga aniqlovchi sifatida keluvchi noasliy so‘zlar (asosan otlar)ning (agar bunda nisbiy ma’no ifodalansa) grammatik tabiatini aniqlash nuqtai nazardan qo‘yilgan. Masalan, 木头mù tou “yog‘och” so‘zidan yasalgan 木头桌子mù tou zhuō zi “yog‘ochli stol” birikmasidagi 木头mù tou “yog‘ochli” qaysi so‘z turkumiga kiritish mumkinligi xususida tadqiqotchilar o‘rtasida qizg‘in bahslar bo‘lib o‘tgan.

Tilshunoslarning ko‘p qismi otlar boshqa otlarning aniqlovchilari vazifasida kelib, faqat bajarayotgan vazifasiga ko‘ra sifatga aylanmaydilar deb hisoblashadi va xitoy tilida nisbiy sifatlarni ajratmaydilar. Bu nuqtai nazarni professor Lyuy Shu-syan63, Chju De-si, Yu.V.Rojdestvenskiy, S.E.Yaxontov64 kabi olimlar ilgari surgan.

Lyuy Shu-syan va Chju De-si o‘zlarining “Grammatika va stilistikadan ma’ruzalar”ida shunday deb yozadilar: “Otlarning aksariyati boshqa otni cheklash yoki aniqlash uchun ishlatilishi mumkin, masalan:

木头房子mù tou fánɡ zi (“yog‘ochli uy”)

算学教研suàn xué jiào yán (“arifmetika o‘qituvchisi”)

Bu otlarning umumiy xususiyati bo‘lib, 木头mù tou (“yog‘och”) va 算学suàn xué (“arifmetika”) bu yerda sifatga aylangan deb aytishning hojati yo‘q” 65.

Ammo ayrim tilshunoslar, masalan A.A.Dragunov, V.I.Gorelov, V.M.Solnsev va Ye.D.Polivanovlar xitoy tilida nisbiy sifatlar mavjud va yuqorida keltirilgan misolda木头mù tou (“yog‘och”) “sifat vazifasida kelgan; uning predmetligi ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi, nisbiy sifat ma’nosi esa birinchi o‘rniga chiqadi” deb hisoblaydilar.

Ammo u yoki bu nuqtai nazarni tasdiqlash uchun yetarli bo‘lgan asoslarni tadqiqotchilarning birortasi ham keltirmagan va shuning uchun mazkur masala xitoyshunoslikda hozirgacha ochiq bo‘lib qolgan.



Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish