Mavzu: Korxonalar dividend siyosatining kapital tarkibiga ta'siri Reja Kirish 1. Korxonalarning dividend siyosatining mazmuni-mohiyati va funksiyalari
2. Korxonalar dividend siyosatining o'ziga xos xususiyatlari 3. Korxonalar dividend siyosatining kapital tarkibiga ta’siri 4. Korxonalar dividend siyosatida xorij tajribasi. Xulosa Foydalanilgan Adabiyotlar
Kirish Mamlakatimizda moliya bozorini rivojlantirish korxonalari faoliyatini yaxshilash va ularda samarali korporativ boshqaruvni yoʻlga qoʻyishni talab etadi. Korxona samarali korporativ boshqaruvni tashkil etishda oqilona dividend siyosatining alohida oʻrni borligini ta’kidlashimiz lozim. Hozirgi davrida mamlakatimizda korxonalar faoliyatini samarali tashkil etish masalasiga jiddiy e‘tibor qaratilmoqda va bu borada qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilingan “Korxonalari va tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Tadbirkorlik jamiyatlarini tuzish, ularning faoliyati va ularni tugatish, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta‘kidlagandek “Xalqaro tajribani o’rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo’lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo’l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to’g’risidagi qonunlarni yangilash hamda iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi.1 Mamlakat raqobatbardoshligi darajasini uning milliy kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, korxonalar, tarmoqlar raqobatbardoshligi ta‘minlab beradi, bu esa o’z navbatida xo’jalik yurituvchi sub‘ektlarning moliyalashtirish manbalari uchun raqobatini kuchayishiga olib keladi. Korxonalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida mamlakat miqyosida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda ular faoliyatining asosiy mezonlaridan biri bo’lgan dividend siyosati muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizdagi korxonalarining aksariyatida davlat ulushi yuqoriligi e’tiborli jihat hisoblanadi. Bu jihat ushbu korxonalari faoliyatiga salbiy ta’sir oʻtkazmoqda va iqtisodiyotda ham ushbu ta’sir sezilmoqda. Xususan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Byudjetga tushumlarni oshirishda yana bir muhim yoʻnalish – davlat aktivlari. Oʻtgan yili davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan byudjetga jami 1,6 trillion soʻm dividend toʻlangan, xolos”2, deya ta’kidladilar. Korxona davlat ulushini kamaytirish va ularda samarali korporativ boshqaruvni tashkil etish orqali korxonalari faoliyatini yaxshilash zarur.
Dividend siyosatida aks etadigan olingan foydani taqsimlash boʻyicha korxona va mulkdorlar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlar murakkab va koʻp qirrali hisoblanadi. Investor tomonidan korxona kapitaliga pay, ulush, aksiyalarga tikilgan pul mablagʻlari haqiqatda uning korxonaga egalik qilish huquqini va oʻz navbatida, olingan foydani taqsimlashda ishtirok etish huquqini beradi.Bu esa dividend siyosatining ahamiyatini oshiradi.Shuning uchun dividendlarning iqtisodiy mohiyati va paydo boʻlish tabiatidan boshlab uning tarkibiy qismini koʻrib chiqish zarur.
Dividend siyosati kompaniyalar moliyaviy strategiyasining ajralmas qismi bo’lib, uni tanlash juda murakkab jarayondir. Chunki dividend siyosatining eng muhim vazifalaridan biri kompaniya rivojlanishi uchun yetarli darajadagi moliyalashtirish zaruriyati bilan tadbirkorlar manfaatlarining optimal kombinatsiyasini ta‘minlash hisoblanadi.
Oqilona dividend siyosatida dividend va reinvestitsiya oʻrtasidagi me’yoriy nisbatni aniqlash, minoritar tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish va bular orqali investitsion jozibadorlikni oshirish, boshqa kompaniyalar tomonidan kompaniyaning qo’shib olinishining oldini olish, agentlik nizolarining yuzaga kelish ehtimolligini pasaytirish, aksiyalarning bozordagi narxining oʻsishiga erishish, biznes faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari yuzaga kelishi uchun yetarlicha chora tadbirlar o’ylab chiqilgan.